O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Nerest migratsiyasi
Nerest migratsiyasi deb baliqlarning qishlash joyidan yoki yaylov 
joylaridan uvildiriq qo’yish joylariga o’tishiga aytiladi. Baliqlarning 
nerest joylarini tanlashi hayot davomida shakllanib, u uvildiriqlarning 
otalanishi, rivojlanishi uchun qulay joy hisoblanadi. Tanlangan nerest 
joylari nisbatan baliqlarni o‘sishi hamda yosh stadiyalik davrida yirt- 
qichlardan himoyalanish xususiyatiga ega.
Ko’pchilik baliqlar ko’payish uchnn koidan daryo yoki kanal, zo- 
vnrlarga chiqadi, anadrom migratsiyani amalga oshiradilar. Anadrom 
migratsiya asosan, karpsimonlarga xos xususiyat hisoblanadi. O’tuvchi 
baliqlar daryo, kanallarda va ko’llarda oziqlanadilar. Ba’zi bir daryo- 
da yashovchi baliqlar tuxum qo‘yish uchun ko‘llarga, suv omborlariga 
keladi va bu jarayonga katadrom migratsiya deyiladi.
Karpsimonlar orasida o’tuvchi baliqlar turkiston mo‘ylovdori (Bar- 
bus capito conocephalus), orol mo‘ylovdori (Barbus brachycephalus), 
chexon —(Pelecus cultratus) bo’lib, bular ko’llarda oziqlanib nerest 
uchun oqar suvlarga qarab migratsiyalanadi.
Ko’pchilik baliqlar nerest paytida oziqlanmaydi yoki oziqlanishi 
sekinlashadi, ammo katta miqdorda energiya sarflaydilar. Shuning 
uchun ham bu baliqlar daryo, kanallarga o’tishi bilan ancha ozayadi. 
Masalan, orol mo‘ylovdori, turkiston mo’ylovdori kabi turlarning nerest- 
dan oldin fevral, mart oylarida ichki a’zolardagi yog‘ zaxirasi 10—12% 
boisa, nerestdan keyin iyun, iyul oylarida 1—2% ga teng boiib qoladi, 
ba’zi birlarda ichki a’zolarida umuman yog’ qolmaydi.
Nerest migratsiyasi suv harorati bilan ham bog‘liq. Masalan, suv 
harorati 8—10 °C boiganda birinchi bo’lib fevral oyida sudak, jerex kabi 
turlar chiqsa, suv harorati 12—14°C bo’Iganda vobla kabi turlar chiqadi. 
Keyinchalik zog’ora, lesh, karas suvliklarning qirg‘og‘idagi litoral zona- 
larda suv harorati 18—20°C bo’lishi bilan nerestga chiqadi. Nerest pay­
tida baliqlar to‘da-to‘da bo’lib, litoral zonada yuksak suvo’tlari orasida 
suzib yuradilar. Baliqlarning neresti asosan mart oyidan boshlanadi. 
Nerest davrida o’ziga xos bo’lgan qoidalar mavjud. Bu davrda baliqlar 
tinchini buzmaslik, to’rlar tashlab, ularninig nerestiga xalaqit bermas- 
lik kerak, motor qayiqlar bilan suvda suzmaslik kabi qoidalar asosiy 
talablar hisoblanadi. Nerest paytida umuman baliq ovlash qat’iyan man
314


ctiladi. Hattoki, mollarni suvliklar atrofida sug'orish uchun olib kelish 
ham mumkin emas. Chunki, qoramol, qo‘y to'dalari suvning sayoz 
joylarida yurib baliqlarning urchish paytidagi tinchligini buzadi. Suvni 
loyqalatadi, tuxum qo'yish uchun kerakli bo‘lgan suvo‘tlarini poymol 
qiladi. K oining sayoz joylarida uvildiriqdan chiqqan baliqchalar va 
segoletkalar to noyabr—dekabrgacha qirg'oqda saqlanadi. Faqat, qirg‘oq 
muzlagandan keyin ular suv havzalarini ochiq yoki pelagial qismiga 
o‘tadilar. Demak, qoramol, qo‘y va boshqa chorva mollarini yil davo- 
mida suvliklarning literal qismiga o'tishiga yo‘l qo'ymaslik kerak. Sani- 
tar zonalari (500 m) qoidalariga rioya qilish zarur. Nerest o‘tadigan 
joylar ifloslanmasligi kerak. Agarda nerest uchun subsraktlar yetarli 
bo‘lmasa, sun’iy nerestillishalar tayyorlash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, 
fitofil baliqlar uchun, sun’iy nerestillishalar qatorlarini tayyorlash zarur. 
Agarda suvliklarda yuksak suv o'simliklari 15—20% dan kam bo'lsa, 
sun’iy nerestillishalar kerak, agarda yuksak suv o'simliklari 50—60% 
dan ortiq bo‘lsa sun’iy nerestillishalarga hojat yo‘q (Nikolskiy, 1974).

Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish