Savol va topshiriqlar 1. 15 yoshli shaxs ishlash uchun xususiy firma rahbariga
murojaat qildi. Rahbar uni ishga olishdan avval o‘z talablarini
qo‘ydi. Ular quyidagilardan iborat edi:
Ø
qanday ish bo‘lsa bajarish;
Ø
hamma bilan barobar ishlash;
Ø
ish vaqti tugamasdan ish joyidan ketmaslik.
A. Rahbar haqmi? B. Qaysi qonun bilan voyaga yetmaganlar ishi kafolat- lanadi? D.15 yoshdan ishga qabul qilinganlar haftasiga necha soat ishlashi mumkin? 2. 15 yoshdagi G. oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lganligi sababli
ishga kirishi shart bo‘lib qoldi. Korxona rahbari uni ishga
qabul qilishdan voz kechdi va qonun bo‘yicha G. 15 yoshida
ishlashi mumkin emasligini aytdi.
A. 15 yoshdan mehnat huquqi beriladimi? B. Qanday hujjatlar bilan G. o‘z huquqini amalga oshi - rishi mumkin? D. Korxona rahbari haqmi? 3. Tegishli qonun hujjatlari asosida masalani yeching:
18 yoshga to‘lmagan M. qurilishda yordamlashar edi. U
yuk ko‘taruvchi kranni boshqarishni juda havas qilar va
prorabga: «Meni o‘sha yerga ishlashga qo‘ying», — deb ko‘p
yalindi. Prorab ruxsat bermadi.