1.17. Modda miqdori 0,25 mol bo‘lgan kaliy sulfat (K2SO4) necha gramm keladi?
Yechish. Masalani yechish uchun (1.4) formuladan foydalanamiz: m=vM=0,25.174=43,5 g.
1.18. 0,1 mol karbonat angidrid (CO2) necha g keladi? (Javob: 4,4 g).
1.19. 0,5 mol kalsiy fosfat [Ca3(PO4)2] necha g keladi? (Javob: 155 g).
1.20. 17,2 g gips (CaSO4.2H2O) da nechta oltingugurt va kislorod atomlari bor?
Yechish. Masalani yechish uchun avvalo (1.4) formula asosida modda miqdori topiladi. so‘ngra modda miqdori Avogadro soni va moddadagi atomlar soniga ko‘paytiriladi:
mol.
N(S)=v.6,02.1023=0,1.6,02.1023=6,02.1022.
N(O)=.6,02.1023=0,1.6.6,02.1023=3,612.1023.
1.21. 234 g kalsiy digidrofosfat [Ca(H2PO4)2] dagi kalsiy, vodorod, fosfor va kisdorod atomlarining sonini toping.
(Javob: Ca-6,02.1023; H -24,08.1023, P-12,04.1023, O-48,16.1023).
1.22. Massasi 48 kg bo‘lgan ozonda nechta kislorod atomi bor? (Javob: 1,8·1027).
1.23. 84 t alyuminiy ftoriddagi ftor atomining sonini toping. (Javob: 1,8·1030).
1.24. Ag2O ning qancha massasida Ag3PO4 ning 41,86 g massasidagicha kumush atomi bo‘ladi?
Yechish. Ag3PO4 ning modda miqdori mol ni topamiz. Shuncha miqdor moddaga to‘g‘ri keladigan atomlar soni: NAg=0,1.6,02.1023=3.6,02.1022=1,806.1023.
(1.4) va (1.5) formulalardan modda miqdorining har bir formuladagi qiymatini tenglashtirib, ni hosil qilish va undan moddaning massasini
g
topish mumkin.
1.25. Ammoniy nitratning qancha massasida 8,5 g natriy nitratdagicha azot atomi bo’ladi? (Javob: 4,0 g).
1.26. Natriy fosfatning qancha massasida 0,34 g fosfindagicha fosfor atomi bo‘ladi? (Javob: 1,64 g).
KIMYOVIY FORMULALAR BO‘YICHA HISOBLASHLAR. MASSA ULUSH
1.2.1. KIMYOVIY MODDA TARKIBIDAGI ELEMENTNING VA
ARALASHMA TARKIBIDAGI MODDANING MASSA ULUSHI
Massa ulush berilgan tarkibiy qism massasining (m) modda umumiy massasiga (m) nisbatiga teng:
, (1.8)
bu erda – massa ulush, o‘lchamsiz kattalik, foizlarda ifodalash uchun 100 ga ko‘paytiriladi; m - aralashma (yoki eritma) tarkibidagi tarkibiy qismning massasi, kg, g, t ; m - aralashma yoki eritmaning massasi, kg, g, t.
Ushbu formulaga mos ravishda modda tarkibiga kirgan element atomining massa ulushi ham aniqlanishi mumkin, buning uchun bu formulaga ayrim o‘zgartishlar kiritamiz:
(1.9)
1.27. KMnO4 tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini hisoblang.
Yechish: Masalani yechish uchun (1.9) formuladan foydalanamiz:
yoki 24,7 %; yoki Mn=34,8 %; yoki O=40,5 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |