9.5. 0,5 M chumoli kislota eritmasidagi vodorod ioni konsentratsiyasi topilsin. (Javob: 9,51 0-3 M).
9.6. 2,5 % sianid kislota eritmasidagi sianid ioni konsentratsiyasi topilsin. (Javob: 2,41 0-5 M).
9.7. 1,5 M gipoxlorit kislota eritmasidagi vodorod ioni konsentratsiyasi topilsin. (Javob: 2,741 0-4 M).
9.8. Agar gipobromit kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 0,65 % bo‘lsa, uning dastlabki konsentratsiyasi qanday bo‘lgan?
Yechish: Ostvaldning suyultirish qonuni formulasidan foydalanib, dastlabki konsentratsiya topilishi mumkin. Gipobromit kislota kuchsiz kislota bo‘lganligi uchun formula ko‘rinishda yozilishi mumkin (11). Bundan .
9.9. Agar gipoyodit kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 0,056 % bo‘lsa, eritmada nechta HJO molekulasi bo‘lgan?
Yechish: Yuqoridagi masalani echgandagiday kislotaning dastlabki konsentratsiyasi topiladi: .
So‘ngra formuladan n=cV=7,310-51=7,310-5 mol hisoblanadi. Modda miqdori asosida N=7,310-56,021023=4,41019.
9.10. Agar moy kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 0,98 % bo‘lsa, eritmadagi vodorod ioni konsentratsiyasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Avvalo kislotaning dastlabki konsentratsiyasini hisoblaymiz: .
So‘ngra (9.2) formula yordamida vodorodning konsentratsiyasi topiladi: M
9.11. Agar plavik kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 1,85 % bo‘lsa, uning dastlabki konsentratsiyasi qanday bo‘lgan? (Javob: 2 M).
9.12. Agar izomoy kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 1,08 % bo‘lsa, kislotaning va eritmadagi vodorod ionining konsentratsiyalari qanday bo‘lgan? (Javob: 0,12 va 1,310-3 M).
9.13. Agar sut kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 2,6 % bo‘lsa, 1 l eritmada nechta CH3CH(OH)COOH molekulasi bo‘lgan? (Javob: 1,251023).
9.2. Ionli reaksiyalar
9.14. Quyidagi reaksiyaning molekulyar, to‘liq va qisqartirilgan ionli tenglamalarini tuzing va unga koeffitsientlar tanlang:
BaCl2+Na2SO4BaSO4+NaCl,
Yechish: Molekulyar tenglamaga koeffitsient tanlansa:
BaCl2+Na2SO4BaSO4+2NaCl
hosil bo‘ladi. Bu tenglamadagi BaCl2, Na2SO4, va NaCl moddalar ionlar holida bo’lib, BaSO4 kam eriydigan cho‘kma bo‘lganligi uchun mazkur reaksiyaning to‘liq ionli tenglamasi:
Ba2++2Cl-+2Na++SO42-BaSO4+2Na++2Cl-
bo‘ladi. Bu tenglamaning har ikkala tomonidagi o‘xshash ionlar tashlab yuborilsa, qisqartirilgan ionli tenglama
Ba2++SO42-BaSO4
hosil bo‘ladi.
9.15. Quyidagi reaksiyalarning molekulyar, to‘liq va qisqa ionli tenglamalarini tuzing va ularga koeffitsientlar tanlang:
a) CaCl2+Na2C2O4CaC2O4+NaCl,
b) Ca(NO3)2+Na2CO3CaCO3+NaNO3,
c) NH4Cl+KOHKCl+NH3+H2O, d) CO2+NaOHNaHCO3,
e) KCl+AgNO3AgCl+KNO3,
f) Fe2(SO4)3+KOHFe(OH)3+K2SO4,
g) CuO+HClCuCl2+H2O, h) H2SO4+NaOHNa2SO4+H2O,
i) CaCO3+CO2+H2OCa(HCO3)2.
9.16. Quyidagi qisqartirilgan ionli tenglamani to‘liq ionli va molekulyar tenglamalar shaklida tasvirlang:
Co2++S2-CoS.
Yechish: To‘liq ionli tenglamani tuzish uchun Co2+ va S2- ionlarga to‘g‘ri keladigan, suvda yaxshi eriydigan ionli birikmalarni tanlaymiz. Ularga, masalan, CoCl2 va Na2S ionli birikmalar to‘g‘ri keladi. Shu asosda to‘liq ionli va molekulyar tenglamalarni quyidagicha yozsa bo‘ladi:
Co2++2Cl-+2Na++S2-CoS+2Na++2Cl-,
CoCl2+Na2SCoS+2NaCl.
9.17. Quyidagi qisqartirilgan ionli tenglamalarni to‘liq ionli va molekulyar tenglamalar shaklida tasvirlang:
a) Ca2++C2O42-CaC2O4, b) Mg2++CO32-MgCO3,
c) NH4++OH-NH3+H2O, d) Ag++Cl-AgCl,
e) CO32-+H+CO2+H2O, f) Fe3++S2-Fe2S3,
g) Cu2++S2-CuS, h) SO42-+Pb2+PbSO4,
i) CO32-+Fe2+FeCO3.
9.18. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang, koeffitsientlar tanlang, uni molekulyar va ionli shakllarda yozing:
Cu(OH)2+HCl...
Yechish: Cu(OH)2 kam eriydigan cho‘kma bo‘lib, u kuchli kislotalarda eriydi, uning erishi natijasida kuchsiz elektrolit H2O hosil bo‘ladi, H2O ning hosil bo‘lishi muvozanatni o‘ngga siljitadi:
Cu(OH)2+2HClCuCl2+2H2O,
Cu(OH)2+2H++Cl-Cu2++2Cl-+2H2O.
9.19. Quyidagi reaksiya tenglamalarini tugallang, koeffitsientlar tanlang, ularni molekulyar va ionli shakllarda yozing:
a) CoCl2+H2S..., b) MgCl2+Na2CO3...,
c) Co(NO3)2+NaOH..., d) AgNO3+NaJ...,
e) Co(OH)2+HCl..., f) FeS+HCl...,
g) CuS+HNO3..., h) H2SO4+Sr(NO3)2...,
i) MnCO3+H2SO4..., j) Cr(OH)3+NaOH...
9.20. Sr(XO3)2 suvda eritilganda uning 63,6 g massasi to‘liq dissotsilanganda 0,9 mol ion hosil bo‘lsa, tuz tarkibidagi X ni toping.
Yechish: Tuzning dissotsiatsiyasi:
Sr(XO3)2Sr2++2XO3-
tenglama bilan isodalanadi. Bunda bitta Sr2+ va ikkita XO3- ion hosil bo‘lganligi uchun: va x=212. . 184+2X=212; x=14. Demak, X azot ekan.
9.3. Suvning dissotsilanishi. Kuchli va kuchsiz kislota va asoslar eritmalarida pH qiymati
Suv kuchsiz elektrolit bo‘lib, u ham ionlarga dissotsilanadi. Bunda H2OH++OH- muvozanat o‘rnatiladi.
Bu muvozanatga massalar ta’siri qonuni tatbiq etilsa:
(9.4)
hosil bo‘ladi. Tenglamadagi va doimiy qiymatlar bo‘lganligi uchun uni shaklda yozish mumkin. Tegishli qiymatlar bu ifodaga qo‘yilsa:
(9.5)
yuzaga keladi. Demak, suvli eritmalarda [H+] va [OH-] qiymatlar ko‘paytmasi doimiy bo‘lib, 10-14 ga teng. Muhit kislotali bo‘lganda [H+]>[OH-] va muhit ishqoriy bo‘lganda [H+]<[OH-] bo‘ladi. Muhitni bunday ifodalash noqulay bo‘lganligi uchun pH tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u pH=lg[H+] (9.6) va pOH=-lg[OH-] (9.7) formulalar bilan ifodalanadi.
(9.5) ifoda logarifmlansa: (9.8) hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |