16-rasm. Davrli nafas tiplari:
a - Cheyn-Stoks; b
-
Biot
N afas m arkazi q o ‘zg‘aluvchanligi pasayganda C 02 ning odatdagi
konsentratsiyasi nafas markazini qo‘zg ‘ata olmaydi. N afas to ‘xtashi -
a p n o e s o d ir b o ‘la d i. K e y in c h a lik C 0 2 y ig ‘ilis h i su s t n a fa s
h a ra k a tla rin in g pay do boM ishiga o lib k e la d i. N a fa s h a ra k a tla ri
kuchayadi, ularning am plitudasi kattalashadi. Rivojlanadigan o‘pka
giperventilatsiyasi organizmdan C 0 2 chiqib ketishiga olib keladi. Nafas
harakatlari susayadi, yana apnoe sodir bo‘ladi. C heyn-Stoks davrli
nafasi dekom p ensirlang an y urak poroklarida, m iya gipoksiyasida,
urem iyada, «tog*» kasalligida, qariyalarda uyqu vaqtida uchraydi.
B io t tipidagi nafas
(1 6 -rasm , b) nafas harakatlarining odatdagi
am plitudasida pauza - apnoe b o ‘lishi bilan tavsiflanadi. Biot nafasi
m iya yallig‘lanish kasalliklarida (meningit, ensefalit), zaharlanishlarda,
issiq urishida kuzatiladi.
Terminal nafas o ‘lim oldida kuzatiladi. Terminal nafas turlaridan
biri K ussm aul nafasi hisoblanadi. Bu katta shovqinli nafas bo ‘lib,
k o ‘pincha diabetik va urem ik komada uchraydi. Terminal yoki agonal,
gasping nafas («gasp» - inglizcha «havo tutmoq, ushlamoq») bir—ikki,
siyrak, tobora susayadigan nafas b o ‘lib, vaqtincha nafas to ‘xtashidan
keyin (preterminal pauza) uchraydi. Mexanizmi: uzunchoq miya kaudal
q ism i hu jay ralarin in g m iya o ‘rta qism lari ishi to ‘xtashidan keyin
q o ‘zg‘alishi.
Asfiksiya (a - «inkor, y o ‘q»; «sphyxis» - «puls») qon va to‘qimaga
0 2kirmasligi va C 0 2 chiqarilmaslik holati. Sabablari: bo‘g ‘ilish, suvga
cho‘kish, nafas y o ‘llariga yot jism tushishi, bo‘g ‘iz va o‘pka shishishi.
A sfiksiya davrlari: I d avr-inspirator hansirash bilan tavsiflanadi.
N afas tez va chuqur. S im p atik asab tizim i tonusi ustivorlik qiladi
(taxikardiya, arterial bosimning ko‘tariIishi); II davr ekspirator hansirash
bilan kechadi. N afas siyraklashadi. Parasim patik asab tizim i tonusi
ustivorlik qiladi (bradikardiya, arterial bosim pasayadi); III davrga nafas
to ‘xtashi - apnoe xos (1 -2 daqiqa davom qiladi), keyin bir necha siyrak
talvasali nafaslar - gasplar paydo bo‘ladi. So‘ng nafas falajlanadi va
o ‘lim sodir bo‘ladi.
P n e v m o to rak s - plevra b o ‘shlig‘iga havo kirishi. Ochiq, yopiq,
klapanli pnevmotoraks bo‘lishi mumkin. Ochiq pnevmotoraksda plevra
bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan tutashgan bo‘ladi: nafas olganda unga havo
kiradi, chiqarganda havo chiqadi. Yopiq pnevmotoraks plevra bo‘shlig‘iga
havo bir marta kirishi bilan tavsiflanadi. Masalan, ko‘krak qafasi travmasi,
p lev ra b o ‘s h lig ‘iga su n ’iy rav ish d a havo y u b o rish d a (davolash
pnevm o to raksi) shu n d ay b o ‘lish i m um kin. E ng x a v flisi klapanli
pnevmotoraks hisoblanadi. Pnevmotoraksning bu xilida ko‘krak qafasi
yoki o ‘pka to‘qimasi shikastlanadi va klapan hosil bo‘ladi. Havo ko‘krak
qafasiga kiradi, ammo chiqa olmaydi, unda y ig‘ila boshlaydi, natijada
havo ko‘krak qafasi organlarini qisadi va hayot uchun xavf tug‘diradi.
Bolaning ona qom idagi davri asfiksiyasi va chaqaloqlar asfiksiyasi.
Asphyxia neonatorum - chaqaloqlar asfiksiyasi - chaqaloqlarda nafas
b u z ilish i n a tija s id a k e lib ch iq ad ig an k islo ro d y e tish m o v c h ilig i.
Sabablariga b o g 'liq holda: 1) ona organizm ida 0 2 yetishm ovchiligi
y o k i
C 0 2
k o ‘p lig i
( y u ra k - to m ir
k a s a llik la r i,
y u rak n in g
dekompensatsiyalashgan poroklari, o‘pkaning o g ‘ir kasalliklari, ko ‘p
miqdorda qon yo‘qotish va b.) natijasida kelib chiqadigan chaqaloqlar
asfiksiyasi; 2) yo‘ldosh tomirlarida qon sirkulatsiyasi buzilishi (chin
tugun, qisib o*rash, o ‘rta c h a jo y lash g an y o ‘ld o sh n in g ezilish i va
ko‘chishi) natijasida rivojlanadigan chaqaloqlar asfiksiyasi; 3) homila
rivojlanishi nuqsonlari tufayli: MAT kasalliklari, og ‘ir tug ‘m a yurak
poroklari, tug‘riqda bosh suyagi ichi travm asi, chaqaloqlar gemolitik
kasalligi va b. bilan bog‘liq chaqaloqlar asfiksiyasi; 4) nafas yo‘llarining
to ‘liq va qisman bekilishi (shilimshiq, m ekoniy)dan sodir bo‘ladigan
chaqaloqlar asfiksiyasi farqlanadi. Asfiksiyaning og‘irlik darajasi Apgar
shkalasi bilan ifodalanadi. 0 ‘rtacha so g ‘lom chaqaloq 9 -1 0 ball (5
belgidan: teri rangi, mushak tonusi, nafas, yurak, reflekslar, har bittasiga
2 balldan) bilan baholanadi. 5 -6 ball hayotiy fiinksiyalarining o ‘rtacha
su sa y ish i d eb q ab u l q ilin a d i; fu n k s iy a la ri k e s k in susay g an
chaqaloqlarda 4 va undan kam ballar registratsiya qilinadi. Umumiy
ball «0» bo'lishi klinik o iim n i ko’rsatadi.
M ashg‘ulotda b a ja rila d ig a n am aliy ish la r v a o‘zlashtirilish i lozim
b o ‘lgan am aliy ko^nikm alar bilan tanishish
1-ish.
Baqada tajribaviy davrli nafas chaqirish.
B aqa orqa m iyasi sh ik astlan ib h a ra k a tsiz la n tirila d i. B ir necha
daqiqadan keyin spinal shok o ‘tib ketishi va nafas tiklanishi bilan baqa
taxtachaga qom ini yuqoriga qaratib yotqiziladi. Pastki jag* terisiga
serfinka ildiriladi va u yozadigan pishangcha (richajok) ipiga ulanadi.
Kim ograf ishga tushurilib nafas harakatlari qog‘oz tasmasiga yoziladi.
Keyin hayvonning biqin terisi ostiga 1,0-1,5 m i 10% li natriy nordon
azoti eritmasi yuboriladi. 5 - 1 0 daqiqa o ‘tgandan keyin kimograf yana
ishga tushiriladi va davrli nafas yozib olinadi.
2-ish.
Kalamushda tajribaviy asfiksiya.
Kalamush taxtachaga bog‘lanadi. Son mushagiga 100 g og‘irligiga
0,1 m l h iso b id a 10% li g ek sen al e ritm a s i y u b o rila d i. N a rk o z
boshlangandan keyin kalam ush bo‘ynida b o ‘g ‘iz ochiladi va uning
tagiga ligatura o ‘tkaziladi. Hpigastral soha terisig a M endeleevning
yopishqoq qorishmasi yordamida ilgak o ‘matiladi, unga kimograf bilan
ulangan ip bog‘lanadi. Dastlabki nafas yozilib, bo‘g ‘iz unga qo‘yilgan
ligatura yordamida asta-sekinlik bilan qisiladi va asfiksiyaga xos nafas
harakati buzilishlari (inspirator va ekspirator hansirash, apnoe, terminal
nafas) registratsiya qilinadi.
Jihozlar:
baqalar, kalamushlar, baqa uchun taxtacha, kalamush uchun
stolcha, kimograf, yozuvchi pishangchalar, serfmkalar, 10% li natriy nordon
azoti eritm asi, 10% li geksenal eritm asi, shprits, qaychilar, pinsetlar,
Mendeleev yopishqoq qorishmasi, simdan tayyorlangan ilgak, iplar.
AUDITORIYAISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |