Tabiiy suvliklarda baliq ko‘paytirish
2000-yillardan boshlab tabiiy suvliklarni baliqlashtirish va baliq bi-
lan boyitishga butun mamlakatning diqqat-e’tibori qaratilgan.
Baliq ovlashdan, baliq yetishtirishga yoki hovuz baliqchiligini tashkil
qilishga o'tish davr talabi bo‘lib kelmoqda. Bu ishlar uvildiriqlarni va
yosh baliqlarni qutqarish, yuqori darajali effekt berishi mumkin. Lekin
mayda chavoqlar bilan suv havzalarini baliqlashtirish o‘zini oqlamagan.
Chunki chavoqlar lichinkaxo'r hasharot lichinkalari, baqa va boshqa suv
hayvonlarining ozuqasiga aylangan. Shu sababli chavoqlar yoki 5—10 g
og‘irlikdagi mayda baliqchalar bilan baliqlashtirish muvaffaqiyat keltir-
magan. Respublika miqyosida har yili tabiiy suvliklar million-million
oq amur, do‘ngpeshana, karp kabi turlarning chavoqlari bilan ba-
liqlashtirilgan. Lekin ko‘proq miqdori chavoqlik stadiyasida, oz miqdori
esa segoletkalik stadiyasida nobud bo‘lgan. Tabiiy suvliklarni baliqlasht
irish ishlari o‘tgan asrning 70—80-yillaridan boshlangan. Ko‘pchilik
viloyatlarda Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda inkubatsion
sexlar tashkil qilindi va baliqlashtirish ishlari jadal sur’atlar bilan olib
borildi. Lekin sun’iy ravishda baliq yetishtirish aytilgan darajada natija
bermadi. Chunki baliqlarni ko‘paytirish, tashish, boqish texnologiyasi
bo‘yicha tushuncha yo‘q. Baliqlashtirishdan oldin yirtqich baliq turlari
(sudak, terex, ilon baliq, laqqa) to‘g‘risida tushunchaga ega boiish ke-
rak. Masalan, Qoraqirning katta suvligida (10 ming/ga) har 25-30 ta
baliqning 7—10 donasi laqqa, shu kolning tuzli k oi (oz solenoe) qis-
mida har 20—30 dona ovlangan baliqning 18—20 donasi jerexdan iborat.
Shu ko‘lning akvarium qismida yirtqich baliqlarning ozuqa koeffitsienti
5-9 ni tashkil qiladi. Yirtqich baliqlar asosan 5—10 g mayda baliqlarni
iste’mol qiladi. Aksiga olib keltirib qo'yiladigan segoletkalarning og'irligi
(oktabr-noyabr) 10—15 g ortiq emas. Baliqlar qushlar tomonidan: bak-
lan, chayka, saplya va boshqalar sutka davomida 3—5 kg dan 15—20 g
gacha bo'lgan baliqchalarni iste’mol qiladi. Aksiga olib kichik baklan
«Qizil kitob» ga kiritilgan. Shu munosabat bilan kichik baklanga qarshi
kurash olib borish mumkin emas. Baliqxo'r qushlarning tuxumi yig‘ib
olinsa, ularning soni ancha kamayadi.
3 2 3
Yuqoridagi vaziyatlar hisobga olinmasdan turib baliqlashtirish al-
batta o‘z samarasini bermaydi.
Baliqlashtirish chora-tadbirlari zaruriy holat bo'lib, baliq zaxirasini
ko‘paytirish va uni sifat jihatidan yaxshilash bosh masaladir. Qoidaga
muvofiq baliqchilik xo‘jaligi ishini yaxshilab ilmiy analiz qilib mu-
vofiqlashgan choralarni qohlash zarur. Mavjud baliqlarni himoyalash,
boshqarish yoki meliorativ holatni yaxshilash kabi ishlarni bajarish
zarur, nerest paytida qo‘yiladigan kamchiliklarni oldini olish kabi cho-
ralar ko'riladi. Har bir tabiiy suvlikni baliqlashtirish normalarini ishlab
chiqarish tavsiya etiladi.
Ayniqsa, suv bilan ta’minlash rejimi buzilishi mumkin. Chunki ba-
liqchilikda bosh omil suv bilan ta’minlanishi hisoblanadi.
Sun’iy ravishda baliqlashtirishning muvaffaqiyatida asosiy ko‘rsatkich
keltirib qo‘yilgan baliqlarning yashovchanligining ko‘rsatkichi bilan ba-
holanadi. Chunki uvildiriqlardan chiqqan chavoqlarning yashab qolishi
bilan bog‘liq.
Baliqchilik amaliyotida «ov qaytarilishi» yoki «yashovchanlik» ter
mini qabul qilingan. Qo'yilgan (promisloviy vozvrat) uvildiriqlardan
va chiqqan chavoqlardan aniq yillar ichida voyaga yetgan baliqlar soni
bilan belgilanadi. Yana «zotlar tiklanishi» termini mavjud bo‘lib, uning
ma’nosi ovlashgacha baliqlarning qancha qismi yashab qolganligiga tu-
shuniladi. Masalan, 100 000 dona segoletka bilan baliqlashtirildi. Shun-
dan 10 000 yoki 20 000 dona ovlansa, demak, yashovchanlik 10—20%
ni tashkil qiladi. Baliq ovlashgacha yoki voyaga yetgungacha yashab
qolgan baliqlarning son yoki foiz ko‘rsatkichiga baliqchilik koeffitsienti
deb aytiladi. Baliqchilik koeffitsienti sun’iy ravishda baliq ko‘paytirish
ko‘rsatkichidir, tabiiy ko‘payishi hisobga kirmaydi.
Tabiiy sharoitda yashovchanlik masalasi bilan ko‘p olimlar shu-
g‘ullanganlar, ammo hanuzgacha aniq ilmiy fikrlar yo‘q. Sabab bu ho
latni, ya’ni yashovchanlik koeffitsientini aniqlash tabiiy sharoitda ancha
murakkab va mushkul. Chunki qancha uvildiriq qo'yilgan, voyaga yet
gan zotlar sonini aniqlash juda ham qiyin. Hanuzgacha mavjud ada-
biyotlarda berilgan ma’lumotlarga asosan lesh uchun yashovchanlik
ko‘rsatkichi har 10000 uvildiriqdan 16—45 dona, voblada 5 ta dan to
23 tagacha. Eng kam ko‘rsatkich sudakda har 100 000 uvildiriqdan 9
tagacha baliqlar voyaga yetadi.
Yashovchanlikning yuqori ko'rsatkichi losossimonlarda har 100
000 yozgi uvildiriqdan 340 dona, kuzgi uvildiriqdan 420 dona.
Zog'ora, turkiston mo‘ylovdori, jerex kabi turlar uchun yashovchanlik
324
koeffitsienti to‘g‘risida aniq m a’lumot yo‘q. Yuqoridagi m a’lumotlar
Volga va Amur daryolarining deltalarida kuzatilgan. 0 ‘zbekiston
suvliklarida ovlanadigan baliqlarning qo‘yilgan uvildiriqlardan ne-
cha foizi to voyaga yetgunga qadar yetib borishi to‘g‘risidagi ilmiy
m a’lumotlar yo‘q.
Sun’iy baliq ko’paytirish sharoiti texnik va tashkiliy xususiyatga
qarab bir nechta mustaqil zvenolarga bo‘linadi. Bulardan birinchisi
yaxshi, yetilgan ota-ona zotlarini yetishtirish. Bunday baliqlar to‘liq
yetilgan va barcha talablarga javob beradigan zotlar bo’lib, uvildiriq va
urug‘lari to'liq va hayotchan bo'ladi. Nerest paytida uzoqdan shunday
yetilgan ota-ona zotlarni olib kelish maqsadga muvofiq emas. Chun-
ki bu davrda ularning jinsiy mahsuloti to'kilib ketib nobud bo'ladi,
nasi beradigan ota-onalarni yanvar-fevral oylariga ABMK dan olinsa
maqsadga muvofiq bo'ladi. ABMK kanalidan oq amur, oq va chipor
do’ngpeshana kabi turlarni nevod bilan ovlab, eson-omon inkubatsion
sexning hovuzlariga keltirib inyeksiyaga tayyorlash mumkin. Bu ishlar-
ni iloji boricha yanvar-fevral oylarida amalga oshirish lozim, mart-may
oylarida mumkin emas. O ta-ona zotdor baliqlarni maxsus matochniy
hovuzlarda saqlanadi. Olingan uvildiriqlar otalantirish jarayonlari,
gipofizar inyeksiya ishlari sex sharoitida olib boriladi.
Voyaga yetishi uchun ayniqsa jinsiy mahsulotlarining yetilishi uchun
quyidagi faktlar zarur: suv harorati, suvdagi gaz rejimi, suv oqimi, suv
tiniqligi, yaxshi oziqlanish.
Turli xil turlarga tegishli bo’Igan baliq chavoqlari turli xil aktiv-
likka ega. Ko‘pchilik karpsimonlarning chavoqlari endogen stadiyasini
bir necha kun davomida o‘taydi. Buning uchun apparatdan olingan
chavoqlar maxsus hovuzlarda boqiladi. Chavoqlarni suvga qo’yishdan
oldin l*lm\kv kattalikda qamishdan kvadrat yoki to‘rtburchak mosla-
ma yasaladi, so‘ngra shu moslama ichiga chavoqlar qo‘yiladi. Chavoq
lar avvaliga sariqlik hisobida yashaydi, so'ngra chavoq yoki lichinka
o‘stirish hovuziga chiqariladi. Bular sun’iy oziqlantiriladi. Agar tabiiy
ozuqa yetarli bo’lmasa, un beriladi. Hovuzlar belgilangan normasiga
qarab mineral o‘g‘it ishlatiladi (ammafos).
Baliqchilik hovuz xo‘jaligini ilmiy asoslangan holda tashkil qilish
baliq zaxirasini ko‘paytirish uchun manba hisoblanadi.
Ratsional baliqchilik xo’jaligini tashkil qilish uchun quyidagilarni
bilish shart:
1)
ixtiofauna tarkibini va har bir tur baliqning biologik xususiyatini
yaxshi bilish;
3 2 5
2) yilning qaysi faslida baliq ovlash rentabelligini bilish. 0 ‘zbekiston
sharoitida havo issiqligini hisobga olib yoz oylarida baliq ovlamaslik
maqsadga muvofiq;
3) suv havzasining (tabiiy ko‘llar) qaysi qismida baliq ovini tashkil
qilish (biologik, iqtisodiy va texnikaviy maqsadga muvofiqligiga qarab);
4) baliq tabiiy zaxirasini buzmasdan qancha baliq ovlash mumkin;
5) qaysi ovlash usuli (kuramatur, nevod, breden) va ovlash qurolini
ishlatish effekti;
6) suv havzasining baliq mahsuldorligini oshirish uchun qanday
meliorativ ishlar qilish kerak;
7) tabiiy ozuqa zaxirasini hisobga olib baliqlashtirish uchun baliq
turi va sonini aniqlash.
Har bir suvlikdan olinadigan sanoatbop bo‘lmagan, xashaki baliqlar
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish va ularni bir-biridan ajrata bilish ke
rak. Sanoatbop baliqlar asosan sifat ko'rsatkichga ega bo‘lishi, xari-
dorgir (zog‘ora, karai, oq amur)ligi bilan ajralib turadi. Ammo baliq
mahsuloti sifati suvning kimyoviy tarkibi bilan, suvning balchiqlanish
darajasi bilan ham ajralib turadi.
Sekin o'sadigan bozorgir bo‘lmagan baliqlar foydali baliqlarni
ozuqasiga konkurent baliqlar (vobla, shemoya, xramuliya) ular intensiv
ravishda ovlanishi kerak. Bunday baliqlar asosan oktabr oyidan bosh-
lab to fevral oyigacha ovlanadi. Chunki bularni ovlashga mayda ko‘zli
to‘r (36,40,46 nomerli) lar ishlatiladi. Yilning boshqa faslida bu to‘rlar
ishlatilmaydi. To‘rlarni belgilashda «Baliq ovlash qoidalari» 2006-yil
2-may 1569-sonli qarorga asoslangan bo‘lishi kerak.
Agarda vobla soni 70—80% ni tashkil qilsa, unda tabiatni mupofaza
qilish xodimlarini diqqat-e’tiborda bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega.
Har bir turning serpushtligi, hamda individual serpushtligini bilish foy-
dadan xoli emas.
Ba’zan yuqori darajali serpushtlik yuqori darajali yashovchanlik-
ni ta’minlay olmaydi, sababi kech voyaga yetishi, inkubatsion davr-
ning cho‘zilishi va uvildiriqlarning ko‘p miqdorda rivojlanmay nobud
bo'lishi, ya’ni voyaga yetish davrigacha yetib kelmasligi.
Baliq qanchalik tez voyaga yetsa, inkubatsiya davrining qisqaligi
yuqori darajali bo‘lsa yashovchanlikni ta’minlaydi. Bular tezda ko‘payib
baliq ovini o‘z vaqtida ta’minlaydi. Shuning uchun ham shularga xos
bo'lgan serpushtlikni aniqlash katta ahamiyatga ega. Turga xos serpusht-
likni aniqlash bosh baliqshunos yoki ixtiolog kabi mutaxassislarning
ishidir.
3 2 6
Do'stlaringiz bilan baham: |