31
II – bob. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING
HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari mazmuni
1.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aholi va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofazalashning huquqiy ta`minlanishi
Mamlakatimiz
fuqarolari
va
hududini har tomonlama
himoyalash, yurtimiz
obodligi,
xalqimiz farovonligini ta`minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir
qator farmoyishlar, qonunlar, qarorlar ishlab chiqilgan.
Fuqarolarning huquqiy
me`yorlarga rioya etishi qonun oldidagi o`z huquq va burchlarini chuqur anglashi
demokratik fuqarolik jamiyati huquqiy madaniyatini belgilaydi.
Respublikamiz aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishning o`ziga xos huquqiy-me`yoriy asoslari mavjud. Bular O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va
favqulodda vaziyatlar eazirligining ko`rsatma va buyruqlaridan iborat.
Asosiy Qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
asosiy mazmunini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligini saqlash, huquqiy
jihatdan himoyalash, yurtimiz tinchligini ta`minlash masalalari tashkil etadi..
Insonning hayoti, yashashga bo`lgan xuquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
Asosiy qomusimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham o`rin
berilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida shunday
deyiladi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf,
ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, gabiiy ofat, epidemiya)
yuz bergan takdirda
fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashni ko`zlab, O`zbekiston Respublikasining butun
hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan
qarorini uch kun mobaynida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig’iga
kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
Oliy Majlisning vakolatlariga
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish,
uning
muddatini uzaytirish va to`xtatish to`grisidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-
modda).
Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan
vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:
Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yig’imlarni
belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalar hosil qilish.
Atrof muhitni muhofaza qilish (100 - modda). Bu vazifalarni samarali amalga
oshirish uchun muhofazaning qonuniy,
tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik-
texnik, maxsus asoslariga ega bo`lishimiz zarur.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil
martdagi PF-1378
Farmoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
32
Ushbu Farmonga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi aholi va hududlarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish,
sodir bo`lgan taqdirda
oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini,
moddiy va ma`naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy
davrda favquloda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda
zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
Aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga
rahbarlik
qilish respublikada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari
Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O`zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni
bilan
o`zgartirish kiritildi. O`zbekiston Respublikasida aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini
muhofaza etishni ta`minlashga rahbar etib, O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri
belgilandi.
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
viloyatlar,
shaharlarda,
tumanlarda,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning
hokimlari; vazirliklar, idoralar, uyushmalar,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda
vazirlar, davlat qo`mitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning direktor va boshliqlari aholi va xalq
xo`jaligi
ob`ektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: