Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Inflatsiya nima?
2. Inflatsiyaga ta ’sir etuvchi omillarni yoriting.
3. Pul bozorini tartibga solish yo ‘llarini k o ‘rsating.
4. Talab inflatsiyasi nima?
5. Taklif inflatsiyasi nima?
6. Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati nimalardan iborat?
7.
Giperinjlatsiya nima?
8. Yashirin inflatsiya nima?
VIII bob.
X A L Q A R O VALUTA - K R E D IT
M U N O S A B A T L A R I VA V A L U T A T I Z I M I
8 .1 . Valuta munosabatlari va valuta tizimi
Valuta
— jahon bozorida, davlatlar o'rtasida pul vazifalarini baja-
ruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Q o ‘shma
Shtatlari «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada «dollari»,
Yapon «iyenasi» va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli — uning milliy valutasi b o ‘ladi.
Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa xorijiy
valutalardir.
Masalan, AQSH «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada
«dollari», Yaponiya «iyenasi», Turkiya «lira»si va shu kabi erkin
m u om alada yuradigan valutalar 0 ‘zbekiston Respublikasida xorijiy
valuta bo'ladi, o ‘z navbatida 0 ‘zbekiston «so‘m»i bu davlatlar uchun
xorijiy valuta b o ‘lib hisoblanadi.
Xorijiy valuta bilan deviz tushunchasi b o g ‘liqdir. Deviz — bu
xorijiy valutadagi har qanday vositadir.
Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valutasi
3 h a rf bilan belgilanadi. B unda ushbu harflarning birinchi 2 tasi
m am lakatni, 3- esa valuta nomini belgilaydi.
M asalan, US — Q o ‘sh m a Shtatlar, D — dollar yoki G B —
Buyuk Britaniya, P — paund. U shbu belgilanishlar valutalar kodlari
deb ataladi.
Valutalar jah o n bozorida o ‘zlarining m uom alada b o ‘lish xususiyat-
lariga k o ‘ra erkin m u o m a la d a yuradigan, m uom alasi qisman yoki
butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valutalarga b o ‘linadi. Ba’zi
bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valuta m u
nosabatlari borasida mavjud va harakatda bo'lgan qonun-qoidalariga
asosan xorijga chiqishi ham d a u yerda m uom alada bo'lishi chega-
ralanadi.
Xalqaro valuta m unosabatlari — bu, valutani jahon xo'jaligida
a m a l qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo'jaliklar faoliyat
na tija la rin in g o ‘zaro alm ashuviga xizmat k o 'rasa tad ig a n ijtimoiy
m unosabatlar yig‘indisidir.
Xalqaro valuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga,
y a ’ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga h a m d a taqsim ot,
almashuv va istc’mol jarayonlariga aloqador b o ‘lgan xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni o ‘z ichiga oladi.
Valuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o'rtasida bevosita
( to ‘g ‘r id a n - t o ‘g ‘ri) ham d a oqibat xarakteridagi (q aytm a) a loqalar
mavjud. Ularning obyektiv asosi b o ‘lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar
bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish
jarayoni hisoblanadi.
Valuta munosabatlari — bu, valutani ja h o n x o ‘jaligi m uom alasida
amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatishda
o ‘ziga xos pul munosabatlarining yig‘indisidir, yoki davlatlar, ja h o n
valuta bozorining subyektlari, m uayyan d a v latning rez id en t yoki
norezident shaxslari o'rtasida valutalarni sotish, sotib olish, majbu-
riyatlarni bajarish h a m d a b o sh qa shu kabi ja r a y o n la r d a vujudga
keladigan munosabatlardir.
Valuta munosabatlari — bu xalqaro aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi
va ja h o n x o ‘jaligida valuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan
o ‘ziga xos pul munosabatlarining majmuidir. Valuta m unosabatlari
jah o n valuta tizimining asosi b o ‘iib xizmat qiladi. U larning shakllanish
jarayonlarini o ‘rganish 0 ‘zbekiston u ch u n nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatga ham egadir.
V a lu ta m u n o sa ba tla rinin g p a y d o b o ‘lishi, o ‘zgartirilishi yoki
tugatilishining huquqiy asoslari b o ‘lib xalqaro kelishuvlar va ichki
davlat qonun-qoidalari hisoblanadi.
Valuta munosabatlari nisbatan mustaqil m u no sa b a tla r boMgani
holda t o ‘lov balansi, valuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali
dunyo iqtisodiyotiga sezilarli t a ’sir k o ‘rsatadi.
Valuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog‘liq b o ‘ladi:
— milliy va jah o n iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
— siyosiy ahvolga;
— j a h o n b o z o rid a davlatlararo m u n o s a b a t la r borasidagi m u a m -
m olarga va ush b u m u a m m o la rn in g rivojlanish ten d e n s iy a la rig a .
Valuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro
moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident
shaxslari m aydonga chiqadi.
Rezident shaxs — bu m uayyan davlat h u d ud ida yashayotgan va
ushbu davlat fuqarosi bo'lgan ham da m az k ur davlat hududida faoliyat
k o ‘rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
N orezident shaxs — bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat
ko'rsatayotgan, am m o shu davlat fuqarosi bo'lm agan yuridik yoki
jismoniy shaxsdir.
Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxo-
nalarining b o ‘linmalari ham da shu kabilar.
Valuta tizimi — bu, mam lakatlar o'rtasida valuta munosabatlarini
tashkil etish shaklidir.
Valuta tizimi — bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida
tarixan shakllangan, valuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar
yig'indisidir.
Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyat-
ning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi.
Subyektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valuta qonunchiligi
alohida ahamiyat kasb etadi.
Valuta qonunchiligi — bu, mamlakat ichkarisida valuta qimmat-
liklari bilan bir m amlakat tashkilotlari va fuqarolari ham da boshqa
m amlakat tashkilotlari h a m da fuqarolari o ‘rtasidagi shartnomalarni
ham da mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga
milliy h a m d a xorijiy valutalar va boshqa valuta qimmatliklarini olib
kirish, olib chiqish, o'tkazish y o ‘li bilan amalga oshirilishini tartibga
soluvchi qonuniy m e ’yorlar yig'indisidir.
Maxsus adabiyotlarda valuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi,
y a ’ni milliy, jahon va hududiy valuta tizimlari.
Milliy valuta tizimi m am lakat pul tizimining tarkibiy qismi bo ‘lib,
valuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki
ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish
tartibini belgilaydi. Valuta munosabatlarini tashkil etishning bunday
tartibi birinchi navbatda valuta tizimi elementlarini belgilashni o ‘z
ichiga oladi.
Milliy valuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan ele-
mentlariga quyidagilar kiradi:
Milliy valuta va uning nomi;
Milliy valuta paritetini belgilash;
Milliy valutaning konvertatsiya shartlari;
Milliy valuta kursining rejimi;
Xalqaro kredit m uo m ala qurollaridan foydalanishni tartibga solish
(reglamentatsiya);
Xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o ‘rtasidagi
nisbatni aniqlash;
M am lakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (regla-
mentatsiya);
Milliy valuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi;
Valuta cheklanishlarining o ‘rnatilish tartibi;
Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiq-
lashtiruvchi milliy organlar maqomi.
Yuqorida zikr etilgan elem entlar yig'indisi xalqaro valuta-kredit
va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomoiiidan
belgilanadigan valuta mexanizmidir.
Milliy valuta va lining n o m i milliy valuta tizimining asosi b o i i b
hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi.
Xalqaro iqtisodiy m unosabatlarda ishlatiladigan milliy pullar valutaga
aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy valuta, y a ’ni bosh-
qa mamlakatlarning erkin m u om alada yuradigan valuta m aqom iga
ega pul birliklari ishlatiladi. U shbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi
b o g‘liq.
Deviz — bu xorijiy valutadagi har qanday t o ‘lov vositasidir. Xorijiy
valuta valuta bozorida o ld i-so tdi obyekti b o ‘ladi, xalqaro hisob-
kitoblarda ishlatiladi, b anklarda hisob-varaqlarda saqlanadi, a m m o
ushbu davlat hududida q o n u n iy hisob-kitob vositasi b o ‘lib hisob-
lanmaydi (kuchli inflatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). M am -
lakatda kuchli inñatsiya va inqiroz holatida milliy valutani nisbatan
barqaror bo'lgan xorijiy valuta siqib chiqaradi, zamonaviy sharoitda
bu AQSH dollari va Yevrodir.
«Valuta» kategoriyasi, milliy va jahon xo‘jaliklarining o ‘zaro aloqasi
ham da munosabatlarini t a ’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |