O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Baliqlarning skeleti
4-rasm. Okunning (suyakli baliqlar) skeleti.
1 — ko'krak suzgichining suyaklari va nurlari; 2 — qorin suzgichi suyaklari;
3 — umurtqa pog'onasi; 4 — qovurg'a o‘simtalari; 5 — anal suzgichining 
suyaklari; 6 — anal suzgichi nurlari; 7 — orqa suzgichlarning asosiy suyaklari; 
8—9 — orqa suzgichlarning nurlari; 10 — dum suzgichining nurlari;
11 — bosh suyaklari; 12 — yuqorigi va pastki jag'lar; 13— jabra qopqog‘i;
14 — oxirgi umurtqalar, dum suzgichlarini tutashtiruvchi suyaklar.
Bosh skeleti asosan bosh qutisidan va umurtqa pog‘onasi bilan tu-
tashgan bo‘ladi, lekin harakatsiz 
tutashgan. Bosh skelet in ing ba’zi 
qismlari ayniqsa baliq turini aniq- 
lashda q o i keladi. Bu ayniqsa 
jabra apparati va lining qopqog'i. 
Jabra qopqogi 4 ta suyakdan ibo- 
rat bo‘lib, 5 ta jabra yoyini qop- 
lab turadi. Jabra yoyining ichki 
yuzasida jabra tichinkalari joy- 
lashgan, tashqi yuzasida jabra 
yaproqlari joylashgan. Jabra yap- 
roqlari nafas a’zosi hisoblanadi. 
Jabra techinkalarining soni va 
shakli baliq ovqatlanish xarakteri- 
ga bog'liq, oxirgi beshinchi jabra 
yoyi tichinkalardan va jabra yap-
5-rasm. Baliqning jabra apparati:
1 — birinchi jabra yoyi; 2 — yurak; 
3 — jigarning bir qismi; 4 — jabra 
yaproqlari; 5 — jabra tichinkalari; 
6 — jabra nurlari.
13


roqlaridan malirum bo'lgan bo'lib. u past к i halqum suyagiga aylanadi. 
Halqum suyagida ba'zi bir baliqlarda halqum tishlari hosil bo'ladi. Bun- 
day halqum tishlari karpsimonlarda ya.xshi rivojlanadi. 4-rasmda baliq 
skeleti tuzilishi ko'rsatilgan.
Baliqlarning nafas a’zosi
Baliqlar asosan suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ba'zi bir ba- 
liqlar atmosfera havosidan ham kislorodni oladi (ilonbosh). Baliq nafas 
olganda suvni jabra orqali tashqariga chiqaradi. Jabradagi qon kislorod- 
ga boyivdi. Jabra yaproqlari tashqi tomondan mayda yaproqchalar bilan 
qoplangan. Ay nan shu yaproqchalarda gazlar almashinuvi sodir bo'ladi.
Baliqlarning intensiv ravishda nafas olishi muhit faktorlarining 
fizik-kimyoviy holatiga, baliqlarning turiga, katta-kichikligiga va fi- 
ziologik sharoitiga bog'liq.
Baliqlarning kislorodga bo'lgan qo'shimcha moslashuvi bu ularning 
kislorod miqdorining o'zgarishiga chid a mliligi bo'lib hisoblanadi. Bu 
moslashuv baliq tcrisi orqali amalga oshiriladi. Baliq terisi orqali ham suv­
da origan kislorod foydalanishi mumkin (tori orqali nafas olish) va havo 
pufagi, ichaklar va maxsus qo'shimcha a'zolar orqali atmosfera havosidan 
kislorodni olishidir (havo orqali nafas olish). Ba’zi bir baliqlarda kislorod 
yetishmaganda, suvda erigan kislorod kamayganda tori orqali nafas 
olish ancha rivojlangan (karp, karas, laqqa, ilonbaliq). Lekin havo olish 
miqdori unchalik katta etnas, nam atmosfera havosida havodan kislorod 
olishda nafaqat tana yuzasi, balki jabra ham ishtirok etadi.
Ko'pincha ho'l tcri paytida va jabra ham sernam bo'lganda ilonbaliq 
bir necha kun suvsiz yashashi mumkin. Shu xususivat orqali ilonbaliq 
quruqlik orqali bir suvlikdan ikkinchi suvlikga o'ta oladi.
Baliqlarni suvsiz holatda tashilgan paytda, kislorodga bo'lgan ta- 
lab teri orqali amalga oshiriladi. Baliq jabra apparatining tuzilishi 
to'g'risidagi ma'lumotlar 5-rasmda berilgan.
Havodagi kislorodni olish yoki nafas olish turli xil baliqda turlicha 
bo'ladi. Laqqada ichak bilan nafas olish rivojlangan, og'iz orqali olin- 
g;tn havo ichak orqali o'tib — kislorodni beradi va ichak devorlaridan 
ajraladigan karbonat angidridini qondan so'rib oladi. Gazlarni olish va 
berish ichak devoridagi kapillarlarda sodir bo'ladi. Zamor (dimiqish) 
paytida og'iz orqali olingan havo lining og'zidagi suvda aerotsivalanadi 
va kislorodga boyigan suv jabra orqali o'tadi. Ba’zi bir baliqlarda max­
sus qo'shimcha organlar bo'ladi, ilonbaliq suv harorati 30°C bo'lganda 
isinib havo bilan nafas oladi. U havoni sayoz joyda jabra usti a’zolari
14


hilan oladi. Jabra usti organlari halqum devordagi bo‘shliqlardir. Uning 
shilimshiq devorida ko'p kapillarlar joylashgan va shu kapillarlarda gaz 
almashinuvi sodir bodadi.
Baliqlarning havodagi kisloroddan foydalanish ucluin havo yoki suz- 
gich pufagi ham xizmat qiladi. Barcha baliqlarning embrionida havo 
pufagi ichak bilan tutashgan va u avvaliga ichak orqali havodan todadi. 
Havo pnfagining ichak bilan tutashganligiga qarab voyaga yetgan ba- 
liqlar — ochiq pufakli, bunday baliqlarda havo pufagining ichak bilan 
aloqadorligi butun umr saqlanadi (osyortsimonlar, losossimonlar, karp- 
simonlar va h.k.), va yopiq pufaklilar—havo pufagi bilan ichak bir-biridan 
izolatsiyalashgan (sudak, okun) boiadi. Havo pufagidagi gazlar ochiq 
pufaklilarda voyaga yetgan baliqlarda davriy ravishda havo olish orqali 
boshqariladi, yopiq pufaklilarda bu ish havo pufagining devori faoliyati 
orqali amalga oshiriladi.
Karp chavogdning havo pufagi uning uvildiriqdan chiqishdan 1—1,5 
sutka o'tishi bilan havo bilan to'ladi. Bu davrda jabra faoliyat ko'rsatmaydi. 
Noqulay kislorodsiz sharoitda, kislorod yetishmaganda, yirtqich baliqlar 
o'ljaga tashlanishi bilan, havo pufagi nafas olish organi bodib xizmat 
qiladi. Karp va zog'orada atmosfera havosiga maxsus moslashish vosi- 
tasi yo‘q, lckin suvdan tashqarida bodganda (masalan, tashish paytida), 
ularning qoni kislorodga to'yinishi havo pufagi orqali amalga oshiriladi.
Baliqlarning embrioni va chavoqlarda jabra apparati shakllanmagan 
paytda ham qon aylanish sistemasi funksiyalashgan bodadi. Bu paytda 
nafas organi bodib sariqlik xaltasidagi kapellarlar turi, suzgich hoshiyasi 
va jabra qopqogd, hamda tashqi jabra xizmat qiladi. Bu vaqtinchalik 
nafas olish organlari asta-sekinlik bilan yo'qoladi. Yosh baliqlarning 
nafas olish sharoitining yomonlashuvi ularda qon aylanish sistemasi- 
ning kuchli rivojlanishi yoki tashqi jabralar rivojlanishi bilan bogdiq.

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish