Pensiya ta’minoti
Mehnat qilgan shaxs vaqti-soati yetganda pensiya
olish huquqiga ega. Pensiya olish uchun faqat mehnat qil-
gan, pensiya yoshiga yetgan bo‘lishi shart emas.
Davlatimizda bir necha pensiya turlari mavjud. Ular:
yoshiga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasidir.
Yoshiga doir pensiya
sug‘urta qilingan xodimlarga
umumiy asoslarda:
erkaklar
— oltmish yoshga to‘lgan
bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam
bo‘lmagan taqdirda;
ayollar
— ellik to‘rt yoshga to‘lgan
bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam
bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.
Pensiya sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifala -
riga pensiya yoshi kam bo‘lganda, tegishli hollarda esa
mehnat staji kam bo‘lganda ham tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |