O. F. Fayzullayev, O. O. Fayzullayev, M. S. Bahronova


OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI



Download 2,39 Mb.
bet43/66
Sana11.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#777052
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
Mas va mashqlar ishlanish yo\'llari

10.2. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari molekulalararo, ichki molekulyar va disproporsiya yoki dismutatsiya reaksiyalariga bo‘linadi. Molekulalararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ta’sirlashuvchi moddalardan biri tarkibida oksidlovchi, ikkinchisi tarkibida – qaytaruvchi element bo‘ladi. Bitta modda tarkibidagi elementlardan biri oksidlovchi, ikkinchisi qaytaruvchi bo‘lsa, bunday oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ichki molekulyar bo‘ladi. Har xil oksidlanish-qaytarilish darajalariga ega bo‘lgan bir xil element atomlari qatnashgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarni ham ichki molekulyar reaksiyalar qatoriga kiritish mumkin. Masalan,


NH4NO2N2+2H2O
singari reaksiyalar bunga misol bo‘la oladi. Bir xil oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan bir tur element o‘z-o‘zini oksidlab, o‘z-o‘zini qaytarsa, bunday reaksiyalarga disproporsiya (dismutatsiya) reaksiyalari deyiladi.
Agar ta’sirlashuvchi moddalar tarkibidagi bir xil element oksidlanish-qaytarilishda qatnashsa, bunday reaksiyalarga sinproporsiya (konmutatsiya) reaksiyalari deyiladi. Masalan,
H2SO4+3H2S4S+4H2O.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga koeffitsientlar tanlashning elektron va ion–elektron balansi usullari mavjud.
Tenglamalarga elektron balansi usuli asosida koeffitsientlar tanlash quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi va oksidlanish darajasini o‘zgartirayotgan elementlarning oksidlanish va qaytarilish yarim reaksiyalari sxemalari tuziladi (ikkinchisida oksidlanish darajalarini o‘zgartirayotgan elementlar ko‘rsatiladi). Masalan:
MnS+HNO3MnSO4+NO2+H2O;
S-2S+6 va N+5N+4.
2. Mazkur yarim reaksiyalarda qatnashayotgan elementlarning bergan va qabul qilgan elektronlari ko‘rsatilgan tenglamalari tuziladi:

S-2–8eS+6
N+5+eN+4

3. Yarim reaksiyalar uchun zaryadlarning saqlanish qonuni bajarilishini (berilgan va qabul qilingan elektronlar sonining tengligi) ta’minlovchi ko‘paytuvchilar tanlangan elektron balansi tenglamalari tuziladi:

S -2–8eS+6 1
N+5+eN+4 8

4. Reaksiyaning sxemasiga tanlangan ko‘paytuvchilar stexiometrik koeffitsientlar (1 raqami ko‘rsatilmaydi) sifatida qo’yiladi:
MnS+8HNO3MnSO4+8NO2+H2O.
5. Ayrim hollarda ta’sirlashuvchi oksidlovchi yoki qaytaruvchining bir qismi o‘z oksidlanish darajasini o‘zgartirmaydi. Bunday hollarda stexiometrik koeffitsientni tanlash tenglamaning o‘ng tomonidan boshlanadi. Masalan, Cu+HNO3Cu(NO3)2+NO+H2O reaksiyada

C u0–2eCu+2 3
N+5+3eN+2 2

a) Cu+HNO33Cu(NO3)2+2NO2+H2O.
b) 3Cu+8HNO33Cu(NO3)2+2NO2+H2O.
6. Reaksiyada o‘z oksidlanish darajasini o‘zgartirmagan elementlari bo‘lgan moddalar uchun koeffitsientlar tanlanadi:
MnS+8HNO3MnSO4+8NO2+4H2O.
3Cu+8HNO33Cu(NO3)2+2NO2+4H2O.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish