70-jcidvcil
Tirik va sog‘lom hovuz baliqlarini yetishtirishning texnologik sxemasi
2 8 3
Barcha texnologik nazorat jarayonlari laboratoriya sharoitida amalga
oshiriladi.
Baliqlar sifatiga ta’sir etuvchi omillar.
Tur: ba’zi bir baliq turlari issikda tez ayniydi — Turkiston mo'ylovdori,
Samarqand xramulyasi. Shu sababli bularni kuz va qishda ovlash ma’qul.
Yog’liligi: baliqlar semizligi jihatdan, ya’ni yog‘li baliqlar: laqqa, oq
amur, yog’siz baliqlar vobla, sudak hamda baliqlarning katta-kichikligi.
Ozuqlanishi: bentosxo’r — zog‘ora, karp, lesh, karas. Planktonxo‘r
- do‘ngpeshana, relyad, vobla, shemaya. 0 ‘simlikxo‘r — oq amur. Yirt-
qich — sudak, jerex, laqqa.
Masofa: baliq ovlangan joydan to realizatsiya qilinadigan joygacha-
suv harorati, transport sharoiti, havo harorati.
Jins va nerest: nerestning kimyoviy va fizikaviy xususiyatiga ta’siri va
urg‘ochi — erkak zotlarining go‘sht sifatiga ta’siri.
Parazitlar: sodda hayvonlar, lentasimon, yumaloq chuvalchanglar,
bakteriyalar, zamburug‘lar.
Patogen mikroorganizmlar: odamning zararlanishini sodir qiladi-
gan bakteriyalar.
284
XI
bo‘lim. MCHJ BALIQCHILIK FERMER
XOMALIKLARIDA HOVUZ BALIQCHILIK FAOLIYATINI
TASHKIL QILISH YA UNING VAZIFALARI
Qishloq xo‘jaligi sharoitiga oid bo‘lgan barcha masalalar bilan max-
sus hovuz baliqchilik xo‘jaligi shug'ullanadi. Respublika qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi tomonidan baliqchilik xo‘jaligi faoliyati boshqarib tu-
riladi. Vazirlik qoshida maxsus boshqaruv «Tabiiy va sun’iy hovuzlar-
da baliqchilik xo'jaligini tashkil qilish va boshqarish» boiim i mavjud
bo‘lib, baliqchilikka oid barcha qonun va qoidalarni ishlab chiqaradi.
Bu bolim da tajribali va oliy ma’lumotli mutaxassislari yetarli bo‘lib,
ular Respublika hududidagi barcha tabiiy va sun’iy hovuz baliqchilik
xo‘jaliklar faoliyatini o'rganib chiqib, ilmiy xulosalar chiqardi. Hozirgi
kunda baliqchilikni rivojlantirish Respublika sharoiti miqyosida dolzarb
masalalardan biridir. Chunki, baliqchilik chorvachilikning asosiy qismi
bo‘lib, u oziq-ovqat dasturining asosiy qismidan o‘rin olgan. Shuning
uchun ham Respublika hududida baliqchilik xo‘jaligi boshqa tarmoq-
lar singari bir xil huquqga ega. Baliqchilikni rivojlantirishga nisbatan
sovuqqonlik bilan qarash salbiy oqibatlarga olib keladi. Mavjud suv-
liklardan ratsional foydalanish, baliqchilik uchun suv limitlari ajratish va
ularni mablag1 bilan ta’minlash zarur. Xo'jaliklardagi mavjud baliq tur-
larini seleksiya-urug'chilik qoidalariga asoslangan holda takomillashti-
rish va ulardan oqilona foydalanish kerak. Ayniqsa, hovuz baliqchiligini
yo‘lga qo’yish, ularning har bir gektar suvliklaridan 20 s baliq mahsuloti
olishni yo‘lga qo‘yish, aholini baliq va baliq mahsulotiga bo’lgan tala-
bini qondirishdan iborat. Hozirgi kunda yuqori darajali baliq mahsuloti
olish uchun intensivlashgan baliqchilik xo’jaligini yolga qo’yish — baliq
ovlashdan baliq yetishtirishga o‘tish dolzarb masala bo'lib hisoblanadi.
Buxoro viloyati hududida hovuz baliqchilik xo'jaligini rivojlantirish, un-
dan yuqori baliq mahsuloti olish, tabiiy suvliklardan baliq mahsuloti
olish uchun har bir gektar suvlikdan 10—12 kg tovar baliq olishni yo‘lga
qo‘yish bosh masalalardan biridir.
Ishchi xo'jalik sifatida tasdiqlab berilgan hovuz yoki suvliklarda
yuqori darajali MCHJ baliqchilik xo'jaligi tashkil qilinadi. Xo‘jalikda
baliqchilik brigadasi, zveno yoki oilaviy pudrat faoliyat ko‘rsatadi.
Baliqchilikka asoslangan MCHJ yoki fermer xo'jaligi quyidagi ish-
larni bajarishi kerak:
ijaraga berilgan suvliklardan (ko‘l, suv ombori, kanal, kollektor) yoki
hovuz baliqchilik xo‘jaligidan yuqori baliq va baliq mahsuloti olish;
285
baliqchilik-meliorativ ishlar olib borish va tashkil qilish;
sermahsul baliq zotlarini tabiiy va sun’iy ko'paytirishni yo'lga qo’yish
va tashkil qilish;
suv parrandachiligini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish;
imkoniyatga qarab hovuzlar maydonini kengaytirish; yordamchi
xo‘jaliklarni tashkil qilish (bug‘doy, arpa, tariq, dukkakli ekinlar ekadi
va kombikorm tayyorlaydi), baliq mahsulotlarini qayta ishlash (dudlash,
polifabrikat), ov anjomlari (to‘r, nevod, breden) tayyorlash kabi ishlarni
amalga oshiradi.
Baliqchilik MCHJ xo‘jaligi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi nizomi
(qoidasiga) asosida tashkil qilinadi va hovuz baliqchilik xo'jaligining
koida va qonunlarini belgilaydi. Hovuz baliqchilik faoliyatini MCHJ
uyushmasi boshlig‘i boshqarib boradi. Hovuz yoki tabiiy suvliklar ba
liqchilik xo‘jaligining asosiy manbai hisoblanadi. Xo’jalik ixtiyorida
ijaraga berilgan suvlik maydoni, ov qurollari, qayiqlar va yordamchi
xo‘jalik inshootlari, binolar, inkubatsion sex va apparatlar shartnoma
asosida olinadi. Xo'jalikning eng asosiy assortimenti boiib mavjud in-
ventarlarning soni va qiymati hisoblanadi. MCHJ baliqchilik jihozlari
asosan xo‘jalikning baliq mahsulotiga asoslangan bo'ladi. Bu ko’rsatkich
plan asosida yetishtirilgan baliq mahsuloti va suv havzasining mah-
suldorligini hamda tabiiy ozuqa manbasi, ov zaxirasi va boshqalardan
iborat.
Xo‘jalik rahbarining asosiy vazifasi: xo'jalik ishlarini rejalashtirish,
reja va shartnomaning bajarishini nazorat qilishdan iborat. MCHJ ba
liqchilik xo‘jalik rahbarlari uyushma boshlig‘iga hisobot beradi. Bun-
day hisobotlar har uch oyda qabul qilinadi. MCHJ boshlig'i bajarilgan
ishlar to'g'risida hisobot beradi va rejalashtirilgan ishlarning borishi va
bajarilishini nazorat qiladi.
Uyushma boshlig'i baliqchilik sun’iy hovuz xo'jaliklaridan hamda
tabiiy suvliklardan yuqori darajali baliq va baliq mahsuloti yetishtirish
uchun zaruriy masalalarni ishlab chiqadi. Bu masalalar, asosan suvdan
oqilona foydalanish va lining isroflanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat-
dir. Tovar baliq yetishtirish uchun xo’jalikdagi sun’iy hovuzlar, ko'l va
boshqa suvliklarni ilmiy asosda ularning gidroximiyasi, gidrobiologiyasi
va gidrologiyasi chuqur o‘rganiladi. Xo‘jalikning mavjud suvlarini to'liq
o‘rganilgandan keyin suv havzasining pasporti tuziladi. Hovuz pasporti
quyida ko'rsatilgan.
Bosh baliqshunos butun suv havzasini baliqchilik instruksiyasiga
asosan o'rganib chiqadi va hovuz yoki ko'lning pasportini to‘ldiradi.
Pasport hovuz yoki suvlikning asosiy hujjati hisoblanadi.
286
Наг bir pasportda suv havzasining sxematik xaritasi tavsiya etiladi.
Xaritada ko‘lning xususiyatlari belgilar orqali aks ettiriladi. Ma’lumotlar
to’ldirilgandan so'ng bosh baliqshunos suv havzasining fizik-geojadval
va ixtiologik-gidrobiologik jihatdan xarakterlab beradi. Hovuzlarning
baliqchilik uchun yaroqliligini, baliq ko'paytirish, xo'jalik shakli va
sistemasini aniqlaydi.
MCHJ baliqchilik uyushmasi xo'jalikni yillik plani har bir gektar suv
yuzasidan baliq mahsuldorligini belgilaydi. Xo‘jalik hovuzlarida qanday
baliq turlarini boqish, ozuqa bazasini yaratish, suv bilan ta’minlash
kabi masalalarni hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |