O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


  Transport  tarmoqlarini  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  omillar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

2.  Transport  tarmoqlarini  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  omillar
  Transport  turi  yoki 
tarmog‘i temir yo‘l, avtomobil, quvur, suv, havo, elektron transportlardan iborat. 
Transportdagi ilmiy-texnika inqilobi transport vositalari quvvati, tezligi, yuk va yo‘lovchi 
tashish  imkoniyatining  oshishida  va  uning  yangi-yangi  turlarining  yaratilishida  namoyon 
bo‘lmoqda. 
Transport  ishlab  chiqarishning  boshqa  tarmoqlaridan  farq  qiladigan  xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
1. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan yo‘l va yo‘l qurilishi uchun xos hamda xom-ashyo 
sifatida foydalaniladi; 
2. Transport ishlab chiqarishi asosan cho‘ziqsimon (chiziqli) joylanishga ega; 
3. Moddiy ishlab chiqarish uchun asosiy manbalardan biri hisoblanadi; 
4.  Transport  ishlab  chiqarishining  xom  ashyosi  yo‘q,  asosiy  vazifasi  yuk  va  yo‘lovchi 
tashishdir. 


81 
Transport  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishga  ta’sir  etuvchi  omil  bo‘lib  xizmat 
qiladi. O‘z navbatida, transport turlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar mavjud. Ko‘pgina 
transport  turlariga  tabiiy  sharoit  yetakchi  bo‘lib,  albatta  bu  transportning  turlariga  bog‘liq. 
Masalan, avtomobil va temir yo‘lning joylanishiga asosan relef asosiy rol uynaydi. Chunki, ko‘p 
hollarda  loyihalanayotgan  yo‘lning  yo‘nalishi,  uzunligi,  kengligi,  arzon  –  qimmatligini  relef 
sharoiti  belgilab  beradi.  Shuning  uchun  yo‘llarni  loyihalashda  relfning  qiyaligi,  qanday  tog‘ 
jinslaridan  tashkil  topganligi,    mutloq  balandligi  birinchi  navbatda  tahlil  qilinadi.  Avtomobil 
yo‘llarining qiyaligi 12-15
0
 dan oshmasligi lozim.  
Baland  va  qiyaligi  yuqori  bo‘lgan  joylarda  yo‘llar  yer  osti  tunellari  orqali  o‘tkaziladi. 
Masalan,  Toshkent  –  Andijon  avtomobil  yo‘lining  Qamchiq  davonida  uzunligi  2,5  km  li  tunell 
qazilgan. 
Bundan  tashqari,  yo‘llarni  o‘tkazilishida  surilmalar,  sellar,  qor  ko‘chkilari,  daryo 
toshqinlari ham hisobga olinadi. 
Mamlakatimiz  hududining  70  foizi  tekislikdan  iborat  ekanligini  hisobga  olsak,  quruqlik 
transport  turlarini  rivojlantirish  istiqbollari  keng  ekanligini  anglash  mumkin.  Ayniqsa,  “Buyuk 
Ipak  yo‘li”  doirasida  amalga  oshirilayotgan  transport  tarmoqlarini  rivojlantirish,  yangi  yo‘llar 
ochish  loyihalari  tahsinga,  sazovar.  Umuman  olganda  transport  tarmoqlarini  rivojlanishiga 
nafaqat  tabiiy  sharoit,  balkim  mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlanish  darajasi  ham  asosiy  ta’sir 
etuvchi omillardan hisoblanadi. 
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar 
Transport  makroiqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlaridan  biri,  iqtisodiyotning  qon  tomiri, 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. U ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lab, ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.  
Ta’kidlash  lozimki,  transport  sanoat  va  qishloq  ho‘jaligiga  nisbatan  geografiyada  kam 
o‘rganilgan  yoki o‘rganilayotgan  yo‘nalish ekanligi bilan ajralib turadi. Vaholanki, transportsiz 
hech narsani tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki transport harakat, masofani kesib o‘tish, u yoki bu 
narsani  (yuk,  yo‘lovchi,  axborot)  tashish,  jo‘natish  demakdir.  Iqtisodiy  geografiyada  transport 
liniyalar, yo‘l, yo‘laklar sifatida uning qolgan ob’ektlarini – areal, tugun va markazlarni bog‘lab 
turadi.  Transport  to‘ri  va  tizimi  har  qanday  hududning  rivojlanganlik,  o‘zlashtirganlik 
ko‘rsatkichi, hududiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi, iqtisodiy rayon va ishlab chiqarish 
majmualarning  shakllantiruvchi  muhim  omilidir.  Qolaversa,  “arzon”,  “qimmat”,  “qulay”, 
“noqulay”  tushunchalarining  zaminida  transport  omili  yotadi,  transport  geografik  o‘rin  esa 
iqtisodiy geografik o‘rinning asl mohiyatini aks ettiruvchi asos hisoblanadi.  
Odatda, transport deganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratiladi:  
1.
 
Transport – bu vosita, xarakatlantiruvchi kuch; 
2.
 
Transport – xalq xo‘jaligi tarmog‘i; 
3.
 
Transport, aniqrog‘i transport yo‘llari – bu ishlab chiqarish infratuzilmasining etakchi 
tarmog‘i, xo‘jalik tarmoqlari va aholining joylashuvida muhim omil (yo‘li yaxshi mamlakat boy 
bo‘ladi, boy mamlakatlarning yo‘llari esa hammavaqt ham yaxshi bo‘lavermaydi); 
4.
 
Transportning uzatuvchanlik, bog‘lovchilik funksiyasi borligi sababli u aloqa tizimi 
bilan juda yaqindan aloqador, binobarin, aloqa tizimidagi yangi o‘zgarishlar (tele-radio aloqalari, 
internet va b.) an’naviy transport tarmoqlarining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki,  O‘zbekiston  Markaziy  Osiyoning  qoq  o‘rtasida  joylashgan.  Bu  erda 
“joylashgan” degan so‘z ayni vaqtda uning transport geografik xususiyatini, o‘rnini ham belgilab 
beradi.  Darhaqiqat,  respublikamizning  bunday  transport  geografik  o‘rni,  uning  markaziyligini, 
kesuvchanligini  (ya’ni  tranzitligini)  aks  ettiradi,  shu  bilan  birga,  mamlakatimizning  Jahon 
okeanidan uzoqda, ichkarida joylashganligini bildiradi.  
Qadimda, respublikamizning hozirgi hududida quruqlik transporti, aniqrog‘i karvon yo‘llar 
yaxshi rivojlangan bo‘lgan. Xususan uning Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi yurtimizda savdo, 
madaniyat, hunarmandchilikning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Temir yo‘llar esa bu erda 
XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida qurilgan. Bular Kaspiy orti temir yo‘li, ya’ni hozirgi 
Turkmanboshi  (Krasnovodsk)  –  Andijon  hamda  Orenburg  –  Toshkent  yo‘llaridir.  Keyinchalik 


82 
boshqa  mahalliy  va  xalqaro  yo‘llar  ham  qurildi,  ayniqsa  Quyi  Amudaryo  yo‘nalishida  barpo 
etilgan  temir  yo‘l,  masalan  Qo‘ng‘irot,  Beynau  –  Makat  –  Aleksandrov  Gay
 
(Saratov  obl.) 
muhim ahamiyat kasb etdi.  
Biroq,  respublikamiz  transport  to‘ri  uning  turli  hududlarini  bog‘lash  nuqtai  nazaridan 
yagona  tizimni  tashkil  etmasdi.  SHu  bois,  mustaqillik  yillarida 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish