O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Ovlanadigan baliqlar biologik talabining asoslari



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Ovlanadigan baliqlar biologik talabining asoslari
Ozuqa. 
Suv havzasining ixtiofaunasi tarkibi va baliqlarning ha- 
yot faoliyatining ma’lum darajasi suv havzasidagi ozuqaning miqdori, 
tarkibi va lining sifati bilan chambarchas bog‘liq.
Agarda suv havzasidagi baliqlarning ozuqasi fiziologik talab dara- 
jasida bo‘lmasa, ya’ni yetarli miqdorda bo‘lmasa, unda baliqlarning 
o‘sish sur’ati, semizligi va serpushtligi pasayadi va baliq mahsuldorligi 
keskin kamayadi.
Baliq ozuqasini shartli ravishda to‘rtta kategoriyaga bolish mumkin: 
1) asosiy ozuqa baliq turining morfologiyasi va biologik xususiyatlariga 
mos keladi yoki baliq sevib iste’mol qiladigan ozuqa turlari; 2) ikkinchi 
darajali ozuqa ozuqaning bu turi baliqning ovqat komponentining tarki- 
bida tez-tez uchraydi, lekin ko‘p miqdorda emas; 3) tasodifiy ozuqa, kam- 
dan kam uchraydi va 4) majburiy ozuqadan iborat, mavjud baliq turiga 
xos boimagan ozuqa obyekti. Asosiy ozuqa bo‘lmagandan keyin baliq
301


boshqa ozuqa obyektiga majburiy o‘tadi. Masalan, zog‘oraning yumshoq 
suvo'tlari bilan oziqlanishga o‘tishi, demak, mavjud suv havzasiga zoo- 
bentosning kamligi yoki baliq talabini qondirmasligidir. Xuddi shunday 
hodisani lesh, vobla, turkiston 
m o ‘y lo v d o r id a
ham uchratish mumkin. 
Agar suv havzasida ozuqa yetarli va xilma-xil bo‘lsa, baliq tanlab oziqla- 
nadi. Baliqning tanlab oziqlanish sharoiti yaratilsa, baliq mahsuloti yetarli 
bo‘ladi. Suv havzasida ozuqa obyekti qanchalik xilma-xil bo'lsa, baliqlarda 
ozuqa obyektlarini qamrab olishga moslashishi ham shakllanadi.
Baliqlar oziqlanishiga qarab ikkita katta guruhga bo‘linadi: yirtqich 
baliqlar va tinch yoki yirtqich bo‘lmagan baliqlar. Yirtqich baliqlardan 
sudak va jerex kabilarning og‘zi harakatchan emas, jag‘larda tishlar 
ko‘p sonli bo‘lib, shakli esa konussimon. Tishlar o'ljani olish va tutish 
uchun xizmat qiladi. Jabra plastinkalari kalta va qisman kichik bo‘ladi. 
Bu tishlar jabra varaqlarini ovqat bo‘laklaridan himoya qiladi. Yirtqich 
baliqlar ancha harakatchan, jag‘lar kuchli bo'lganligi uchun o'ljani bit- 
tadan oladi.
Tinch yoki yirtqich bo‘lmagan baliqlarni oziqlanishini shartli ra- 
vishda bentos bilan oziqlanuvchi, plankton bilan oziqlanuvchi va o‘simlik 
bilan oziqlanuvchi baliq turlariga boiinadi. Bentosxo‘r baliqlarni oziq­
lanishiga qarab turlicha adaptatsiyalashgan baliqlar guruhi kiradi. Bu 
guruhga tishlari turlicha darajada rivojlangan, xarakatchan va ozuqa 
obyektini tutishga moslashgan haqiqiy bentosxo‘r baliqlar (zog‘ora karp, 
lesh) kiradi. Bularning og‘izlari yarim pastga qaralgan, harakatchan, 
unchalik katta bo‘lmagan nayga o‘xshaydi. Tishlar tomoq bo‘shlig‘ida, 
halqkum suyagida joylashgan bo‘lib ozuqani maydalash xususiyatiga 
ega. Jabra qopqog‘i ancha katta. Bu xususiyat og‘iz bo‘shlig‘ining tutish 
xususiyatining rivojlanganligini ko'rsatadi. Bularning lichinkalarining 
soni va kattaligi yirtqich baliqlarga nisbatan ancha katta.
Plankton bilan oziqlanadigan baliqlarda og‘iz harakatchan emas, 
tishlar yaxshi rivojlanmagan yoki umuman bo'lmaydi. Bu guruhga man- 
sub baliqlarning morfologik belgilariga xos xarakter jabra plastinkalari- 
ning uzun va ko‘p sonli bo‘lishi, ozuqani ajratib olish uchun xizmat 
qiladi. Fitoplankton bilan oziqlanadigan oq do‘ngpeshanada plastinka- 
lar xuddi lentaga o‘xshagan o‘zaro tutashib ketgan. Zooplankton bilan 
chipor do‘ngpeshana, pelyad, karp hamda barcha baliqlarning chavoq- 
lari ham oziqlanadi. Jabra plastinkalari boshqacha tuzilishga ega.
0 ‘simlikxo‘r baliqlar ancha kam. Bularga oq amur, turkiston 
mo'ylovdori, xramulya, marinka kabi baliq turlari mansub. Bularning 
og'izlari ba’zilari pastga qaragan, ko‘ndalang yoriq ko‘rinishida, pastki
3 0 2


lab o‘tkir kesuvchi qirraga ega. Ko‘pincha shoxsimon g'ilof bilan qop- 
langan jag‘larda tish yo‘q.
Loyqa suvda yashaydigan baliqlar yoki nisbatan ancha chuqur joyda 
yashaydigan baliqlarning og‘iz atrofida mo'ylovlari bo‘ladi. Mo'ylovlar 
his qobiliyati a’zosi va ozuqani topib olishni ta’minlaydi. Masalan, 
katta kurak burun — pecudoscapuiruchus kaufmanni (Bogd), golets — 
Nemachilus malaptorus logicauda (Kessler), laqqa (som) — Gilurus gla- 
nis Linne va boshqalarda yaxshi rivojlangan.
Ko‘pchilik karpsimonlar, masalan, karp — Carpio carpio, zog'ora
— Cyprinus carpio, lesh — Abramis brama orientalis kabi turlar ozuqa 
qidirish uchun suv tubi balchig‘ini 10-15 sm kavlaydilar, bularning 
lablari shunga moslashgan.
Yirtqich va tinch baliqlarning hazm sisteinasi bir xil emas, yirt- 
qich baliqlarda katta hajmdagi oshkozon bo'ladi, tinch baliqlarda 
ichak bo'ladi. Karpsimonlar oilasiga tegishli boigan baliqlarda ozuqa 
qizilo‘ngachdan to‘g‘ri ingichka ichakka tushadi. Ba'zi bir baliqlarda 
ichaklarda uchi berk o'simtalar hosil bo'ladi — losossimonlarda 200 ta 
gacha, planktonxo‘rlarda 40 ta gacha boiadi.
Yirtqich baliqlarning ichagi (oshqozon) ancha kalta bo‘ladi. 
O'simlikxo'r (ok do'ngpeshana, oq amur) baliqlarda ichak uzun bo'ladi
— 13 martagacha, xramulyada—Varicor Ninus heratensis steindach- 
nere (Kessler) 7-10 marta tanaga nisbatan uzun bo'ladi. Akvarium ba- 
liqlarida ichaklar kalta bo'ladi. Sabab ular asosan hayvon (gammarid, 
artemia) bilan oziqlanadi.
Yirtqich va tinch baliqlarning hazm jarayoni ximiyaviy va mexanik 
jihatidan farq qiladi. Yirtqich baliqlarda oksilni parchalovchi ferment 
ustunlik qilsa, tinch baliqlarda uglevodlarni parchalovchi ferment us- 
tun bo'ladi. Yirtqich baliqlarda ozuqa maydalanishi asosan oshqozonda 
xlorid kislotasi ta’sirida boradi. Tinch baliqlarda ozuqa parchalanishi 
ichaklarda sodir bo'ladi, xlorid kislotasining ishtirokisiz amalga oshiri- 
ladi. Oksilning so'rilishi ichakning oxirgi boiim ida amalga oshiriladi.
Voyaga yetgan baliqlarning ozuqani olish usuli xilma-xil ekanligi- 
ni hamda ozuqa ko'pligi bilan hazm sistemasining bog'liqligini ko'rib 
chiqdik. Lekin individual rivojlanish stadiyasining turli bosqichlarida 
kuchli o'zgarish yuz berishini kuzatish mumkin. Ichak sistemasi mor- 
fologik jihatdan ham o'zgaradi. Mayda baliqlar asosan zooplanktonni 
iste’mol qiladi. Katta yoshdagi baliqlar esa zoobentosni iste’mol qiladi.
Barcha baliqlar xoh yirtqich, xoh tinch baliqlar bo'lmasin ular chavoq- 
lik stadiyasida asosan zooplankton va qisman fitoplankton bilan oziqla-
303


nadi. Baliq chavoqlarning og‘zi tanaga nisbatan katta va og‘iz oldinga 
qarab harakatchan emas. Katta bo‘lgan ozuqa obyektini yakka-yakka 
oladi. Oziqlanish usuliga qarab yirtqichlarga o'xshab ketadi, ammo 
ozuqa obyekti kattaligi tinch baliqlar ozuqa obyektiga yaqin turadi. Quy- 
idagi baliqlar lesh, vobla va zog‘ora uchun rivojlanishning 4 ta bosqich 
farqini aniqlaydi (V.V. Vosnetsov, 1948): 1) sariqlik bilan oziqlanish bos- 
qichi; 2) mayda razmerli ozuqa obyekti bilan (sodda hayvonlar) oziqlani- 
shi bosqichi; 3) o‘rtacha kattalikdagi ozuqa obyekti (dafniya, siklop) bilan 
oziqlanish bosqichi; 4) zoobentos bilan oziqlanish bosqichi. 0 ‘rganilgan 
turlarining hammasi voyaga yetgandan keyin o‘ziga xos maxsirs ozuqa 
obyektiga ega bo‘lib, bu maxsuslik ozuqani qamrab olish usuli bilan 
bogMiq. Baliqchalarning har bir ozuqa obyektining almashinishi ichak 
o‘zunligining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Masalan: daryo, kanalda ba­
liqlar turli xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi, ko‘l sharoitiga tushib qol- 
ganda oziqlanish xarakteri keskin o'zgaradi. Sudak segoletkalari (malki) 
vaqtli yirtqichlikka o'tadi (5—8 sm), ungacha umurtqasizlar bilan oziqla­
nadi. Bentosxo‘r baliqlar avvaliga zooplankton bilan, keyinchalik ben­
tos bilan oziqlanadi. Planktonxo‘r baliqlar uchun yosh unchalik ta’sir 
etmaydi, chunki oziqlanishning birinchi kunidan boshlab umrining 
oxirigacha zooplankton va fitoplankton bilan oziqlanadi (pelyad, chipor 
do‘ngpeshana, ok do‘ngpeshana), chipor do'ngpeshana qishda zoobentos 
bilan oziqlansa, yozda esa zooplankton bilan oziqlanadi.
Hovuz baliqchilik xo‘jaligini to‘g‘ri yuritish uchun baliqning turli xil 
rivojlanish stadiyasi davrida ozuqa tarkibi va sifat jihatdan o'zgarishini 
bilish bilan bir qatorda ularning ozuqa ratsionini bilish ham zarurdir.
Hozirgi kunda ko'pchilik baliqlar uchun ozuqa ratsioni aniqlan- 
gan, ozuqa ratsioni baliqni sutka davomida sarflangan energiyasini 
qoplash uchun tuziladi. Ozuqa ratsioni sutka davomida zarur bo‘lgan 
ozuqa miqdori bo‘lib hisoblanadi. Ozuqa ratsioni baliqning yoshiga va 
o'sishiga qarab tuziladi. Tolg‘ri tuzilgan ozuqa ratsioni quyidagi ta- 
lablarga javob berishi kerak. Tez hazm bo'ladigan oqsil, mineral mod- 
dalar, vitaminlar, mikroelementlar va uglevod yetarli darajada bo‘lishi 
shart. Protein 23-28% dan iborat. Protein nisbati 1:2. Suv harorati 
sovib qolsa, ozuqa tarkibidagi protein to 1:3 gacha oshiriladi. Masalan: 
bir yoshli sudak segoletkasi bir kunda tana og'irligiga nisbatan 16-17% 
ozuqadan iborat — zooplankton 15—33%, xironomid 15—25%, mizid
11—12% va baliq 3—5% iste’mol qiladi. Zog‘ora tana og‘irligining 2,9% 
ni ozuqa tashkil qiladi. Ozuqaning asosiy qismi yumshoq suvo‘tlaridan 
iborat. Sutkalik ratsion aktiv oziqlanish davrida tana og'irligini 1\32,
304


boshqa vaqtda 1\50 qismini tashkil qiladi. Zog'ora, karp kabi baliqlar 
zoobentos (xiromad, oligoxeama)ni yaxshi o'zlashtiradi. Bular tana 
og'irligini 2,5—3,0% ni tashkil qiladi. Eng tez hazm bo'ladigan ozuqa 
bu — xironomid lichinkasi, mizid, buloqchi lichinkalari hisoblanadi.
Ozuqa obyektining hazm trakti orqali o‘tish tezligi baliq yoshiga, 
suv haroratiga, ozuqa turiga va oziqlanish chastotasiga bog'liq. Karpsi- 
monlarning segoletkalari xironomid lichinkalarini 3—3,5 soat oralig'ida 
xazm qiladi. Uch yashar baliqlar esa 10 soatdan ortiq vaqt sarflaydi.
Baliqlarning oziqlanishi intensivligi eng avval baliq organizmining 
fiziologik holatiga bog‘liq. Ko‘pchilik baliqlar ayniqsa karpsimonlar ner- 
est paytida oziqlanishdan to‘xtaydi. Baliqlarning semizligi ham (baliq 
tana og'irligining baliq tana uzunligiga munosabati) lining oziqlantirish 
intensivligiga ta’sir etadi. Ichaklarning toiash indeksi (ichakdagi ozuqa 
og‘irligining baliq og‘irligiga nisbati) ko‘pchilik karpsiinonlarda kuzda 
pasayadi, ammo semizlik koeffitsienti oshadi. Semizlik koeffitsienti 
3,0-3,5 ga yetganda baliq oziqlanishidan to'xtaydi. Har bir baliq turi- 
ning o'ziga xos intensiv oziqlanishining optimal harorati bo'ladi.
Odatga ko'ra suv harorati pasayishi bilan oziqlanish intensivligi ham 
pasayadi. Semizlik koeffitsienti yetarli bo'Isa, yog' to'plami 4—5 bal 
bo'lganda baliqlar qishlash migratsiyasiga o'tadi. Daryo, ko'l yoki suv 
omborlarning chuqur joylarida (4—6 m) yig'iladi va harakatsiz holatda 
bo'ladi. Agarda yog' zaxirasi yoki semizlik koeffitsienti yetarli daraja- 
da bo'lmasa, baliq qishlashga bormaydi. Karpsimonlar uchun optimal 
harorat 23—26°C, sudak uchun 16—18°C bo'lib hisoblanadi. Suv havza- 
sining isib ketishi (30—ЗГС) baliqlarga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli 
kunduzi suvliklar kuchli isishi sababli ular kechasi oziqlanadi. Kunduzi 
esa kam harakat bo'lib oziqlanmaydi va yuksak suv o'simliklari orasida 
harakatsiz turaveradilar.
Ozuqa intensivligiga ta’sir etuvchi faktorlardan yana biri bu ozuqa 
sifati va miqdoridir. Ozuqa qanchalik koloriyali bo'Isa, u shunchalik 
kam iste’mol qilinadi. Agarda ozuqa resurslari ham kam bo'Isa oziqla­
nish intensivligi pasayadi.
Kislorod. Suvdagi erigan kislorod miqdori ham xuddi ozuqa singari 
nihoyatda zarur. Suvdagi erigan kislorod miqdori baliqning yashashini 
bclgilaydi. Chunki suvda erigan kislorod ham asosiy faktorlardan biri 
hisoblanadi. Kislorodga bo'lgan talab turli xil baliq turlarida hayotning 
mill davrlarida turlicha bo'ladi. Lekin to'xtagan suvda erigan kislorod- 
iiing keskin kamayishi va defitsit bo'lishi tez-tez kuzatiladi. Natijada 
/am or 
(dimiqish) hodisasi yuz beradi va keyinchalik baliqlar nobud
305


bo'ladi. Baliqlarning nafas a’zosi jabra hisoblanadi. Ammo kislorod 
yetishmasligi sababli ba’zi bir baliq turlarida qo'shimcha nafas a’zolari 
orqali atmosfera havosidan foydalanish yoki gaz almashinish yuzasini 
kengaytirishdan iborat. Masalan: ilonbosh (Ophiocephlus argns rearpa- 
choisskii Berg) da ichaklarda maxsus kapillarlar hosil bo'ladi. Havodan 
olingan gaz ichaklarga boradi va qo'shimcha ravishda gaz almashi- 
nuvi sodir bo‘ladi. Shu sababli ilonbosh nam joylarda ham bemalol 
yashaydi yoki bir suvlikdan ikkinchi suvlikka o'tadi. Yana ilonboshning 
o'pkasi bo'lsa kerak, degan fikrdan uzoqda bo'lish kerak. llonboshda 
havodan nafas olish uchun, maxsus jabra usti a'zolari boiadi. Bu ba’zi 
qon kapillariga boy bo'ladi. Xuddi shunga o'xshash jabra usti a’zosi 
do'ngpeshanada (Hypophtalmiohthys molytrix) ham bor. Karplardan 
karas (Carassius auratus (Bloch) kislorod etishmaganida suv yuzasiga 
chiqadi va og'iz orqali atmosfera havosidan nafas oladi.
Kislorod defitsit bo'lgan sharoitda yashaydigan baliqlar teri orqali 
ham nafas olishga moslashgan. Teri orqali nafas olishga nisbatan 17 
dan to 22% gacha kislorodni karpsimonlarning segoletkalari ma’lum 
sharoitlarda olishlari mumkin.
Kislorod miqdoriga bo‘lgan talabga asosan normal yashash uchun 
baliqlar 4 kategoriyaga bo'linadi: 1) kislorodga talabchan baliqlar (7—11 
sm3 litr). Bu kategoriyaga sovuq va oqar suvda yashaydigan baliqlar 
mansub, masalan, forel. Solma trutta m faro Linne; 2) suvdagi kislorod 
miqdori (5-7 ml/1) kislorodga talabchan baliqlardan turkiston peskari 
— Gobio gabio lepidolaemus Kessler; 3) kislorodga nisbatan unchalik 
talabchan bo‘lmagan baliqlar (4 ml/1). Bu kategoriyaga vobla-Rutulus 
rutulus aralensis; 4) kislorod sharoiti yomon bo'lgan (0—0,5 ml/l)da 
yashaydigan baliqlar. kumushsimon karas kiradi.
Kislorodga bo'lgan talab yoshga qarab o'zgaradi. Baliq qanchalik 
yosh bo'lsa kislorodga nisbatan shunchalik talabchan bo'ladi. Ayniqsa, 
nerest paytida baliqlar kislorodga boy bo'lgan joylarni qidiradi. Uvildi- 
riq va chavoqlarini normal rivojlanishi uchun kislorodga bo'lgan talabi 
oziqlanish intensivligi bilan bog'liq. Oziqlanish qanchalik yuqori bo'lsa 
kislorodga bo'lgan talab ham yuqori bo'ladi. Qish paytida baliq och 
bo'lganda, ovqatlanish talabiga nisbatan kislorodga bo'lgan talab 2 mar- 
taga kamayadi. Umuman baliqlarda kislorodga nisbatan talab ularning 
aktiv harakati bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun ham suvdagi 
erigan kislorod miqdorini, ayniqsa ertalab aniqlab turish nihoyatda 
zarur. Normada har bir litr chuchuk suvda 7 ml/1 kislorod bo'lishi 
kerak.
3 0 6



Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish