Suv havzalarida baliqlarning yashash sharoiti
Suv havzasi qanchalik katta bo'lsa, undagi ixtiofaunaning yashash
sharoiti xilma-xil bo'ladi. Katta daryolarda va ularning sayoz joylarida
baliqlar yashaydi. Daryo baliqiari xilma-xil bo'lgan ekologik guruhlarga
tegishli. Daryoning yuqori qismlarida o'zlari uchun qulay sharoit hisob-
310
langan litofil baliqlar, bularning uvildiriqlari toshlar orasida rivojlanadi;
loyqa suvda esa, ya’ni daryoning oTta qismida pclagofil baliqlar, daryo-
ning quyi qismlarida esa qoltiqlarida fitofil baliqlar yashaydi. Bu baliqlar-
ning barcha turlari daryoning ma’lum bir uchastkasida, o'ziga xos bolgan
biotoplarga ko'payadi va rivojlanadi, ya’ni yaylov sifatida foydalanadilar.
Ma’lurn biotoplarga yashashga moslashgan baliqlar o’zlariga xos
rnaxsus yoki spetsifik xususiyatga ega. Bu xususiyatlar yashash muhitiga
nisbatan adaptatsiya natijasidir. Togii daryoning oqimi kuchli bo‘lgan
qismida yashaydigan baliqlarning tanasi 2 yon tomondan qisilgan
bo‘ladi. Tangachalari mayda boiib daryo tubida mustahkam suzib ya
shaydi, suv oqimiga qarshi tura oladi. Asosan goletslar, turkiston laqqasi,
osman, marinka, forel va boshqalar. Daryoning loyqa suvida yashash
ga moslashgan, hamda rnaxsus a'zolarga ega bolgan baliq turlaridan
kurakburun, ya’ni katta amudaryo kurakburuni —Rseudoscaphivychus
kaufmanni (Bogd), ship — Acipenser nudioentris Lov. Bu baliq turlari
o‘zlarining tashqi shakllari bilan ajralib turadi.
Katta ko‘llarda, yaxshi literal qirg'oqlarga ega bolgan, yaxshi
o'sadigan, yuksak suvo‘tlari uchun yashash sharoiti qulay boigan joy-
larida issiqsevar baliq turlari uchun asosiy biotoplar mavjud boladi.
Bu baliqlarning hayoti suv tubi o‘simliklari bilan chambarchas bogiiq.
Bunday baliq turlari limnofillar boiib, kolning sayoz joylaridan chuqur
joylariga ko‘chib turadi (migratsiyalanadi). Ko‘l baliqlari o‘z tuxum-
larini o‘simliklarga qo'yadilar.
To’xtagan yoki oqmaydigan suv muhiti sharoitida yashaydigan va
o‘simliklar orasiga tuxum qo‘yib ko’payadigan baliqlar o‘zlariga xos tu-
zilishga ega, ularning tanasi baland, tangalari esa ancha katta boladi,
shu bilan birga ancha kam harakat, ular uchun qarshilik ko'rsatadigan
oqim yo‘q. Tana shakli baland ikki yon tomondan simmetrik qisilgan.
Bu shakl ularning yirtqich yutib yubormasligi uchun ahamiyatga ega.
O ’simliklar orasida yashashga moslashgan yirtqichlar to’satdan hujum
qilishga, tez harakat qilishga, boshi ancha o’tkirlashgan va orqa suz-
gich qanotlari ancha cho'zinchoq boladi (ko‘z o‘ngingizga ilonbaliq,
sho‘rtan, sudakning orqa suzgichlarini keltiring).
Laqqa, ilonbaliq, sho'rtan o‘z oljasini poylab turib birdaniga hujunt
qilib oladi. Shunga yarasha ularning tana rangi ham yashash muhitiga
moslashgan boladi. Qirg’oq va sayoz joylar ancha issiq zamor (dimi-
qish) tez-tez boiib turadigan joylarda ham ma’lum baliq turlari yashay
di, masalan, karas — carassius auratus gebilio, gambuziya — Gambusia
affinis va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |