- ularda impulslar oldindan, oraliq qayta ishlanadi va kollateral
aloqalar hosil
bo‘ladi - neyronlarga boiish mumkin.
Odam miyasi 25 milliard atrofida neyron ushlaydi; orqa miya bilan birgalikda
u MAT ni tashkil qiladi. Hammasi bo* lib 25 milliongacha hujayralar periferiyada
bo‘ladi yoki periferiyani MAT bilan biriktiradi. Asab hujayralari bir-birlariga
har xil yo‘llar bilan sinapslar orqali ulanadi, ulaming semi neyronlarga qaraganda
juda ko‘p (ming marta). Sinaptik kontaktlar boshqa hujayra turlari, jumladan,
retseptorlar (axborot oluvchi
hujayralar, masalan, sensor a’zolar hujayralari) va
effektorlar (masalan, mushak hujayralari) bilan ham hosil boiadi.
2. Refleks
(lotincha «reflection» - «aks etish»). Organizmning MAT
ishtirokida amalga oshiradigan har qanday javob reaksiyasi refleks deb nom olgan.
Refleks tushunchasi XVII asr o ‘rtalarida fransiyalik buyuk olim Rene Dekart
tomonidan kiritilgan. «Refleks» atamasining o‘zi esa XVII asrda chexiyalik
fiziolog Proxazka tomonidan taklif qilingan.
Reflektor aktlar faqat asab tizimi bor organizmlarga xos. «Murakkab organizm
hayotida, - deb yozadi ulug‘ rus fiziologi I. P. Pavlov, -
refleks nihoyatda muhim
va ko‘p uchraydigan asab hodisasi. Uning yordamida organizm qismlari orasida
doimiy, to‘g‘ri va aniq o'zaro bog‘lanish va bir butun organizmning atrofdagi
sharoitga munosabati o‘matiladi».
Hamma reflekslami shartli va shartsiz reflekslarga boiish qabul qilingan.
Shartsiz reflekslar - bu organizmning tug‘ma, irsiy beriladigan reaksiyalari. Shartli
reflekslar - organizmning individual rivojlanishi davrida «hayotiy ko‘nikma»
asosida orttiriigan reaksiyalari.
3. Reflektor javobining asosi refleks
yoyi hisoblanadi - bu asab
elementlarining maxsus shakllangan kompleksi boiib, ulaming o‘zaro ta’siri
reflektor aktning amalga oshirilishi uchun zarur. Reflektor yoy sinaptik birikmalar
yordamida o'zaro bogiangan afferent, markaziy va efferent qismlaridan iborat.
4. Odam asab tizimi shartli ravishda markaziy va periferik qismlarga boiinadi.
MAT ga bosh va orqa miyalar kiradi. Kalla suyagi va orqa miya asablari, asab
tugunlari va chigallari komplekslari bilan birgalikda periferik asab tizimini tashkil
qiladi. Funksional - morfologik xususiyatlari asosida, shuningdek avtonom yoki
vegetativ asab tizimi deb nomlanuvchi tizim ham ajratiladi. U bosh va orqa miyada
o‘zining ayrim markazlari bilan ifodalangan va periferik
qismining tuzilishi
(vegetativ asab tolalari, tugunlari va chigallari) sohasida o‘ziga xosligi bilan
ajralib turadi. U gomeostaz regulatsiyasini ta'minlaydi.
5. MAT da kulrang va oq moddalar farq qilinadi. Kulrang modda - bu neyronlar
tanasining yig‘indisi, oq modda - mielin pardasi
bilan qoplangan neyronlar
shoxlari hisoblanadi. Kulrang modda bosh miyaning po‘stloq qismi da, miyacha
va po‘stloq osti tugunlari, miya ustunida uchraydi. Orqa miyada kulrang modda
uning o‘rta qismida, oq modda periferiyasida konsentrlangan.
6. Qandaydir funksiyani regulatsiya qilishda ishtirok qiladigan neyronlar
kompleksi asab markazi deb ifodalanadi. «Asab markazi» tushunchasi ko‘pincha
fiziologik ma’noda ishlatiladi, chunki neyronlaming yakdil funksional guruhlarga
biriktirilishi ko‘pincha
asab tizimining har xil, bir-biridan uzoqda joylashgan
asab hujayralariga ham taalluqli.
7.
Birinchi marta miya yuqori bo‘limlari faoliyatming reflektor xarakteri
to‘g‘risidagi tushuncha keng miqyosda va aniq ravishda rus fiziologiyasi asoschisi
I. M. Sechenov tomonidan «Bosh miya reflekslari» kitobida rivojlantirilgan.
Ungacha fiziologlar va nevrologlar hatto ruhiy jarayonlami aniq fiziologik va
obyektiv tahlil qilish imkoniyati to‘g‘risida masala qo‘yishga ju r'a t ham
qilmaganlar. Bu soha butunlay subyektiv psixologiyaga berib qo‘yilgan. I. M.
Sechenov g ‘oyasi shartli va shartsiz
reflekslar usulini yaratgan, bosh miya
po‘st!og‘i funksiyasini obyektiv eksperimental o‘rganish yo‘llarini ochgan va
oliy asab faoliyati to‘g‘risida ta’lim yaratgan I. P. Pavlovning ajoyib ishlarida o‘z
rivojini juda yaxshi topgan.
32-mashg‘ulot
1.
Do'stlaringiz bilan baham: