O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Baliqlar gelmentozi ,
Daktilogiroz. 
Qo‘zg‘atuvchisi monogenetik so‘rg‘ichlisi hisoblanadi. 
U baliq jabrasida bo‘ladi. Uzunligi 1 mm bo'lib, tanasi yassi tasmasimon. 
Boshida to‘rtta bosh pallasi boiib, yopishadigan ilgagi bo‘ladi. Ilgaklar 
bosh va qorinda bo‘ladi. Hayvon germofrodit. Zotlarning ko'pchiligi 
tuxum qo'yish bilan ko‘payadi. Tuxumdan chiqqan lichinka avvaliga 
suvda suzadi, so‘ngra baliqqa duch kelib, uning tanasiga yopishadi va 
jabraga kelib, muqim joylashadi. Daktilogiroz ko‘pincha yosh baliqlarni 
jarohatlaydi, ayniqsa yoz paytida. Parazitlarni tarqatuvchisi bo‘lib, katta 
yoshli baliqlar hisoblanadi. Daktilogiroz sovuq suv hayvoni bo‘lib, katta 
yoshdagi karplarda ko'proq uchraydi. Bu tur karaslarda ham uchraydi. 
Baliq tanasining jarohatlangan yuzasidagi shilimshiq modda, hamda 
jabra yuzasidagi shilimshiq modda avvaliga qizaradi, so‘ngra oqaradi 
va buziladi. Kasallangan baliqlar qirg‘oqqa, ayniqsa suv kiradigan joyda 
to'planadi va og‘iz bilan nafas oladi.
Profilaktik maqsadda eng avval parazitlarning suv havzasiga kirishi- 
ga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yosh baliqlarning normal o‘sishi uchun qulay 
sharoit yaratish lozim. Yosh baliqlarni ota-ona baliqlardan darhol ajra- 
tish kerak. Agarda tabiiy nerest o'tkazilgan bo'Isa, chavaqlarni ota-ona 
bilan birga qo'ymaslik kerak.
Qarshi kurash choralari asosan baliqlarni osh tuzining 5% eritmasida 5 
minut saqlash lozim. Ammiakli vannada 0,1% li eritma tayyorlash uchun 1 
ml nashatir spirti 1 1 suvda eritiladi. Suv harorati 7—13° bo‘lganda I minut, 
14—17° bo‘lganda 30 sekunddan ortiq kasal baliqlarni saqlamaslik kerak. 
So‘ngra baliqlarni oqar suvlarda yuvishga to‘g‘ri keladi. Bundan maqsad 
o'lgan va harakatsiz parazitlarni baliq tanasidan yuvib tashlashdir.
272


Ko'z kataraktasi (diplostomatoz) 67-rasmda ko'rsatilgan. Kasallik 
qo'zg'atuvchisi unchalik katta bo'lmagan (0,5 mm) yumaloq shakldagi 
harakatchan lichinka. So'rg'ichli bo‘lib, so‘rg‘ichlari og'iz va qorin so- 
halarida joylashgan. So‘rg‘ichlarda yopishish uchun maxsus bezlar bor. 
Asosan baliq ko‘zida parazitlik qiladi (ko'z gavhari qobig'ida va shishasi- 
mon tanada). Quyidagi baliq turlariga: karp, do'ngpeshana va boshqa 
baliqlarga ziyon yetkazadi. Lining zarari yosh baliqlarga ko'proq ta’sir 
qiladi. Baliq ko'zi kuchli zararlanadi, ko'z kattalashadi, gavhar xirala- 
shadi, baliq ko'r bo'ladi. Parazitning rivojlanish sikli ancha murakkab 
bo'lib, ikkita oraliq xo'jayin ishtirokida o'tadi (akam-tukam molluskasi 
va baliq) va bitta oxirgi xo'jayin (chayka va boshqa baliqxo'r qushlar).
Parazitlarning voyaga yetgan zotlari baliqxo'r qushlarning ichagida 
yashaydi. Parazit tuxumlari qushlarning axlati bilan tashqariga, suvga 
chiqadi. Bu tuxumlardan suvda lichinka (miritsidiy) chiqadi. Miritsidiy- 
ning rivojlanishi uchun u avval molluskaga o'tishi kerak, molluskaning 
ichida rivojlanadi (birinchi oraliq xo'jayin). Molluskaning ichida mi­
ritsidiy serkariyaga aylanadi. Serkariya esa molluska ichidan chiqadi va 
suvda suzadi, keyinchalik u baliq tomonidan yutiladi (ikkinchi oraliq 
xo'jayin). Serkariya baliq ichiga kirgandan keyin qon oqimi bilan baliq 
ko'ziga kelib joylashib oladi va kasallikni qo'zg'atadi.
Profilaktik choralar.
Qarshi kurashganda eng avval birinchi oraliq 
xo'jayin mollyuskalarni yo'qotish yo'lini qidirish kerak. Buning uchun 
birinchidan hovuz suvini quritish va hovuzni so'ndirilmagan ohak bi­
lan ohaklash kerak. Suv havzalarini 20% li xlorli ohak bilan ishlash va 
boshqa choralar ko'rilishi lozim. Suv havzasi xlorli ohak bilan dezinfek- 
siya кiliUgandan so'ng, hovuz toza suv bilan bir necha marotaba, xlorli 
ohak qolmaguncha yuviladi.
Ligulyoz. Bu kasallikning qo'zg'atuvchisi tasmasimon chuvalchang hi- 
soblanadi. Parazit uzunligi 3 metrgacha boradi. Tana yassi, ko'ndalang 
chiz.iqqa ega. Rangi oqimtiryoki sarg'ish, rivojlanishi xo'jayin almashini- 
shi bilan o'tadi. Voyaga yetgan parazitlar oxirgi xo'jayinning ichagida ya­
shaydi. Oxirgi xo'jayin qushlar (chayka, o'rdak,baklan) bo'lib hisoblanadi. 
Ligulyozlarning qo'yilgan tuxumlari baliqxo'r qushlarning axlati orqali 
suvga tushadi. Suvda tuxumdan lichinka chiqadi. Lichinka suvda suzib, 
tuban qisqichbaqa, kurakoyoqlilar (siklop) turiga rnansub lichinkalarda 
rivojlanadi (birinchi oraliq xo'jayin). Lichinkali siklopni baliq yegandan 
keyin parazit baliqning ichiga o'tadi (baliq ikkinchi oraliq xo'jayin) va 
tana bo'shlig'ida joylashib oladi. Parazit baliq ichagida 3 yil yashaydi, 
ammo voyaga yetmaydi. Parazitning to'liq yetilishi va voyaga yetishi oxirgi
2 7 3


xo‘jayin — zararlangan baliqni vegan baliqxo'r qush hisoblanadi. Invaziya- 
ga eng ko‘p uchraydigan tur bu karpsimonlardir. Ligulyoz bilan zararlan­
gan baliqning qorni shishgan bo'ladi (lesh, turkiston mo'ylovdori, samar- 
qand xramulyasi). Yuqoridagi baliqlarda ko‘proq uchraydi. Kasai baliqlar 
o‘smay qoladi. Nihoyatda ozg'in, parazit rivojlanib, baliq ichki organlarini 
qisadi, ichki organlar faoliyati buziladi. Parazit xo'jayinning tana shi- 
rasi bilan oziqlanadi va organizm intoksikatsiyasiga sabab boiadi. Kurash 
chorasi hovuzlarni so‘ndirilmagan ohak bilan dezinfeksiya qilishdan ibo- 
rat. Tasmasimon parazitning tashqi ko'rinishi 69-rasmda ko'rsatilgan.
69-rasm. Ligulyoz (tasmasimon parazit) bilan zararlangan karas

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish