Savol va topshiriqlar
1. Kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Rahimov 90000 so‘mlik
videomagnitofonni kreditga oldi. Rahimov 16 yoshda, har
oyiga 28000 so‘mdan stipendiya olar edi. Uning otasi, o‘g‘li
bu shartnomani tuzganidan xabarsiz ekanligini nazarda tutib,
haqiqiy emas deb tan olinishini so‘rab sudga murojaat qildi:
Da’vo qanday hal qilinadi?
2. 12 yoshli Hakima Ahmedovaga Andijondagi buvisidan
qolgan uy meros bo‘lib o‘tdi. Hakima Toshkentda zavodga
qarashli bo‘lgan uyda otasi va o‘gay onasi bilan birga yashay-
di. Uyni Hakimaning otasi xaridorga sotib, shartnomani ras-
miylashtirish uchun hujjatlarni tegishli davlat idorasiga top-
shirdi. Lekin notarius shartnomani tasdiqlashdan bosh tortdi.
Shu bous u notarius ustidan sudga shikoyat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |