9 — O.Yu. Rashidov va bosh.
129
cheklangan jamiyatlar, unitar korxonalar va davlat korxonalari shaklida
b o ‘lishi mumkin.
O 'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasiga
asosan jis m o n iy shaxslar d e g a n d a O 'z b e k isto n R espublikasining
fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi
bo'lm agan shaxslar tushuniladi. Jism oniy shaxsning h uquq layoqati
fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo'lish layoqatidir. U la r barcha
fuqarolar u c h u n teng darajada e ’tiro f etiladi. Soliqqa oid huquq
layoqatini shaxslarning o ‘z harakatlari bilan soliq solishga imkon
yaratadigan, y a ’ni d arom ad olish sharoitini yaratish layoqati deb
belgilash m um kin. Yuridik m e ’yorlarga muvoflq bu layoqat 18 yoshda
ya’ni balog'at yoshiga yetganda yuzaga keladi.
Jism oniy shaxslar o ‘z navbatida ikki guruhga bo'linadi: rezident
va n o re z id e n t jism o n iy shaxslar. O 'zb ekisto n Respublikasi Soliq
kodeksining 45 moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasida doimiy
yashab turgan yoki moliya yiliga boshlanadigan yoki tugaydigan o 'n
ikki oygacha bo'lgan istalgan davr mobaynida 183 k u n yoki undan
k o'proq m uddatda O'zbekistonda turgan jism oniy shaxs O'zbekiston
Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O 'z b e k isto n Respublikasi rezidenti bo'lish jism oniy shaxslarga
ularning O'zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, undan tashqaridagi
faoliyati m anbalaridan olingan darom adlari bo'yicha soliq solinadi.
O 'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lm agan jism oniy shaxslarga
O 'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatidan olingan darom adlar
bo'yicha soliq solinadi.
S o liq la rn in g m aqsadli sa rfla n ish i b o 'y ic h a u m u m i y (budjet
xarajatlariga funksional bog'liq emas) va maqsadli ( budjet xarajatlariga
funksional bog'liq). Soliqlarning bunday guruhlanishi soliqlarni davlat
budjetining m a ’lum xarajatlarini moliyalashtirish bilan izohlanadi.
Shuni t a ’kidlash lozim-ki, hozirda O'zbekiston Respublikasida amal
qilayotgan barcha soliqlar o 'z m ohiyatiga asosan u m u m iy soliqlar
hisoblanadi va ular fiskal funksiyani, ya’ni davlat budjeti daromadlarini
shakllantiradi.
M aqsadli yig'im lar va ajratm alar mavjud, ya’ni budjetdan tashqari
nafaqa jam g 'a rm a sig a , b u d jetd a n tashqari yer fondi va budjetdan
tashqari bandlik fondlari. Bu fondlar uchun ajratm a va yig'imlar o 'z
m aqsadiga muvofiq sarflanadi.
Soliq to 'la sh manbayiga asosan — darom ad, foyda, yer maydoni,
sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar) qiymati yoki
mavjudligi sababli soliq t o ‘lovchida soliq to 'la sh majburiyat paydo
boMadigan, qiymatga oid, miqdoriy yoki jism oniy tavsiyaga ega b o ‘lgan
boshqa iqtisodiy asos soliq solish manbalari b o ‘lib hisoblanishi m um kin.
M am lakatim izda amaliyotga kiritilgan h a r bir soliq 0 ‘zbekiston
Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq
solish manbayiga egadir.
Soliq to 'la n ish usuliga asosan — m an b a y ig a asosan va soliq
deklaratsiyasiga asosan. Soliq t o ‘lovchilar soliq bazasini har bir soliq
davrining yakunlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi registrlari m a ’lumotlari
asosida va (yoki) soliq solinadigan yoki soliq solish bilan b o g ‘liq
obyektlar to ‘g ‘risidagi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan m a ’lum otlar
asosida hisoblab chiqadilar.
Jismoniy shaxslar bir joyda ishlasalar, ularning ish haqidan (soliq
m an b a y id a n ) buxgalteriya to m o n id a n a v to m a t ta rz d a h iso b lan ib
budjetga o'tkazadi. Jismoniy shaxslar ikki yoki und an ko‘p ish joyida
ishlasalar, bundan tashqari darom ad olish (savdo, ish, xizmat) bilan
b og‘liq birgalgi operatsivalarni amalga oshirganda, fuqarolarga m ahal-
liy hokimiyat organlarida yakka m ehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi
shaxslar sifatida ro'yxatga turm ay , d a ro m a d t o ‘g ‘risidagi bir galgi
deklaratsiya topshirish huquqi beriladi.
D unyoning b a ’zi davlallarida fuqarolarning darom adlari soliqqa
tortishda turli usullaridan foydalanadilar. Buyuk Britaniyada fuqaro-
larni darom ad shedulyar (shedule) tizim asosida, y a ’ni darom adning
manbayiga nisbatan alohida to 'lanadi. S hedular tizim besh sheduldan
A, B, C, D, E va F dan iborat. Sheduldagi A — ko 'ch m as m ulkdan
keladigan darom ad, B — o 'rm o n la rd a n tijorat m aqsadida foydalan-
ganlikdan darom ad, C — davlat qim m atli qog‘ozlaridan d arom ad, D
— savdo va sanoatdan foyda, E — m eh n a t darom adlar, ish haqi,
n afaqa va F — Britaniya kom paniya qim m atli q o g‘ozlardan dividend-
lar. Britaniya fuqarolari har bir shedul b o ‘y ich a alohida d a ro m a d
solig'i to ‘laydi, y a ’ni bu davlatda fuqarolar jam i d arom adidan soliq
t o ‘laydilar.
Soliqlaming bunday guruhlanishi h a r bir soliq turini davlat budjeti
d a ro m a d la rin i shakillantirishdagi o ‘rni, u la rn in g soliq tizim id ag i
maqsadli yo'nalishini ham da iqtisodiyot tarm oqlarini rivojlantirishdagi
aham iyatini ochib beradi.
B undan tashqari, soliqlarning tasniflashni zaruriyati soliq tizim ini
murakkablashib borishi va soliqqa soiish jarayonlarining boshqarishni
takomillashtirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |