84
Mustaqillik yillarida respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 2063 mln AQSH
dallaridan (1991 y.) 28895 mln dallarga (2013 y.) etdi
5
. Tadrijiy o‘zgarishlar dinamikasi shuni
ko‘rsatadiki, milliy iqtisodiyotning dastlabki shakllanish davrlarida, ishlab chiqarishning pasayib
borish jarayonida, ya’ni 1996 yilgacha tashqi savdo aylanmasi o‘sib borgan. Jumladan, u 1992
yilda oldingi yilga nisbatan birdaniga 2,2 barobarga ortgan, so‘ngra o‘sib borib, 1997 yildan
pasayish ko‘rsatkichlarini namoyon etgan. 2002 yilda respublika tashqi savdo aylanmasining
hajmi 5700 mln AQSH dallariga tushib qolgan, vaholanki u 1996 yilda 9311 mln dallarga etgan
edi. 2003 yildan hozirgi davrgacha tashqi savdo aylanmasi turli sur’atlarda ko‘payib borgan. U
2006 yilda 2002 yilga nisbatan deyarli 2 martaga oshgan va keyingi 4 yil davomida bu
ko‘rsatkich yana 2 barobarga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy tuzilishi ham yillar mobaynida bir xil bo‘lmagan.
1996-1997 yillarda u manfiy nisbatga, ya’ni manfiy saldoga ega bo‘lga holda, qolgan yillarda
tovar almashuv muntazam ravishda mamlakatimiz foydasiga hal bo‘lgan. Eksport hajmi 1995-
2013 yillarda 3,8 martaga ko‘paygan bo‘lsa, import bu davrda 3,0 martaga oshgan. Demak, bu
boradagi jarayonni asosan eksport belgilab bermoqda. Importni eksport bilan qoplash darajasi
so‘nggi yillarda 148-150 foiz bo‘lgan.
Eksport tarkibida (jami 15087 mln AQSH dollari) ham ba’zi o‘zgarishlar kuzatilmoqda,
jumladan, paxta xom ashyosi, ya’ni paxta tolasining bu boradagi ulushi pasayib, uning o‘rniga
mashinalar va boshqa mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, turli xil xizmatlarning ulushi
ortib borgan
6
. 2013 yilda jami eksport hajmining 17,7 foizi paxta tolasiga (1990 y.-59,7 %, 2000
y.-27,5 %), 31,1 foizi energiya manbalari va neft mahsulotlariga, 9,8 foizi oziq-ovqat
mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Mashina va uskunalarning ulushi 5,5 %, qora va rangli metallar 6,3
%, kimyo va undan tayyorlanadigan mahsulotlar 4,0, xizmatlar 16,2 foizga teng.
Importda (jami 13807 mln dollar) mashina va uskunalar keskin ajralib turadi; ularning
hissasiga jami import qilingan tovar va xizmatlarning 44,1 foizi to‘g‘ri keladi (1990 y.-12,1 %,
2000 y.-35,4 %, 2009 yilda 56,5 %). Keyingi o‘rinda kimyo va undan tayyorlanadigan
5
2013 йилда экспорт ҳажми 10,9 фоизга кўпайди, ижобий савдо 1 миллиард 300 млн АҚШ
долларини ташкил этди.
6
2013 йилда умумий экспорт ҳажмининг 72 фоизини тайёр товарлар таъминлаган.
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
1995 й.
2000 й.
2005 й.
2010 й.
2013 й.
Do'stlaringiz bilan baham: