O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

Nooziq-ovqat ekinlari

Paxta
ekin maydonlari dunyoda 35 mln.ga.ni tashkil etadi. Ular asosan SHimoliy yarim 
sharning 20

va 40
0
shimoliy kengliklari oralig‘ida mujassamlashgan. Paxta tolasi ishlab 
chiqarish jahonda asta-sekin o‘sib borib, 18 mln.t. etdi. O‘z navbatida xalqaro paxtachilikni 
rayonlashtirish quyidagi o‘ta yirik hamda yirik rayonlarni ajratish imkoniyatini beradi. 
Birinchidan, bu SHarqiy, Janubi-SHarqiy va Janubiy Osiyo bo‘lib, Xitoy (4,5 mln.t.) 
Ikkinchidan, MDH doirasida O‘rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari bo‘lib,bu erda yirik ishlab 
chiqaruvchi O‘zbekiston (1,5 mln.t.) hisoblanadi. Uchinchidan, Janubi-g‘arbiy Osiyo, bu erda 
Turkiya (0,7 mln.t.), Eron, Iroq, Suriya, Afg‘oniston alohida o‘rin tutadi. To‘rtinchidan, bu 
SHimoliy va SHarqiy Afrika, Misr, Suriya, efiopiya, Uganda, Tanzaniya hisoblanadi. 
Beshinchidan. G‘arbiy va markaziy Afrika-Nigeriya, Kamerun, Zair. Oltinchidan, Janubiy 
Afrika, Mozambik, Madagaskar. Ettinchidan, SHimoliy va Markaziy Amerika, avvalo AQSH 
(3,4 mln.t.) hamda Meksika. Sakkizinchidan, Janubiy Amerika, Braziliya (0,7 mln.t.), Argentina, 
Venesuela, Peru. To‘qqizinchidan, bu Avstraliyadir. 
Jahon savdo shaxobchalariga har yili 5-6 mln.t, asosan o‘rta tolali paxta tolasi keltiriladi. 
Asosiy eksportchilar-AQSH (1,7 mln.t.), so‘ngra O‘zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, 
Afrika mamlakatlari, Paragvay, Avstraliya hisoblanadi. 
Import geografiyasini asosan ikki region belgilab beradi: 
1.
SHarqiy va Janubi-SHarqiy Osiyo (YAponiya, Tayvan, Koreya Respublikasi, Gonkong, 
Tailand, Indoneziya) 
2.
Evropa (Italiya, GFR, Frantsiya, Polsha, CHexiya, Slovakiya va boshqalar). 
Uzun tolali paxta qimmatbaho ahamiyat kasb etadi (Misr, Peru, Turkmaniston). 
Jahonda tabiiy kauchukning 90 %i Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari: Malayziya (1,2 
mln), Indoneziya va Tailand (1,2 mln. t. dan), shuningdek, Hindiston, SHri-Lanka, Filippin 
hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Jahonda 
tamaki 
kukuni etishtirish 7 mln.t. ga etdi. Uni eng ko‘p etishtiruvchi mamlakatlarga 
Xitoy (2,7 mln.t.), AQSH, Hindiston, Braziliya va MDH mamlakatlari kiradi. SHuningdek 
tamaki kam miqdorda Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, YAponiya va Kubada 
etishtiriladi. Sigareta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH birinchi (700 mlrd dona) MDH 
mamlakatlari ikkinchi o‘rinda turadi. 
Keyingi davrlarda narkotik o‘simliklar hamda opium, marixuana va boshqa narkotik moddalar 
ishlab chiqarish sezilarli darajada ortdi. Ularni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tarkibida «oltin 
yarim oy» (Pokiston, Afg‘oniston, Eron) hamda «oltin uchburchak» (Tailand, Laos, Myanma) 
shuningdek Kolumbiya alohida o‘rin tutadi. 


69 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish