Suv oksidlanishini rangiga qarab aniqlash
Probirkadagi eritma rangi
Oksidlanish mg 0 , 1 1. H ,0 tax
miniy kattaligi
Ochiq binafsha — pushti
1
Binafsha — pushti
2
Oqimtir — pushti
8
Kuchsiz — pushti
6
Pushtiroq — sariq
12
Sariq
16
Suv havzasi muhitining ko‘rsatkichi (pH)
suv sifatini aniqlashda
qo'llanadigan indikator boiib hisoblanadi. Uning kislotaliligi yoki
ishqorlik ko'rsatkichi bo'lib suv havzasining gaz rejimi bilan bog'liq
holat. Suvdagi pH ko'rsatkichini aniqlashda Mixaels apparatidan f'ov-
dalaniladi. Suv muhiti reaksiyasining pasayishi pH-6,5 boiishi kislota
oshganligidan dalolat (atsidoz) beradi, muhit reaksiyasining pH-8,5 9,0
oshishi ishqoriy muhit oshganligidan dalolat (alkoloz) beradi. Muhit
reaksiyasining normaga nisbatan o‘zgarishi gidrobiontlar hayoti uchun
xavfli. Oldini olish choralari ko'riladi.
Dentak, pH-7,0 bo'lsa neytral muhit, pH-7,0 dan yuqori bo'lsa
ishqoriy muhit, pH-7,0 dan kichik bo'lsa kislotali muhit bo'ladi. Suv
dagi gidrobiontlarning konsentratsiyasi N+ ga bog'liq. Suv havzasida
pH 7,0 dan 8,5 gacha bo'lishi kerak. Agarda pH 6,0—6,5 ga tushib
qolsa muhit kislotali bo'ladi. Bu holat nihoyatda xavfli. Hovuzni ohak-
lash kerak. Suv neytrallashadi. Suv muhiti (pH 6-6,5) pasayib ketsa,
so'ndirilmagan ohak bilan ishlov beriladi.
6 4
I ll bo‘lim. HOVUZ BALIQCHILIK XO‘JALIKLARINING
GIDROTEXNIK INSHOOTLARI VA SUV BILAN
TA’MINLANISHI
Baliq o‘stiriladigan xo‘jalikni Ioyihalashtirish
2004-yildan boshlab barcha tabiiy suvliklar uzoq muddatli ijara-
ga berildi. Mavjud tabiiy suvliklarning baliq mahsuldorligi nihoyatda
past, har bir gektarga 1,0—1,5 kg ni tashkil qiladi. Tabiiy suvliklarning
baliq mahsuldorligini 10—12 kg/ga gacha yetkazish, baliq chavoqlarini
yetishtirish uchun maxsus inkubatsion sexlar tashkil qilish va tabiiy suv-
liklarni baliqlashtirish zarur omillardan biri hisoblanadi. Iloji boricha
har bir tabiiy suvliklarning yaqin joylarida bunday sexlarni qurish davr
talabidir. Chunki hisob-kitoblarga ko‘ra har 100 gektar tabiiy suvlik
yuzasiga muvofiq keladigan 1 gektarli chavoq o'stiruvchi hovuz qurish
kerak. Chavoqlarni o‘stiruvchi hovuzlarga to oktabr—noyabr oylariga-
cha o'stirib (100-150 g) so'ngra segolekalarni katta suvlikni baliqlashti
rish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham tabiiy ko'llarning yaqin
va qulay joylarida inkubatsion sex qurish yaxshi natija beradi. To‘dako‘1
suv omborida «Shams» hovuz baliqchilik xo'jaligida 31 inkubatsion ap-
parat (shundan 25 — VNIN PRX tipida bo‘lsa 6 — Savin—Arxipov appa-
rati) bir necha yildan beri faoliyat ko'rsatmoqda. To'dako‘1 suv ombori
maydoni 21—22 ming/ga. Shuncha suvlikni baliqlashtirish uchun 31 ta
inkubatsion apparat xizmat qiladi. Buxoro viloyati suvliklari 101 m ing/
gektar. Shuncha maydondagi suvliklarni baliqlashtirish uchun «Buxo
ro baliq» hissadorlik jamiyatida 6—8 ta Savin-Arxipov apparati xizmat
qiladi. To‘dako‘l suv ombori baliq mahsuldorligi 2007-yilda o'rtacha
37 kg/ga ni tashkil qilgan boisa, Buxoro viloyati suvliklari baliq
mahsuldorligi nihoyatda achinarli holatda 1-2 kg/gektariga. Shuning
uchun ham yuqori darajali rentabellik xo'jaligiga erishish uchun, har
bir MCHJ baliqchilik xo‘jaligining inkubatsion sexlari, o‘stiruvchi ho-
vuzlari va tabiiy ozuqa yetishtiradigan hovuzlari bo'lishi kerak. Shun-
dagina kuchli rivojlangan baliqchilik xo'jaligini tashkil qilish mumkin.
Har bir hududning o‘ziga xos, xoh katta, xoh kichik hovuz ba
liqchilik xo'jaligini tashkil qilish uchun qulay relyefga ega bo'lgan joylar
tanlanadi. Lekin bunday qulay joylarda o'stiruvchi hovuz yoki inku
batsion sex qurilsa, vaqtli chavoq olish, boqish muddatidan ratsional
foydalanish, segoletkalar massasini standart holatga keltirish va baliq
mahsuldorligini oshirish imkoniyatlari paydo boiadi.
65
Hovuz baliqchilik xo'jaligini loyihaiashtirish va qurish hozirgi zamon
instruksiyasiga asosan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilgan loyihaga
asosan va sanoat qurilishi smetasiga asosan (SN 202—76) va qoidaga
muvofiq 2 stadiya: texnikaviy provekt va ishchi chizmalar orqali amalga
oshiriladi.
Hovuzlarni qurishdan oldin talab darajasida bolgan maydonlar
tanlanadi, baliq o'stirish hovuzlari loyihalashtiriladi va gidrotexnik in-
shootlar ham loyihaga kiritiladi. So'ngra hovuzlarni va inshootlarni
qurishga kirishiladi. Ajratilgan maydonlar quyidagi talablarga javob
berishi lozim:
1. Keng va nishab yoki qiya joylar, qiyaliklar 15-20 gradus boiishi
kerak. Suv kiradigan joydan suv chiqadigan joygacha yoki joyiga qarab
qiyaroq boiishi kerak.
2. Tashlandiq. qishloq xo'jaligi uchun yaroqsiz joylar, ekin ekish
yoki past hosil beradigan, boshqa xojjalik ishlariga xalaqit bermaydigan
maydonlar tanlanadi. Katta qurilish inshootlari bolmasligi kerak.
3. Eng yaxshisi katta miqdorda suvni o'tkazmaydigan qattiq tup-
roqli yer, iloji boricha suvning chiqish tomonida zovur boiishi zarur.
Chunki hovuz suvi almashinib turishi kerak boladi.
4. Hovuz baliqchilik xo'jaligi sifatli suv bilan 95% darajada
ta’minlanadi. Yana suvning tuproq orqali filtratsiyasi va suv buglanishini
hisobga olish kerak. Hovuzning bu ko'rsatkichi har birgektar suvlik vu-
zasidan 0,5— 1,0 litr/s. Qishlash hovuzlari uchun suv debiti har bir gektar
maydon uchun 15-20 1/s. Agarda tanlangan joy balchiq bolsa albatta
qo'shimcha meliorativ ishlar bajariladi. Zax suvlar chiqarib, chuqur
joy tekislanadi. Suv kolmak bolib qolmasligi kerak. Toliq quritilishi
lozim. Qishda suv to liq chiqarilishi kerak.
18-rasm. Yosh baliqchalarni yig'ish joyi: 1. Hovuzdan mayda baliqcha chiqa
digan joy (truba). 2. Mayda baliqcha yiglladigan moslama.
66
Chavoqlarni yig‘ishdaqo‘1 keladigan moslama 18-rasmda ko'rsatilgan.
Chavoqlar balchiqda qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |