O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


  O‘zbekisitonda  sanoat  tarmoqlarini  rivojlanish  istiqbollari



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

4.  O‘zbekisitonda  sanoat  tarmoqlarini  rivojlanish  istiqbollari
.  Keyingi  yillarda 
sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlari  (avtomobilsozlik, radiotexnika, 
murakkab  malakali  kadrtalab,  mashinasozlik  va  h.k.)  vujudga  keldi.  Hozirgi  vaqtda  respublika 
sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo‘lib, ular bir necha majmualarni 
tashkil  etadi.  Albatta,  har  bir  davlat  rivojlanish  darajasi  sanoat  tarmoqlari,  ayniqsa 
mashinasozlikni  taraqqiy  etishi  bilan  belgilanadi.  Shunga  bog‘liq  holda  yuqorida  qayd 
etilganlardan  kelib  chiqib,  respublikada  sanoat  tarmoqalarini  kelajakda  yanada  rivojlantirish 
uchun  katta  imkoniyatlar  bor.  Bular  uchun  zaruriy  xom  ashyolar,  mehnat  resurslari  yetarli 
hisoblanadi.  Tog‘-kon  sanoatini  oshira  borib,  yoqilg‘i  sanoatida  ko‘mir-  kimyo,  neft-kimyoni 
joriy  etish  bilan  birga  gaz  –  kimyo  mahsulot  turlarini  oshirish.  Urandan  tinchlik  maqsadida 
foydalanish  uchun  atom  elektro  stansiyalar  vujudga  keltirilishi  lozim.  Mavjud temir,  marganes, 
xrom ruda konlarini sinchiklab o‘rganish va ular asosida qora metallurgiya mahsuloti chiqarishni 
ko‘paytirish.  Haydaladigan  yerlarni  ko‘pligini  hisobga  olib,  unga  kerakli  har  xil  cho‘qurlikda 
haydaydigan traktorlarni ishlab chiqish maqsadli hisoblanadi. 
Hozirgi  vaqtda  bevosita  ishlab  chiqarish  bilan  band    bo‘lgan  mashinasozlik  sanoati, 
ko‘proq 
transport 
mashinasozligi, 
jumladan 
samalyotsozlik, 
yengil 
avtomobillar, 
mikroavtobuslar  uchun  o‘zida    ehtiyoj  qismlarni  ishlab  chiqishni  joriy  etish  yaxshi  natijalar 
keltiradi. 
O‘zbekiston  hududlari  qurilish  materiallariga  juda  boy,  ulardan  kelgusida  tejamkorlik 
bilan  atroflicha,  oqilona  foydalansa  ijobiy  natijalarni  yuzaga  keltiradi.  Qurilish  materiallari 
orasida marmar eng ahamiyatlilardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda undan asosan plita shaklda 
foydalanish  yuqori  o‘rinda.  Lekin  marmardan  juda  ko‘plab  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  
mumkin.  Bularga  stol,  stullar,  lali  va  tarelkalar,  tugmalar,  har  xil  taqinchoqlar  va  boshqalarni 
kiritish mumkin. Albatta ularga sharqona bezaklar berilsa uning eksport salohiyati ortadi. 


63 
Respublikaning janubiy tog‘li rayonlarida kaliy tuzining katta zahiralari bor. Lekin ularni 
qayta  ishlab  chiqarish  amaliyotida  qo‘llanilgan  emas.  Vaholanki  undan  selitra  tuzlari,  kaliy 
o‘g‘itlari olish imkoniyatlari bor. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, paxta tolasini 30 foizdan ortig‘i (2005 y.) respublikada qayta ishlab 
chiqariladi.  Qolgan  qismidan  kamida  30-40  foizini  yaqin  kelajakda  qayta  ishlanishi  uchun 
korxonalar tashkil etilsa, qanchadan-qancha ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi. Shoyi xom 
ashyosi pilla uchun ham  shu fikrni keltirish mumkin. Birgina atlas to‘qishni oladigan bo‘lsak, bu 
noyob  mahsulot  xotin-qizlarimizni  asosiy  milliy  kiyimi  hisoblanib    kelingan.  Keyingi  vaqtda 
uning iste’moli juda kamaygan, bu yaxshi natija emas. Shuning uchun milliy kiyimlarga e’tibor 
qaratila borib, ular reklamasini oshirish lozim. 
Mahalliy sanoat mahsulotlari sifati rang-barangligini kengaytirish kerak. Chunki chetdan 
keladigan sayyohlar ham ko‘proq ularni harid qiladilar.  
Oziq-ovqat sanoatini mahsulotlarini toza, mazali holatiga e’tiborni qaratish kerak.  
 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish