O. F. Fayzullayev, O. O. Fayzullayev, L. U. Maxmudov


Masala yechish ko‘nikmasi



Download 2,17 Mb.
bet2/66
Sana01.02.2023
Hajmi2,17 Mb.
#906290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
2 5336991744296748851

Masala yechish ko‘nikmasi
amaliyot orqali egallab
olinadigan san‘atdir.
Soz boshi
Akademik litseylarning talabalari fanni chuqur o‘zlashtirishlari uchun turli kimyoviy masala va mashqlarni mustaqil echa bilishlari kerak. Talabalarda hisoblashga doir masalalarni yechish ko‘nikmasining shakllanishi, ularni ijodiy fikrlash, kimyoviy jarayonlarni har tomonlama talqin qilish, ularning mohiyatini chuqur tushunishga olib keladi. Bularning barchasi dasturni to‘liq qamrab olgan masala va mashqlar to‘plamlarining yaratilishi bilan bog‘liq.
Hozirgi vaqtda nashr etilgan ko‘plab masala va mashqlar to‘plamlari yangi davlat standartlari asosida yaratilgan o‘quv dasturlariga mos kelmaydi. Mazkur to‘plam shu sohadagi kamchiliklarni qisman bo‘lsa-da barham berishga qaratilgan. U uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi umumiy kimyo, ikkinchi qismi anorganik birikmalar kimyosi va uchinchi qismi organik birikmalar kimyosiga bag‘ishlangan.
To‘plamning birinchi qismiga kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, atom va molekulalar tuzilishi, kimyoviy bog‘lanish, kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat, termokimyoviy va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, eritmalar, elektrolitik dissotsiatsiya va elektroliz, anorganik birikmalarning asosiy sinflari, kislota va asoslar haqidagi tasavvurlar bo‘yicha masala va mashqlar kiritilgan.
To‘plamga kiritilgan masalalar oddiydan murakkabga tomon yo‘naltirilgan holda joylashtirilgan. Hisoblashga doir kimyoviy masalalarni bir necha usullar yordamida yechish mumkin. Mazkur to‘plamda masalalarni yechishning eng qisqa yo‘llari bilan bir qatorda matematik mushohada yuritishga undaydigan yechim usullari ham keltirildi. Keyingi yillarda o‘quvchilarda yo‘nalish fanlaridan boshqalariga qiziqish va intilishning kamayishi ular bilimining sayozlashishiga olib kelmoqda. Kimyo fani matematika va fizika fanlari yutuqlariga tayanadigan fan bo‘lganligi uchun kimyoni yaxshi o‘zlashtirish bu fanlarni ham chuqur bilishni talab etadi. Shu bois to‘plamga matematik mushohadani talab etuvchi masalalar va yechimlarning kiritilishi o‘zini oqlaydi, deb hisoblaymiz.
Har bir bobning boshida qisqacha nazariy ma‘lumot, formulalar, ularning izohlari keltirilgan bo‘lib, bu materiallar tavsiya qilinayotgan masala va mashqlarni yechishda talabalarga yordam beradi. Tavsiya qilinayotgan masalalarning namunaviy yechimlaridan keyin mustaqil yechishga mo‘ljallangan masala va mashqlar javoblari bilan keltirilgan. To‘plam oxirida murakkablashtirilgan va olimpiada masalalari namunalari yechimlari bilan keltirilgan.
To‘plamga kimyoviy elementlarning oydinlashtirilgan nisbiy elektr manfiyliklari, nisbiy atom massalari va ularning ochilgan yillari kiritilgan davriy sistema, kislota va asoslarning suvli eritmalardagi dissotsiatsiya konstantalari, bir qator kam eruvchan birikmalarning eruvchanlik kopaytmalari, ayrim moddalarning entalpiya va entropiyasi qiymatlari, qator oksidlanish-qaytarilish juftlarining normal potensiallari jadvallari ilova qilingan. Jadvallardan masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan qiymatlarni olish tavsiya qilinadi.
To‘plam akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari talabalari va o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, shuningdek, kimyoni mustaqil o‘rganuvchilar, hamda oliy oquv yurtlariga kiruvchilarga mo‘ljallangan. Undan oliy o’quv yurtlarining past kurslari talabalari ham foydalanishlari mumkin.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish