rilmoqda. Bu baliq turlari hovuz baliqchiligining baliq mahsuldorligini
oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Istiqbolli turlardan
chukuchansinionlar oilasiga tegishli baliqlardan: katta og‘izli buffalo,
kichik og‘izli buffalo, xonaki qora buffalo hovuz xo‘jaligi sliaroitida
yaxshi mahsulot beradigan turlardan hisoblanadi. Chukuchansimon-
larning vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. Bu turlar tez o’sishi bilan
ajralib turadi. Katta og'izli buffalo og‘irligi 45
kg gacha, kichik og‘izli
buffalo 15—18 kg gacha, qora buffalo 7 kg gacha yetadi. Buffalo issiq-
sevar bo’lganligi sababli bizni iqlim sharoitiga yaxshi moslashadi. Buf-
faloning barcha turlari tinch baliqlar hisoblanadi, ularning segoletkalari
ham boshqa baliqlar singari zooplankton bilan oziqlanadi. Katta og’izli
buffaloning og’irligi kattalashgan sari zooplankton hissasi oshib boradi.
Kichik og‘izli va qora buffalo keyinchalik zoobentos iste’mol qilishga
o‘tadi va uning hissasi 40—80% ni tashkil qiladi.
Buffaloning barcha turlari kombikormni ham iste’mol qilaveradi.
Ularning neresti tabiiy sharoitda suv harorati 14,5—16,7°C boMganda
boshlanadi. Jinsiy voyaga yetilishi 4 yoshga to'g’ri keladi. Uvildiriqlari
kichik, yopishqoq bo’lib, suv o’simliklariga yopishtirib qo’yadi yoki
boshqacha aytganda fitofil nerestlovchi baliq hisoblanadi.
Krasnodar oikasida (Rossiya) ikki yashar katta og'izli
buffalo mas-
sasi 1000 g, qora buffalo 700 g, uch yashar kichik og'izli buffalo 1000
g ga yetadi.
1980—1985-yillarda To‘dako‘1 suv omborida iqlimlashtirish uchun
Nosirov V.A. tomonidan 1 min dona katta va kichik og’izli buffalo cha-
voqlari keltirilgan, ammo e’tiborsizlik orqali chavoqlar nobud bo’lgan.
Hozirgi vaqtda Tojikistonda ham buffaloning yuqoridagi turlari bo-
qilmoqda. Baliqlashtirish maqsadida bu turlarni Tojikiston, Krasnodar
o’lkasidan olib kelish mumkin.
Buffaloning barcha turlari to’la baliqlar guruhiga tegishli.
Bu esa
ularni ovlashni ancha yengillashtiradi.
Hovuz baliqchiligida yana samarali turlardan biri katta amaliy aha
miyatga ega bo’lgan kanal laqqachasi (somik) hisoblanadi. Bu keng
tarqalgan turdan biri boiib hisoblanadi. Bu turning go’shti mazali va
nozik ta’mli bo’ladi. Kanal laqqachasi uzunligi 55 sm, og‘ir 2,5 kg gacha
bo’ladi. U hammaxo'r baliq hisoblanadi. Uning asosiy ozuqa kompo-
nenti zoobentos va zooplankton hisoblanadi. Bulardan boshqa detrit,
o’simliklar, molluskalar va mayda baliqlarni ham iste’mol qiladi. Le-
kin kombikormni ham yaxshi yeydi. Voyaga yetilishi 3—4 yoshga to’g’ri
keladi. Nerest uchun suv harorati 18—22°C bo’lganda,
maxsus hovuzlar-
169
ga, sadoqqa yoki basseynga o‘tkaziladi. Serpushtligi 7000—9000 ming
uvildiriqqa teng. Bu ko'rsatkich bar bir kg og‘irlikka nisbatan olingan.
Bulardan nasi olish uchun har bir gektar suvlikka 50x50=100 dona erkak
va urg‘ochi zotlardan qo‘yiladi yoki 1:1 nisbatda. Hovuzlarning 60—120
sm chuqurlikdagi joylarida bir-biridan 60—50 sin masofada in (gnezdo)
quriladi. Uvildiriq qo'yish uchun in bir juft zotlar uchun tayyorlanadi.
In sifatida sut bitonlari, yog‘och bochkalar, yog‘och yashiklardan foyda-
laniladi. lnlar vaqt-vaqti bilan tekshirilib, uvildiriqlar qo'yilganligi tek-
shiriladi. Ko'pincha uvildiriqlar maxsus sachok yordamida inkubatsiya
uchun, boshqa sadoqlarga ko‘chiriladi yoki o‘z joyiga qo'yiladi.
Lekin
ota-onalar darhol olinadi, chunki ota-ona baliqlar o‘z naslini yeb qo'yishi
rnumkin. Bu ishlar tabiiy nerest o'tishi bilan amalga oshiriladi.
Otalangan uvildiriqlar 6—10 kun ichida rivojlanadi. Uvildiriqlar
postembrional rivojlanishi, sariqlik xaltasi so'rib bodgandan so‘ng
lichinkalar boshqa o'stiruvchi hovuzlariga o'tkaziladi. Chavoqlar zich-
ligi har bir gektariga 10 mingdan to 100 ming donagacha. Laqqacha-
larning segoletkalari 10 g dan to 50—60 g gacha yetadi. Katta bo‘lgan
segoletkalar ikkinchi yili yaxshi sharoit bo'lganda ogdrligi 400—800 g ga
yetadi. Laqqachalarni boqish uchun turli xil kombikormlardan foyda-
laniladi. AQSH da odatda donador kombikorm bilan boqiladi.
Tarkibi
28—2 % protein, 5% yog‘, 10—15 % klechatkadan iborat. Laqqachani
tovar darajasiga yetkazish uchun, ya’ni 700—1000 g bodishi uchun 4—5
kg donador kombikorm yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: