58
massaga 1 sm/sek tezlikni beradigan kuchdan iboratdir.
Tovushlar tebranish quvvatini to`g’ridan-to`g’ri aniqlash usullari bo`lmagani
sababli jismlar ustiga tushadigan tovush tebranishidan hosil bo`ladigan bosimlar bilan
o`lchanadi. Tovush bosimning birligi bar hisoblanadi va bu 1 sm
2
sathga 1 dina
kuchning to`g’ri kelgan bosimidan yoki 0, 0001 atmosfera bosimidan iboratdir.
Normal
eshitishda
insonning
eshitish
organi
tomonidan
tovush
tebranishlarining 16 dan 20000 gertsgacha chastotasi qabul qilinadi (Gts bir sekundda
bir tebranish) shunda ham eng yuqori chegara faqat yosh bolalarga mosdir. U
balog’atga etgani sari eshitish organlari tomonidan qabul
qilinadigan tovushlarning
chastotasi borgan sari kamaya boradi va yoshi o`tib qolganda 15000 Gts dan
oshmaydi. Inson 800-4000 Gts chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16-100 Gts
chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi.
Tovush quvvatining minimal ta`siri uning bilinar-bilinmas sezgisini hosil
qiladigan tovush kuchiga mos keladi va tovushning eshitilish busag’asida turadi.
Quvvatning maksimal ta`siri og’riq bo`sag’asiga mos keladi, tovush quvvati
keyinchalik zo`rayganda tovushning
kuchayishi eshitilmay, balki ikkala quloq ham
zirqirab og’riy boshlaydi.
Ma`lum bo`lishicha eshitish organi tomonidan qabul qilinadigan tovushning
balandligi tovush tebranishining mutloq o`sishiga parallel ravishda kuchayibgina
bormay, uning kuchayishi logarifmga taxminan proportsional ham ekan. SHuning
uchun ham tovush kuchini o`lchash uchun logarifm sistemasi birligidan
foydalaniladi.
Masalan: 1000 Gts lik ikkita tovushni olib ko`raylik.
Ulardan biri-eshitilish
bo`sag’asida turgan tovush (0,000000001=10
-9
erg/sm
2
sekund), ikkinchisi, qattiq
aytilgan so`zning tovushi (0,01=10
-2
erg/sm
2
sekund). Ikkinchi tovushning kuchini
birinchisiga bo`lgan nisbati:
10000000
000000001
,
0
01
,
0
yoki
7
9
2
10
10
10
ko`rinishida bo`ladi, ya`ni ikkinchi tovush o`zining fizik quvvati bilan birinchidan
10
7
marta ortiq bo`ladi. Bu nisbat logarifm shkalasi bo`yicha 7 bilan ko`rsatiladi.
Tovushlarni o`lchashda logarifm birligi “Bel” termini bilan belgilanadi. Bu misol
ikkinchi tovush kuchining birinchisiga nisbati 7 bel miqdorini tashkil qiladi. Odatda
qulay bo`lsin
uchun bellarda emas, balki bellardan 10 marta kichikroq bo`lgan
miqdorlardan, ya`ni detsibellardan foydalaniladi. Demak yuqoridagi misolda ikkinchi
tovush kuchining birinchi tovush kuchiga nisbati 70 detsibelni tashkil etadi.
SHunday qilib, bir tovushning ikkinchi tovushdan qanchalik kattaligini
detsibellar bilan hisoblab chiqarish uchun, tovush quvvatining ko`p miqdorini kam
miqdoriga bo`lish kerak, bu nisbatning o`nli logarifmini hisoblab chiqarib, olingan
miqdorni 10 marta kamaytirish kerak.
Lg
10
1
2
I
I
,
Qattiq shovqinning eshitish organiga yomon ta`sir qilishi tufayli shovqinli kasb
egalari bo`lgan ishchilarda eshitish qobiliyatining pasayib
ketishini quyidagi statik
ma`lumotlardan ham ko`rish mumkin.