O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

18 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
273


Ssuda  kapitalining  xalqaro  harakati  muddatlilik  alomatiga  k o ‘ra 
tasniflanadi.
1.  Uzoq  va  o'rta   muddatli  operatsiyalar bir yildan  ziyod  m uddatga 
taqdim  etilgan  davlat  ham da xususiy zayomlar va kreditlarni  o ‘z  ichiga 
oladi.  Ushbu davlat va xususiy zayomlar hamda kreditlarning oluvchilari 
bo'Iib  odatda,  iqtisodiy  rivojlanish  b o‘yicha  ilg‘or davlatlardan  orqada 
qolgan  m am lakatlar  hisoblanadi.  Ilg‘or,  rivojlangan  davlatlar  esa  bu 
yerda  kreditorlar  sifatida  maydonga  chiqadi.  Xususiy,  uzoq  m uddatli 
zayomlar  va  kreditlar  bo'yicha  holat  esa  butunlav  boshqacha  k o 'ri- 
nishga  ega.  Bu  yerda  ham  rivojlanib  borayotgan  davlatlar  rivojlangan 
davlatlarning xususiy  moliya-kredit  institutlaridan  qarz oladilar.  Biroq 
rivojlangan  davlatlarda  ham  korporatsiyaJar  uzoq  muddatli  qimmatli 
qog‘ozlarni  emissiya qilish yoki jahon bozoridan  resurslarni bank krediti 
shakllarida  aktiv jalb  etadilar.
2.  Qisqa muddatli operatsiyalar milliy banklarning xorijiy banklardagi 
joriy  hisob-varaqlari  (avuarlar),  pul  kapitalini  banklar  o ‘rtasidagi 
harakati  kabi  bir  yilgacha  muddatga  b o ‘lgan  Xalqaro  kreditlarni  o ‘z 
ichiga  oladi.  So'nggi  20  yil  ichida  jah on   pul  bozoridagi  banklararo 
qisqa  muddatli  operatsiyalar  katta  hajmga  ega  bo'ldi.  Agarda  1960  va
19 7 0-yillard a  B re tto n   Vuds  valuta  tizim i  inqirozini  k u c hay tirib 
yuboruvchi  kapitallar  oqimida  «qaynoq»  pullarning  stixiyali  oqimi 
nisbatan  katta  ulushga  ega  bo‘lgan  bo ‘lsa,  1980-hamda  1990-yillarga 
kelib,  qisqa  m uddatli  pul  kapitallarining  asosiy  oqimi  Yevrovaluta 
bozori  orqali  amalga  oshadigan  bo'ldi.
T o ‘lov  balansi  statistik  ko'rsatkichlarini  yig‘ish  va  qayta  ishlash 
uslubini takomillashishiga qaramasdan  ushbu  balans ko'rsatkichlaridagi 
xatoliklar  sezilarli  bo'lib  qolmoqda.  Shu  sababli  statistik  xatoliklar  va 
hisobga  olinm agan  operatsiyalar  bo'yicha  m a ’lumotlar  kiritiladigan 
«Xatolar  va  o'tkazib  yuborishlar»  moddasi  ajratib  ko‘rsatiladi.  M u ta - 
xassislarning  t a ’kidlashicha,  qisqa  muddatli  pul  kapitali  harakatining 
hisobini  yuritish  ayniqsa  iqtisodiy  inqiroz  paytida  nihoyatda  qiyin. 
S h u   sababli  « X a to la r   va  o ‘tk az ib   y u b o rish lar»   m o d d asi  t o ‘lov 
balansining  kapitallar  va  kreditlar  harakatini  aks  ettiruvchi  bo'lim iga 
q o ‘shiladi  ham da  inqiroz holatlarida uning k o ‘rsatkichlari  keskin  oshib 
ketadi.
T o ‘lov balansining yakuniy moddalari  davlat valuta organlari  ishtirok 
etuvchi,  likvid  valuta aktivlari bilan operatsiyalarni  aks ettiradi.  U shbu 
o p e r a t s iy a la r   n a tija s id a   m a rk a z la s h tirilg a n   rasm iy  o l t i n - v a l u t a  
zaxiralarining  hajmi  va  tarkibi  o ‘zgaradi.


T o io v  balansi takror ishlab chiqarish bilan to 'g 'ri va teskari aloqaga 
ega.  Bir  t o m o n d a n ,  u  takror  ishlab  ch iq a rish d a   r o 'y   berayo tgan 
jarayonlar oqibatida  shakllanadi,  boshqa to m o n d a n  esa  unga  aks t a ’sir 
ko'rsatadi,  chunki valutalar kursi  oltin-valuta  zaxiralari,  valuta  holati, 
tashqi  qarz,  valuta  va  iqtisodiy  siyosat  y o ‘nalishlari,  j a h o n   valuta 
tizimi  holatiga  t a ’sir  etadi.
To'lov  balansi  m amlakatning  j a h o n   xo'jaligidagi  ishtiroki,  tashqi 
iqtisodiy  alo q alarinin g  k o ‘lam lari,  tarkibi  va  xarakteri  to 'g 'ris id a  
m a’lumot  beradi.  T o i o v   balansida  quyidagilar  aks  ettiriladi:
1)  eksportning turli  imkoniyatlarini va tovarlar, kapitallar, xizmatlar 
im portiga  e h tiy o jin i  belgilovchi  iq tis o d iy o tn in g   ta rk ib iy   d isp ro - 
porsiyalari;
2)  iqtisodiyotni  b ozor  va  davlat  to m o n id a n   m uvofiqlashtirish  
uslublarining  o ‘zaro  nisbatidagi  o'zgarishlar;
3)  konyunktura  omillar  (xalqaro  raqobat,  inflatsiya,  valuta  kursi 
va  boshqalarning  o'zgarish  darajasi).
T o ‘lov  b alansi  holatiga  bir  q a to r   o m illa r   t a ’sir  e ta d i.  B ular 
quyidagilar:
a)  M am lakatlar  iqtisodiy  va  siyosiy  taraqqiyotining  notekisligi, 
xalqaro raqobat. T o i o v  balansi asosiy m oddalarining evolutsiyasi jaho n 
iqtisodiyotidagi  r a q ib - m a rk a z la r   k u c h la r in in g   o ‘z aro  n isb atid ag i 
o ‘zgarishlarni  aks  ettiradi.  Ikkinchi  j a h o n   u rushidan  s o ‘ng  g ‘arbiy 
Yevropa  va  Yaponiya  davlatlari  to ‘lov  balanslarining  yirik  kam o m adi 
sharoitida A Q SH ning aktiv to'lov balansi shakllandi.  Bu o 'z   navbatida, 
AQSHning  1950-yillarning oxirigacha m onosentrik hukinronligi tizimida 
o'z  aksini  topdi,  y a ’ni  to  1960-yilgacha  G 'a rb iy  Yevropa va  Yaponiya 
davlatlarining  savdo  balanslari  o d a td a ,  passiv  edi,  sliu  davrlardagi 
A Q SH ning  savdo  balansi  esa  a m e rik a   m o n o p o liy a la rin in g   j a h o n  
bozoridagi  mavqeyi  ham da  dollarning  barqarorligi  tufayli  ju d a   katta 
aktiv  saldo  bilan  yopilar  edi  ( 1947-yilda  10  mlrd.  A Q S H   dollari). 
AQSHning xalqaro  investor va  kreditorga aylanishi  ushbu m am lakatga 
xorijdan yirik miqdordagi dividendlar h a m d a  foizlarning oqib kelishiga 
sabab  b o id i.  Bi.roq  keyinchalik  t o ‘g ‘r id a n - to ‘g ‘ri  investitsiyalarning 
yillik  o'sim idagi  A Q S H n in g   ulushi  g 'a rb iy   Y evropa  va  Y aponiy; 
davlatlari  ulushining  o'sislii  hisobiga  1967-yildagi  50  foizdan  198G 
yildagi  4  foizgacha  pasavib  ketdi.  1985-yildan  boshlab  esa  A Q S H  
kapitalning netto-importyoriga aylandi. A Q S H n ing  ja h o n  sanoat ishlab 
chiqarishidagi ulushini,  harbiy xarajatlarining o'sishi sharoitida,  1948- 
yildagi  54,6  foizdan  1984-yilda  37,8  foizgacha,  tovarlar eksportida  3"


foizdan  12,7  foizgacha,  kapitallar eksportida  70-yillar ichida  20 foizga 
pasayishi  mamlakat  t o ‘lov  balansi joriy  operatsiyalarining  m untazam  
kam om adiga  olib  keldi.  AQ SH ning  1990-yillardagi  uzoq  muddatli 
iqtisodiy  ko'tarilishi  A Q S H ga  yana  jah o n   iqtisodiyoti  va  Xalqaro 
moliyadagi  iqtisodiy  peshqadamlikni  qaytarib  olish  imkonini  berdi. 
Yuqorida  zikr  etilgan  uch  markaz,  ya’ni  A Q SH ,  G 'arbiy Yevropa  va 
Y ap o n iy a  o ‘rtasidagi  qaram a-q a rsh ilik   ularn ing  to 'lo v   balanslari 
holatida  o ‘z  aksini  topadi;
b) 
Iqtisodiyotning siklli tebranishlari. T o ‘lov balanslarida mamlakat 
xo'jalik hayotidagi tebranishlar, ko‘tarilishlar va tushkunliklar o ‘z aksini 
topadi.  Chunki mamlakat icliki iqtisodiyotining holatiga tashqi iqtisodiy 
operatsiyalar  b o g iiq .  S anoat  sikllari  mexanizmi  bilan  bog‘liq  t o ‘lov 
balansining  tebranishlari  m am lakat  ichki  iqtisodiy  siklli  jarayonlarini 
bir mam lakatdan boshqa mamlakatlarga o ‘tib ketishiga ko‘maklashadi. 
Ishlab  chiqarishning  o ‘sishi  yoqilg'i,  xomashyo,  jihozlar  importining 
o ‘sishiga,  pasayishi  esa  tovarlar olib  kirish  hajmining  qisqarishiga  olib 
keladi.  Tovarlar,  kapitallar,  xizmatlar  eksporti  ja h o n   bozori  sharoit- 
larining  o'zgarishiga  m olik  b o ia d i.  Xo‘jalik  rivojlanishining  sustligida 
kapitalning chetga chiqishi  ko'payadi.  Iqtisodiyotning jadallab  rivojla- 
n ish id a ,  y a ’ni  f o y d a la r  o 's g a n ,  m am la k a td a   kredit  ekspansiyasi 
kuchaygan,  foiz stavkasi k o ‘tarilgan paytda kapitalning chetga chiqishi 
pasayadi.  Zam o naviy  iqtisodiy  siklning  asinxronligi  sababli  uning 
tebranishlari  t o ‘lov  balansiga  t o ‘g‘ridan-to'g ‘ri  emas,  balki  egri  ta’sir 
etad i.  J a h o n   iq tisodiy  inqirozlari  u  yoki  bu  m am la k a tla r  t o i o v  
balanslarining  yirik  k o la m d a g i  kamomadlariga  olib  keladi;
d)  Davlatning xorijdagi xarajatlarining o ‘sishi.  T o ‘lov balansi  uchun 
og ‘ir  yo‘q  bo‘lib,  turli  siyosiy  va  iqtisodiy  maqsadlarga  qaratilgan, 
h ukum atning  tashqi  xarajatlari  hisoblanadi;
e)  Iqtisodiyotning  militarizasiyasi  va  harbiy xarajatlar.  AQ SH ning 
t o ‘lov  balansida  aks  etadigan,  xorijdagi  xarajatlarining  asosiy  qismi 
h a rb iy   m aq s a d la rg a   m o 'lja lla n g a n .  H a rb iy   xara jatlarn in g   t o ‘lov 
balansiga egri ta ’siri birinchi navbatda ularni ishlab chiqarish sharoitlari 
va  iqtisodiy o ‘sishning  s u r’atlariga  bo'lgan  t a ’sirida,  harbiy b o ‘lmagan 
tarm o q lardan   yulib  olinayotgan  resurlarda  o ‘z  aksini  topadi.  Agar 
e k s p o rt  t a r m o q la ri  h a r b i y   b u y u rtm a la r  bila n   bosib  y u b o rilg a n , 
tovarlarni chetga olib chiqishni kengaytirishga m o ‘ljallangan mablag‘lar 
h a rb iy   m aq sadlarga  y o ‘naltirilgan  b o ‘lsa,  m a m la k a tn in g   e k sp ort 
qobiliyati  qisqaradi.  Qurollarning  o ‘sishi  harbiy-strategik  tovarlar  shu 
j u m la d a n ,  tinchlik  vaqtidagi  iste’mol  m e ’yorlaridan  ortiq  b o i g a n


hajm da  ko‘p  turdagi  xomashyolar  (neft,  kauchuk,  rangli  metallar) 
importini  oshiradi;
f)  Xalqaro moliyaviy bog‘liqlikning kuchayishi.  Zam onaviy sharoit- 
lard a   m o liy av iy   o q im la rn in g   h a ra k a ti  x a lq a ro   iq tis o d iy   m u n o -  
sabatlarning  m uhim   shakllaridan  biriga  aylandi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida 
chetga  kapitallarni  olib  chiqishni,  ssuda  kapitallari  ja h o n   bozorining 
(Yevrobozorlarni  o ‘z  ichiga  oigan  holda)  rivojlanishini,  shartn om a 
shartlarining  erkinlashishi  sharoitida  moliyaviy  bozorlarning  o ‘sishi 
bilan  asoslanadi.  Natijada mamlakatlarning moliyaviy o ‘zaro bog‘liqligi 
ularning  o ‘zaro  tijorat  bog‘liqligidan  ustunroq  b o ‘lib  qoldi.  Bu  esa 
valuta va kredit tavakkalchiliklarini,  birinchi  navbatida qarz oluvchining 
t o ‘lovga  layoqatsizligini  kuchaytirib  yuboradi.  1980— 1990-yillardagi 
jahon qarzlar inqirozi va  1997— 1998-yillardagi valuta-moliya  inqirozlari 
ushbu  tavakkalchiliklar  xavfliligini  ochib  tashladi;
g)  Xalqaro  savdodagi  o ‘zgarishlar.  Ilmiy-texnik  inqilob,  x o ‘jalik 
rivojlanishining  sur’atlarini  o ‘sishi,  yangi  energetika  bazasiga  o'tilishi 
Xalqaro  iqtisodiy  aloqalarda  tarkibiy  o'zgarishlarni  keltirib  chiqaradi. 
Tayyor  m ahsulotlar  bilan,  shu ju m la d a n   intellektual  tovarlar,  neft  va 
energo  resurslar  bilan  savdo  qilish  sur’ati  oshdi.  1970-yillarning  oxiri 
va  1980-yillarning  boshida  neftga  baholarning  t o ‘satdan  18  barobar 
oshib  ketishi  neft  importyori  boMmish  m am lakatlar  t o ‘lov  balansi 
joriy  operatsiyalarining  kamom adiga  olib  keldi.  Tovarlar  oqim ining 
geografiyasida  rivojlangan  davlatlar orasidagi  alm ashuvning  kengayish 
tarafiga  qarab  o ‘sishi,  rivojlanib  borayotgan  m am lakatlar  ulushining 
ularning tashqi  savdosida qisqarib borishi  holatida yuzaga keladi  (jahon 
savdosining  70%,  Yevropa  Ittifoqi  m am lakatlari—38%).  Rivojlangan 
davlatlarning  o'z a ro   savdosi  ular  eksportining  80  foizini  o ‘z  ichiga 
oladi  (Yevropa  Ittifoqi  m am lakatlari—58%),  rivojlanib  borayotgan 
m am lakatlar  orasidagi  savdo  esa  ular  eksportining  1/4  qismini  tashkil 
etadi.  Bunday  hoi  jahon  bozoridagi  raqobat  kurashini  kuchaytirib 
yuboradi;
h)  T o ‘lov  b a la n s ig a   v a l u t a - m o l i y a v i y   o m i l l a r i n i n g   t a ’siri. 
Devalvatsiya  odatda,  eksportni,  revalvatsiya  esa  im p o rtn i  rag ‘bat- 
lantiradi.  Jah o n   valuta  tizimining  barqarorsizligi  Xalqaro  savdo  va 
hisob-kitoblar  sharoitlarini  yom onlashtiradi.  Milliy  valuta  kursming 
pasayishi  kutilgan  holda  eksport  va  im port  b o ‘yicha  t o ‘lov  m u d d a t- 
larining  o ‘rnidan  siljishi  ro‘y  beradi,  y a ’ni  im portyorlar  t o ‘lovlarni 
tezlashtirishga,  eksportyorlar esa  aksincha  xorijiy valutadagi  tu sh u m n i 
olishni  kechiktirishga harakat qiladilar («lidz end legz» siyosati).  Xalqaro


hisob-kitoblar  muddatlaridagi  kichik  bir  qisqa  uzilish  mamlakatdan 
kapitailarni  chetga  oqib  ketishiga  olib  kelishi  m um kin.  Baho va to'lov 
valutasi sifatida ishlatilayotgan yetakchi valutalar kurslarining tebranishi 
ko ‘pchilik  davlatlarning  t o ‘lov  balanslariga  t a ’sir  etadi;
i) 
Inflatsiyaning  to'lov  balansiga  salbiy ta ’siri.  B unday  holat,  ya’ni 
baholarni pasayishi milliy tovarlarning eksportini qiyinlashtirib,  raqobat- 
doshligini pasaytirgan, tovarlar importini  rag‘batlantirgan va kapitailarni 
xorijga  chiqib  ketishiga  imkon  bergan  paytda  vujudga  keladi;
j)  Favqulodda  holatlar  —  hosilning  bo'lmasligi,  tabiiy  ofatlar, 
halokatlar  va  shu  kabilar  t o ‘lov  balansiga  salbiy  t a ’sir  etadi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish