O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/219
Sana28.05.2022
Hajmi11,17 Mb.
#612706
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

O'sma oldi holatlari
shunday patologik jarayonlarki, ular ko'p yoki 
kam foiz holatlarda malignizatsiyaga uchrash layoqatiga ega. Obligat 
va fakultativ rak oldi holati farq qilinadi. Obligat rak oldi holati yetarli 
darajada tez-tez xavfli o'sm aga aylanish bilan (masalan, y o 'g 'o n ichak, 
m e ’d a p o lip o z i, p ig m e n tli k se ro d e rm a , m a s to p a tiy a n in g ayrim
shakllari); fakultativ rak oldi holati - m alignizatsiyaga nisbatan kam 
hollarda uchrash ehtimoli bo'lishi bilan tavsiflanadi (bachadon bo'yni 
eroziyasi, diffuz m astopatiyaning k o 'p g in a shakllari, anatsid gastrit, 
m e’da yara kasalligi).
L. M. Shabad bo'yicha (1979) xavfli o'sm alar rivojlanishining to 'rt 
bosqichini ajratish mumkin: 1 - notekist diffuz giperplaziya bosqichi
2 - o'choqli proliferatlar bosqichi; 3 - nisbatan xavfsiz o'sm a bosqichi 
(miomalar, adenomalar, fibromalar); 4 - xavfli o 'sm a (rak, sarkoma) 
rivojlanish bosqichi. O 'sm a rivojlanishida ham m a to 'r t bosqichning 
b o 'lis h i shart em as. K o 'p in c h a xavfli o 's m a o 'c h o q li pro liferatlar 
bosqichidan keyin darhol rivojlanadi.
A yrim h o latla rd a rak n in g riv o jla n ish i k asb g a oid kanserogen 
om illarning ta ’siri bilan b o g 'liq . M asalan: X V III asrda A ngliyada 
bolalikdan boshlab tutun chiqaruvchi quvurlam i tozalovchi shaxslarda 
«quvur tozalovchilar raki» - moyak xaltasi terisi raki, son ichki yuzasi 
va qorin raki, Saksoniya va Chexiya kon qazuvchilarida bronxogen 
rak, rentgenologlarda rentgen ta’sirida kelib chiqadigan kasb teri raki, 
anilin zavodi ishchilarida siydik pufagi raki va b. kuzatilgan.
O 'sm alar o'sishi ko'pincha turmushdagi zararli odatlar bilan bog'liq. 
Trubka chekkanda pastki lab rak i, nos chekkanda o g 'iz b o 's h lig 'i 
o 's m a s i (o g 'iz b o 's h lig 'i tu b i, til), sig a re ta chek kanda o 'p k a raki 
rivojlan ish xavfi paydo b o 'la d i. Yer qirrasin in g ayrim hududlarida 
(Hindiston va b.) yilning sovuq vaqtlarida odamlar kiyim ostida ko'm ir 
c h o 'g 'i solingan tuvakcha olib yurishadi, yuqori harorat ta’sirida doimiy 
qitiqlanish natijasida qorin terisi raki rivojlanadi (kengri - rak).
Antiblastom rezistentlik
organizm ning rakka qarshi chidam liiigi, 
avvalo im m uno lo gik n a z aro t bilan b o g 'liq . Im m un tiz im antigen 
gomeostazi, ya’ni to'qim a va hujayralar antigen tarkibining doimiyligi 
uch un ja v o b b erad i. R ak im m u n o lo g iy asi k an sero g en ezn in g eng 
m u rak k ab m a sa la ia rid a n biri h iso b la n a d i. O rg a n iz m d a o 's m a
riv o jla n ish ig a n isb a ta n im m u n o lo g ik re a k s iy a m av ju d . O 'sm a


tra n sfo rm atsiy a si y o ‘lig a tushgan hujayra organizm im m unologik 
nazaroti tom onidan elim inatsiya qilinadi (yo‘qotiladi). Im m un tizim 
noto‘g‘ri rivojlanish dasturiga ega bo‘lgan hamma hujayralami bartaraf 
q iladi. O rganizm ni o ‘sm alardan birlam chi him oyalovchi hujayralar 
sifatida tabiiy killerlar xizm at qiladi (ayrisim on bez ta ’siriga bog‘liq 
b o im a g a n limfotsitlar avtonom tizimi). Ular o ‘sma nishonini oldindan 
sensibilizatsiyalam asdan o ‘ldiradi. Birlamchi him oyalashning boshqa 
hujayralari sifatida m akrofaglar xizmat qiladi. U lar antigenni ushlaydi 
va submolekular shaklga o‘tkazishi mumkin. Mobil makrofaglar antigen 
to ‘g ‘risid a axborotni T -lim fa tsitla r-x e lp e rla rg a uzatadi va kelgusi 
im m u n o lo g ik re a k s iy a la rn in g ish g a tu sh ish id a n d a ra k beradi. 
M akrofaglar k o ‘pincha o ‘sm ani infiltirlaydi va kuchli sitoksik ta’sir 
k o ‘rsatadi. M akrofaglar eruvchi omil - interleykin - 1 (IL -1 ) ishlab 
chiqaradi. IL-1 ta’sirida T-xelperlar IL -2 ishlab chiqaradi, uning ta’sirida 
T -killerlar faollashadi va o ‘sma hujayrasi nishoniga maxsus sitotoksik 
ta ’sir k o ‘rsatadi. Bir vaqtda T -xelperlar antigen to ‘g ‘risida axborotni 
tinch holatidagi V -hujayralarga uzatadi. U lar plazm atik hujayralarga 
differinsiyalanishga boshlaydi va to IL -2 ajralib turguncha ko‘payadi. 
Plazm atik hujayralar IgM va IgG ishlab chiqaradi.
Immun tizimning o ‘sma o ‘sishidan himoya qilishda to ‘g ‘ri funksiya 
qilishi shunchalik m uhim ki, hatto klonal-seleksiya nazariya asoschisi 
F. B ernet uni im m un tizim n in g yetakchi va a so siy funksiyasi deb 
hisoblagan. G o‘yo organizm o ‘sm a rivojlanishidan him oya qiluvchi 
ishonchli himoyaga ega ekandek tuyiladi, ammo bir qator omillar borki
u lar rakka qarshi im m unitetning rivojlanishiga y o ‘l bermaydi:
- xavfli o‘smalar asosan tabiiy immunitet darajasi pasaygan keksa 
yoshdagilarda rivojlanadi;
- o ‘sma to‘qimasi rivojlanishining ilk bosqichlarida, hamma vaqt 
ham yetarli darajada kuchli, yuqori immun jav o b chaqiruvchi antigen 
hisoblanm aydi (antigen m im ikriyasi hollari);
- о ‘sma hujayralari immun omillar ta’siridan himoyalangan boUishi 
m um kin;
- o ‘sma o ‘sishining o‘zi immunodepressiya chaqirishi mumkin;
- tashqi m uhit k o ‘pgina om illari kanserogen ta ’siridan tashqari 
im m unodepressiv ta ’sirga ega b o 'lish i m um kin (m asalan, radiofaol 
nurlanish va b.);
- tashqi m uhit k o ‘pgina salbiy om illarining doim iy va surunkali 
t a ’s ir i (ch ek ish , k asb k a n s e ro g e n la ri) im m un m ex a n izm larin in g


zo'riqishi va so‘ng sinishiga olib keluvchi uzoq m uddatli va haddan 
tashqari patologik ta’sir k o ‘rsatadi;
- ayrim viruslar (masalan, gepatit V virusi va b.) hujayra DNK si 
bilan to‘liq integrirlanadi va haqiqatda ham organizm hujayralarining 
onkogeni b o ‘lib qo ladi. V aholanki, bu h o latd a genetik m im ik riya 
rivojlanadi, natijada virus o‘z qiyofasini yashiradi (maskirovkalanadi), 
uning immunkompetent hujayralar tomonidan tanish jarayoni buziladi;
- xavfli o ‘sm alar OITS (SPID ) kabi k asallik larn in g y o ‘ldoshi 
hisoblanadi. M asalan, yoshlarda uchraydigan OITS da rivojlanadigan 
Kaposhi sarkom asi (odatda bunday b o ‘lm aydi) bu kasallikning k o ‘p 
uchraydigan asorati hisoblanadi. Bunga o g ‘ir im m untanqislik olib 
keladi;
- o‘sma rivojlanishiga olib keluvchi im m untanqisliklar k o ‘pgina 
surunkali infeksion kasalliklar, qo‘shim cha im m unodepressiv ta ’sir 
q ilish x u s u s iy a tig a eg a d o riv o r m o d d a la m in g u z o q m u d d a td a
qo‘llanilishi va ayniqsa, ko‘chirib o ‘tkazilgan a ’zolar ajralishining oldini 
o lish uch un m a x su s is h la tila d ig a n im m u n o d e p re s s a n tla m in g
(siklosporin va b.) q o ‘Uanilishida yuzaga keladi. B uyrak k o ‘chirib 
o 'tk azilg an d an k eyin o ‘sma k asallik lari b ila n o g 'ris h o ‘n m artaga 
k o ‘payadi;
- shunday v iru s la r borki (T -h u ja y ra li leykoz v irusi), u lar T -
lim fo ts itla rn in g b u z ilis h ig a e m a s, a k s in c h a u la rn in g x a v fli 
proliferatsiyasiga olib keladi. Bu holda o*sma jarayonining oldini olish 
uchun lim fatik tizim holatiga bo g‘liq b o ‘lgan imm un jav o b yetarli 
b o ‘lmay qoladi.
Shunday qilib, imm un tizim funksiyasining buzilishi o ‘sma hosil 
bo‘lishi va rivojlanishining eng muhim patogenetik omili hisoblanadi.
O 'sm a la rn in g ta jr ib a nusxasini y a ra tish :
- o‘sm alam i transplatatsiya qilish usuli. Dunyoda birinchi m arta 
rak va sarkomaning katta itdan kuchukchaga muvaffaqiyatli k o ‘chirib 
o ‘tkazilishi rus veterinar vrachi M. A. N ovinskiy tomonidan am alga 
o sh irilg an . H o z irg i v a q td a tra n sp la n ta tsiy a n in g q u y id ag i tu rla ri: 
autotransplantatsiya -
shu organizmning o 'zid a to 4qimaning bir joydan 
ikkinchi jo y g a , 
izo tra n sp la n ta tsiy a -
t o ‘q im a n in g b ir xil n a s lli 
h ay v o n n in g
b irid a n
ik k in c h is ig a , 
g o m o tr a n s p la n ta ts iy a
(allotransplantatsiya) - to‘qimaning bir xil turdagi hayvonning biridan 
ik k in ch isig a va 
g e te ro tra n sp la n ta tsiy a
(k se n o tra n sp la n ta tsiy a ) -
t o ‘q im anin g b ir tu rd a g i h a y v o n -d a n ik k in c h i tu rd a g i h a y v o n g a 
ko‘chirib o ‘tkazilishi q o ‘llaniladi;


-
0
‘sm alarai indutsirlash - kimyoviy va fizik kanseragenlar bilan 
ta’sir qilish orqali o ‘sma chaqirish. Yaponiyalik olim lar Yamagiva va 
Ish ik a v a q u y o n q u lo g ‘ iga to s h k o ‘m ir q a tro n in i s u rtis h o rq ali 
hayvonlarda deyarli 100 
%
holatlarda o ‘sma chaqirishgan;
- o'sm alam i ekplantatsiya qilish - o'sm a to'qim asini organizmdan 
tashqarida (in vitro) ekish va o'stirish. Rossiyada birinchi marta hujayra 
va to 'q im a n i e k ish n i 1912-yilda p ato fizio lo g A. D. T im ofeevskiy 
q o 'lla g a n
va 
k a n s e ro g e n
m o d d a la r 
t a ’s irid a
to 'q im a
m a lig n iz a ts iy a la n is h in i t a ’rifla g a n . O dam o 's m a to 'q im a s in in g
(bachadon bo'yni raki) ekilishi mumkinligiga birinchi marta 1950-yiIda 
Dj. Gey erishgan. Ekilgan to 'q im a H ela deb nomlangan. Bu ekilgan 
to'qim a (kultura) hozirgi kunda ham yashamoqda.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish