Qisqa xulosalar Kredit tovar — pul bozor munosabatlari mavjud sharoitidagi takror
ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi
hisoblanadi.
Kredit — bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini m a ’lum
muddatga, haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish
yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy m unosabatlar yig‘indisidir.
Ssuda kapitali — bu faoliyat ko ‘rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat
qiluvchi va foiz keltiruvchi ssuda (qarz)ga beriladigan pul kapitalidir.
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga
tayanadi. U ning asosiy elem entlari b o ‘lgan ssuda kapitali bozori
operatsiyalari m a ’lum tamoyillar asosida olib boriladi.
Ssuda kapitali o ‘ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda
u nd a n foydalanishda to ‘lanadigan foiz kapital «baho»si bo'lib ishtirok
etadi.