Hovuzlar melioratsivasi
Hovuz baliqchilik xo‘jaiigida melioratsiya deganda hovuzlarni
texnik usullarni qo‘llash asosida lining gidrobiologik, gidroximiyaviy
sharoitini yaxshilab, baliq ozuqa resurslarini bovitish uchun qilinadi-
gan ishlar kompleksi tushuniladi. O'tkaziladigan meliorativ ishlari o‘z
ichiga gidroximiyaviy rejimni, suv o'simliklarini yo‘qotish, suv havzala-
rini evtroflanishiga qarab dam berish (letovanie), ohaklashtirish va
konkurent (xashaki va begona) baliqlarga qarshi kurashishdan iborat.
Suv sifatini yaxshilash uchun birinchi navbatda suvdagi kislorod rejimi
yaxshilanishi kerak. llg'or xo'jaliklar bulling uchun aerator-moslamalar
o'rnatadilar. Mexanik aeratorlar (fontanlar) yaxshi natija beradi, suvda
erigan kislorod (6,5—7,5 mg/1) ancha yaxshilanadi. Baliqlarda bo'ladigan
metabolitik jarayonlar ijobiy o‘zgarib, hovuz baliq mahsuldorligi oshadi.
Hovuz suvining kislotaliligi (pH 6,8—7,0) oshishi bilan suv va tuproq
niuhitini tezlik bilan neytrallash lozim. Buning uchun suv havzasiga
belgilangan normaga qarab darhol sohidirilmagan oliak beriladi (suvga
yoki hovuzning tubiga). Hovuzlarga suvni iloji boricha (otstoynik) suv
tinitgich liovuzi orqali yuborilishi maqsadga muvofiq. Suvdagi muallaq
moddalar cho'kmaga tushadi, suv tiniqlashadi, hovuz suvi aynimaydi.
Suv o‘simliklarini yo'qotish.
Baliqchilik hovuzlari ekspluatatsiya
muddatini ancha cho'zadigan boladi. Agarda hovuzlarni suv o‘simliklari
bosib kctsa, xo'jalikning intensifikatsiya imkoniyati pasayadi. Bunday
paytda hovuzlarni o'g'itlash, baliqlarni kombikorm bilan boqish im-
koniyati bo'lmay qoladi.
Suv havzasidagi suvo‘tlarining o‘sish darajasiga nisbatan munosabat
bir xil cmas. Agarda yumshoq suvohlari unchalik katta maydonni egal-
lamagan bo'lsa (20—25
%
gacha) bu foydali. Suvning yuqori qatlamini
qamisli, qo‘g‘a, lux egallagan bo‘lsa zararlidir. Shuning uchun ularni
o'rib olishga to‘g‘ri keladi. Bir hujayrali suvo'tlardan eng xavflisi bu
ko'k-yashil suvo'tlari (Microcyctis sp., Anabeana sp., Oscillatiria sp.,
Lyngbia sp.) ham katta ziyon keltiradi, suvni gullashiga olib keladi.
Bunday zarar keltiradigan suv o'simliklarini yo'qotishning yakka-yu
yagona yo‘li bu hovuzni quritib, plug bilan haydab, insolyatsialashdan
iborat. So‘ngra ko‘p marotaba baronalash lozim. Suv havzasi tubi cliizel
bilan 10—15 sm chuqurlikda yumshatiladi, ammo shudgor qilinmaydi.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |