Baliqchilikka asoslangan suvliklarda monitoring xizmati
Bu insoniyatning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda atrof-muhit ho-
latini kuzatish, baholash va prognozlashdan iborat. Tabiiy suvliklardagi
ovlanadigan sanoatbop baliqlarning tabiiy holatini (hosildorligi, mah
suldorligi) antropogen omillar ta ’sirida boiadigan salbiy o‘zgarishlarni
uzoq muddat ilmiy o‘rganishni o'z ichiga oladi. Asosan, baliq ovlana
digan tabiiy suvliklarning evtroflanish monitoringi asosiy masala hi-
327
soblanadi. Respublika hududida tabiiy suvliklarning maydoni 800 000
gektar boiib, bu suvliklar uning landshaftining ajralmas qismi hisobla-
nadi. Tabiiy suvliklar ekologik va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga
ega. Shu jumladan, Janubi-G‘arbiy Qizilqumdagi tabiiy suvliklarning
maydoni 101.000 gektar, suv zaxirasi 5—7 m ln/m 3. Bu suvliklarning
asosiy suv manbasi ABMKA-I va ABMKA-II hamda Amu-Qorakoi
kanali hisoblanadi. Bu suvliklar nasoslar orqali Amudaryo suvi bilan
ta’minlanadi. Shu sababli bu suvliklar hayotida ekstremal holatlar tez-
tez kuzatiladi, lekin bu suvliklardagi biomahsuldorlik imkoniyatlari,
baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga, iqti
sodiy ahamiyatga ega. Tabiiy suvliklardan ovlangan baliq mahsulotla-
rining ko‘p yillik analizi shundan dalolat beradiki, ovlanadigan baliq
hajmi yildan-yilga pasayib bormoqda. 0 ‘tgan asrning 70—90-yillarida
respublika bo‘yicha 6100 dan to 8400 tonnani, har yili o‘rtacha 7380
tonnani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2000—2007-yillarda 1940—3470
tonnagacha, yiliga esa o‘rtacha 2590 tonnani tashkil etgan.
Baliq ovlashning respublika miqyosida bunday keskin pasayishi-
ga asosiy sabab (Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro) 2000-yillardan
boshlab suv miqdorining kamayishidir. Suvning kamayishi Dengizko‘l
kabi ko'lning 45000 gektaridan 35000 gektarigacha pasayishiga sabab-
chi bo'ldi. Dengizko'lga suv tushmasligi uning gidrologiyasi, gidro-
kimyosi va gidrobiologiyasi buzilishiga sabab bo‘ldi.
T u z
konsentratsi-
yasi 20—30 g/I ni tashkil qiladi. Bu esa har yili ovlanadigan 500—800
tonna baliq mahsuloti yo'qolishiga olib keldi. Shu munosabat bilan
hozirgi kunda Dengizko‘Ida umuman baliq ovlanmaydi. 0 ‘tgan asr
ning oxirlarida kanallar orqali 20—30 m3/sek. Amudaryo suvi tushib
turar edi va Amudaryo ixtiofaunasi Dengizkoiga kelib undagi ov
lanadigan baliqlarni boyitib turar edi. Dengizko‘lga yana Janubiy-
Markaziy Qarshi kollektori orqali 10-15 m3/sek zovur suvlari ham
kelib tushar edi. Suvning kamayishi va baliqchilikka asoslangan tabiiy
suvliklar Og‘itma, Xaticha, Zikri, Qoraqir kabi ko'llar ham xuddi shu
ahvolda. Suvning kamayishi ovlanadigan baliqlarning tur va miqdor
jihatdan keskin kamayishiga sababchi bo‘lsa, yana boshqa salbiy omil-
lar ham mavjud.
XXI asrdan boshlab baliqchilik xo‘jaliklari ov anjomlarini (leskali
to'rlardan foydalanishga o'tishlari), to'rlarining son jihatdan haddan
tashqari ko‘paytirilganligi, qayiqlar sonini ko‘paytirish orqali ba
liq ovlashni tashkil etish amaliy jihatdan ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ayniqsa, 2004—2007-yillarda baliqlarni ko‘paytirish chora-tadbirlari
3 2 8
(baliqlashtirish, baliqchilik melioratsiyasi, baliq chavoqlarini himoya
qilish) kerakli darajada amalga oshirilmadi. O'tgan asrning 70—90-
yillarida respublika suvliklari 10—15 min dona (karp, oq amur, oq va
chipor do‘ngpeshana) chavoq va segoletkalari bilan baliqlashtirilgan.
2004—2006-yillarda To‘dako‘l suv omborida 4 min, Buxoro viloyati
suvliklari 100,000 dona baliq segoletkalari bilan baliqlashtirilgan, xolos.
Boshqa viloyatlarda esa bu ishlar umuman amalga oshirilmagan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-av-
gustdagi 350-sonli «Baliqchilik tarmog'ida monopoliyadan chiqarish va
xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qabul
qilgan qaroriga asosan barcha baliqchilikka ixtisoslashgan suvliklar
har yili baliqlashtirish, mavjud baliq turlarini himoyalash, ko‘paytirish
chora-tadbirlari qayd etilgan bo‘lishiga qaramay, ijarachilar o‘z ish-
lariga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan qarashmoqda. Tabiiy suvliklar-
dan yilning barcha fasllarida ayniqsa, bahorda katta miqdorda baliq
ovlash bilan band boiib, baliqlarning reproduktivlik holatini hisobga
olmaganlar. Natijada baliq ovlash reproduktivlikdan yuqori bo'lganligi
baliq resurslarining kamayishiga sabab bo‘ldi. Ovlangan baliqlar, ular-
ning turlari, ixtiomassasi, maxsus ov jurnallariga qayd qilinmadi.
Baliq resurslarini saqlashning asosiy omillari va ularni ko‘paytirish
hamda ishonarli himoyasi bu baliqlarning aynan nerest davri hisoblana-
di. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, baliq himoyasi va ko‘paytirish
talab darajasida emas. Ayniqsa, baliq ovi taqiqlangan paytda jinoyatlar
ko‘p kuzatiladi.
Baliqchilikka ixtisoslashgan tabiiy suvliklarning biologik resursla
rini nazorat qilish va foydalanish uchun hamda mavjud kamchiliklarni
aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf qilishda monitoring xizmati nihoyatda
zarurdir. Baliqchilikka ixtisoslashgan suvliklar monitoringi quyidagi-
larni o‘z ichiga oladi. Har bir tabiiy suvlikni doimiy ravishda kuzatish,
bioresurslar haqida ma’lumot yig'ish, kamchiliklarni aniqlash, ogohlan-
tirish va zararli bo'lgan jarayonlarni yuqotish.
Barcha tabiiy va sun’iy baliqchilik hovuzlari monitoring obyekti hi-
soblanadi. Baliqchilikka asoslangan barcha suvliklar uchun qilinadigan
monitoring xizmatlari quyidagilardan iborat:
1. Suv havzasining gidrologik, gidrobiologik va gidrokimyoviy re-
jimi monitoringi.
2. Ovlanadigan baliq turlari va ularning populyatsiyasining moni
toringi.
3. Baliqlar ozuqa bazasining monitoringi.
329
4. Tabiiy suvliklarni baliqlashtirish va hovuz baliqchilik melioratsi-
yasi monitoringi.
5. Suvliklardan baliqlarning turiga qarab ovlashni tashkil qilish
monitoringi.
6. Ov anjomlari (to’rlar soni, o‘lchamlari, to'kish materiali) soni va
baliq ovini taqiqlash monitoringi.
7. Respublika hududida muvofiq keladigan baliq ovlash muddatini
belgilash, kvotaga asoslangan baliq ovini yo’lga qo’yish monitoringi.
Monitoringning asosiy vazifasi baliqchilikka asoslangan suvliklar-
ning holatini o‘z vaqtida tekshirishni tashkil qilish, gidrobiologik va
ixtiologik o‘zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash prognoz va oldini olishda
tegishli chora-tadbirlar ko'rish va kamchiliklarni oldini olish uchun
tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Tabiiy suvliklarda mavjud baliq
mahsuldorligidan oqilona foydalanish uchun ovlanadigan baliq tur-
lari populyatsiyasini doimiy ravishda nazorat qilish, ayniqsa, kvotasiz
ovlashni joriy q‘olgan bo'lsa baliq zaxirasi buzilishiga yo‘l qo‘yntaslik
shular jumlasidandir. Suv havzasining tabiiy baliq mahsuldorligini va
bioresurslarni nazorat qilishda monitoring xizmatidan foydalaniladi.
Barcha tabiiy suvliklarni baliqlashtirishda kerakli bo‘lgan baliq turini
tanlashda tabiiy suvliklarning ozuqa bazasini tanlashda va boyitish-
da, yangi ozuqa obyektlarini iqlimlashtirishda baliqchilikda selleksiya
urug'chilik, ya’ni baliq zotlarini yaxshilashda belgilangan suv limitidini
nazorat qilishda monitoring xizmatidan foydalaniladi.
Monitoring xizmatini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi qaroriga asoslangan
holda amalga oshiriladi. Har bir viloyatning baliqchilikka asoslangan
suvliklarida monitoring baliqchilik stansiyasini tashkil qilish lozim.
Stansiya ovlanadigan baliqlarning biologik ko‘rsatkichi, ularning ozuqa
bazasi, gidrokimyosi, gidrologik holati to‘g‘risida ma’lumotlar yig'adi.
Ovlanadigan baliq turlarining miqdori, baliqlashtirish ishlari, baliqchi
lik melioratsiyasi haqida ma’lumotlar yig‘adi.
Monitoring biologik stansiyasiqayiqlar, ov anjomlari - t o ‘ro ‘lchantlari
(20,26,36,50....100—120), breden, nevod, hamda batometr, jeddi to‘ri,
seki diski, petrson yoka ekman dnocherpateli bilan ta’minlangan bo‘lishi
kerak. Yilning barcha fasllari uchun boshlang’ich material yig’ish suv-
likning turli zonalaridagi baliq zaxirasini aniqlash uchun nazorat ovi
o‘tkazish, shu bilan birga gidrobiologik materiallar yig'ishdan iborat.
Monitoring biologik stansiyasida ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari,
oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari, aspirantlari, tadqiqotchi-
330
lari o‘z sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazishlari uchun
barcha qulayliklarga ega bo‘lishi kerak. 0 ‘zbekistonda bunday tayanch
monitoring biologik stansiyalari To‘dako‘l, Aydar-Arnasoy, Dengizko‘1,
Og‘itma, Devxona kabi tabiiy suvliklar hududida tashkil qilish maqsad-
ga muvofiq.
M onitoring biologik stansiyasida yig‘ilgan barcha materiallar
0 ‘zbekiston baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markaziga,
0 ‘zFA Zoologiya institutiga yuboriladi. M ateriallar analiz qilinib,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi. Baliqchilikka asos-
langan barcha suv havzalarining holatini, ayniqsa, ularning biologik
resurslari to'g‘risida m a’lumotlar olish uchun monitoring xizmatini
tashkil qilish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Tabiiy suv
liklar hayotida boiadigan o‘zgarishlar ham da salbiy imkoniyatlar
aniqlanadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Natijada tabiiy suv-
liklarning biologik resurslaridan baliqchilikni rivojlantirish uchun
ratsional foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
331
Do'stlaringiz bilan baham: |