Voyaga yetmaganlar javobgarligining
xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlarida voya
-
ga yetmaganlarga nisbatan faqat asosiy jazo choralari
qo‘llaniladi, qo‘shimcha jazo ularga qo‘lla
nilmaydi.
Voyaga yetmaganlarning (18 yoshgacha bo‘lganlar)
jinoyatlari uchun quyidagi asosiy jazolarni qo‘l
lash
mumkin:
a) jarima;
b) axloq tuzatish ishlari;
d) qamoq;
e) ozodlikdan mahrum qilish.
Jarima
eng kam ish haqining ikki baravaridan yigir-
ma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
Axloq tuzatish
ishlari
faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga
nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ish-
lamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar bel-
gilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joy-
larda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga
tayinlanadi.
Voyaga yetmaganlarga
qamoq
jazosi bir oydan uch
oygacha muddatga belgilanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish
jazosi voyaga yetmaganlar
137
uchun olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi. Bu
jazoni qo‘llashda voyaga yetmaganning jinoyati sabab
-
lari, jinoyatning og‘irlashtiruvchi yoki yengillash
tiruvchi
holatlari, yoshi va boshqa xususiyatlari inobatga olinadi.
Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
faqat voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya hujjat-
lari bilan tanishib chiqqandan keyin yuz beradi. Jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish uchun voyaga yetmagan 18
yoshga to‘lmaganligi, jinoyatni birinchi marotaba sodir
etishi, jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmaganligi e’ti-
borga olinadi.
Har bir voyaga yetmaganning jinoyatini sud puxta
o‘rganib chiqib, sababini, uzr so‘rashini, shaxsning
psixologik jihatini, yoshini, tarbiya olgan muhitini
e’tiborga olgan holda, balki unga jinoiy jazo qo‘lla-
masdan majburlov choralar qo‘llashni ma’qul ko‘rishi
mumkin. Sud voyaga yetmaganga uning qilmishini
qoralab, og‘ir oqibatini tushuntirib, bunday nojo‘ya
harakatlar takrorlamasligini uqtirib, nima sababdan ji-
noiy jazo emas, majburlov choralari qo‘llaganligini
aytib o‘tishi zarur.
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo
tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga
yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti
va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatning sabab -
larini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning
uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.
O‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda
jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui
tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilish-
ning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan ji-
noyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jino yat bo‘lsa, o‘n ikki yil-
gacha tayinlanadi.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqt-
da jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jino yatlar maj -
mui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n
ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarning
VII b o b. Jinoyat huquqi
138
Huquqshunoslik
bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha mud-
datga tayinlanishi mumkin.
Hisobga olinishi lozim bo‘lgan holatlar sifatida
o‘smirning yashash sharoitlari va tarbiyasi ko‘rsatilgan.
Mazkur holatni belgilab sud o‘smirning ota-onasi bor-
yo‘qligiga yoki ularning o‘rnini bosa oladiganlarning
bola tarbiyasiga oid o‘z majburiyatlarini bajargan-ba-
jarmaganliklariga e’tibor qaratishi, o‘smir
ning maishiy
sharoiti, oiladagi, korxona, o‘quv muassasasidagi ijti-
moiy-ruhiy muhitni va boshqalarni aniqlab olishi lo
-
zim.
Jinoyat huquqi fanining maxsus qismida aniq jino
-
yatlar, ular uchun qo‘llaniladigan jazo turlari ko‘rsatil-
gan. Maxsus qismda shaxsga qarshi jinoyatlar, ularning
turlari; tinchlik va xavfsizlikka qarshi jino yatlar, xususan,
agressiya, genotsid, yollanish, terro
rizm kabi jino
yatlar;
iqtisodiy sohasidagi, ekologiya sohasidagi jino
yatlar va
boshqa jinoyatlarning mustaqil guruhlari ajratilib beril-
gan. O‘zbekiston Res
publikasi Jinoyat Ko
deksining
Maxsus qismi 7 bo‘
limdan, 24 bobdan, 205 moddadan
iborat. Shaxsga qarshi jinoyatlar o‘z ichi
ga yetti bobni,
53 moddani oladi. (Jinoyat Kodeksining 97-moddasidan
149-moddasigacha.) Shaxs
ga qarshi jinoyat
lar quyida-
gi — hayotga qarshi jinoyatlar; sog‘liq qa qarshi jinoyat-
lar; hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar; jin-
siy erkinlikka qarshi jinoyatlar; oilaga, yoshlarga va
axloq qa qarshi jinoyatlar; shaxsning ozodligi, sha’ni va
qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar va fuqarolarning
konstitu tsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jino
yat -
larga bo‘linadi.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar
tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar va
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qara tilgan jino yatlarni
o‘z ichiga olib, JKning 14 moddasida ularning turlari
ko‘rsatilgan.
Jinoyat Kodeksining maxsus qismi uchinchi bo‘limi
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar bilan boshlanadi. Bu
139
bo‘lim 4 bobdan va 29 moddadan iborat. Iqti sodiyot so-
hasidagi jinoyatlar o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish,
o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lma-
gan jinoyatlar; iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar turlarini o‘z ichiga
oladi.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar atrof-muhitni muho-
faza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olib, Jinoyat
Kodeksida 193-moddadan 204-moddagacha ular tur
lari
ko‘rsatilgan. Masalan, ekologiya xavfsizligiga oid normalar
va talablarni buzish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish; ve -
terinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish kabi jinoyat-
lar ekologiya sohasidagilarni tashkil etadi.
Jinoyat Kodeksining beshinchi bo‘limi
«Hoki miyat,
boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat
tartibiga qarshi jinoyatlar»
deb ataladi. Bu bo‘lim o‘z
ichiga ikki bob, 37 moddani oladi. Bob
larda boshqaruv
tarti bi ga qarshi jinoyatlar; odil sudlovga qarshi jinoyatlar
tizimi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |