Sinflar
Sinflar cls kengaytma bilan saqlanadi va aniqlanadi.Ya’ni sinf.cls
ko’rinishda.Quyidagi asosiy sinflar mavjud.
article-
fanga
doir
jurnallar,namoyishlar,qisqa
hisobotlar,dasturiy
hujjatlarda,taklifnomalar uchun qo’llaniladi.
report-juda
katta
hisobotlar,ko’plab
bo’limga
ega
bo’lgan
kitoblarda,dissertatsiyalar uchun qo’llaniladi.
proc
-
Dokladlar uchun
letter
-
Hujjat va hujjat muallifi haqida ma’lumot kiritishda foydalaniladi.
Ko’rinishi:
\documentclass{letter}
\begin{document}
yozuvlar
\end{document}
book-odatiy kitoblar uchun.
slides-slayd uchun.Shuningdek katta harflarda ortiqcha belgilarsiz ishlatiladi.
Xususiyatlar
Xususiyatlar qismini kiritish majburiy emas.Xususiyatlar kiitilmagan taqdirda
Latex aniqlangan sinfga qarab Sinf uchun standart xususiyatlarni avtomatik
aniqlaydi.Xususiyatlar qismida bir necha xususiyat kiritish ham mumkin.Bunday
vaziyatda xususiyatlar vergul (,) bilan ajratiladi.Bir necha xususiyatlarni keltirib
o’tamiz.
10pt,11pt,12pt-Hujjat shriftini o’rnatadi.Agar birortasi ham ko’rsatilmagan
bo’lsa avtomatik ravishda 10pt ni o’rnatadi.
a4paper, letterpaper …-Varaq(sahifa) o’lchamini aniqlaydi.Ko’rsatilmagan
holatda letterpaper ni aniqlaydi.Shuningdek quyidagilarni ko’rsatish mumkin.
a5paper, b5paper, executivepaper va legalpaper.
28
fleqn-formulani chapdan tekislaydi
leqno-formulaga chap tomondan raqam qo’yadi.
titlepage, notitlepage-Maqola sarlavhasi boshlanishi yoki yo’qligini
ko’rsatadi.Ko’rsatilmagan holda article sinfida yo’qligini ko’rsatadi.report va book
sinflarida esa boshlanishini ko’rsatadi.
twocolumn-hujjatni 2 ta ustunga bo’ladi.
twoside, oneside-bir yoki ikki tomonli chiqarishni aniqlaydi.Aniqlanmagan
holda article va report sinflarida bir tomonli,book sinfida esa ikki tomonli
chiqaradi.
openright,
openany-Asosiy
sahifa
qaysi
sahifadan
boshlanishini
ko’rsatish.Faqat tanlangan sahifa yoki birinchi sahifa bo’lishi mumkin.Bu
xususiyat
article
sinfida
ishlamaydi,report
sinfida
keyingi
sahifadan
boshlanadi,book sinfida esa tanlangan sahifadan boshlanadi.
Misollar,
1)\documentclass[11pt,twoside,a4paper]{article}
LATEX hujjatning bu buyrug’idan hujjat asosiy shrifti 11,bosmaga chiqarish
uchun 2 tomonli va qog’oz formati A4 ekanligini bilish mumkin.
2)Qanday qilib ism familiya va hokazolar kiritiladi:
\begin{letter}{Qudratov Mahmud\\ Buxoro vil.
\\ Romitan tum}
...
\end{letter}
Sana
Sanani ham kiritish majburiy emas. Bu yerdagi sana Hujjat chiqarilgan sanani
bildiradi.Kiritilmagan taqdirda Aniqlangan sinfga qarab avtomatik tarzda joriy
sana olinadi.Sana ko’rinishi quyidagicha:”YIL/OY/KUN”
Masalan: \documentclass[a4paper,12pt]{article}[2012/03/27]
29
Paketlar
Siz
hujjat
yozayotgan
paytda
Latexning
turli
imkoniyatlaridan
foydalanishingiz mumkin. Jumladan grafik,rangli yozuv va hokazolar.
\documentclass tugagandan so’ng hujjat ko’rinishida Latex imkoniyatlarini
kengaytirish uchun paketlardan foydalanamiz. Bunday hollarda turli xil
paketlardan foydalanishingiz mumkin.Paketlar
\usepackage[xususiyatlar]{paket}[sana]
buyrug’i orqali aktivlashtiriladi.Bu yerda paket paket nomi, xususiyatlar esa kalit
so’zlar ro’yhati va paketning maxsus xususiyatlarini o’rnatish.Latex paketlari sty
kengaytmali fayllarda saqlanadi.Latex paketni o’qiyotganda paket.sty ko’rinishda
o’qiydi.Shu sabali paket nomini to’g’ri yozish(kengaytmasiz) maqsadga
muvofiq.\usepackage da ham xuddi \documentclass ga o’xshab bir vaqtni o’zida
bir necha xususiyat va paketlarni chaqirish mumkin.
Masalan: \usepackage[dvips]{graphics,color}
Latexdagi qatorlar bilan bog’liq buyruqlar bilan tanishamiz.
\\ yoki \newline - yangi qatorga o’tish
\newpage – yangi sahifadan boshlash
Do'stlaringiz bilan baham: |