79
Oʻz navbatida, 2015-yilda ham Markaziy bank muomaladagi pul massasini
tartibga solishda monetar siyosatining bozor instrumentlaridan keng foydalanish va
ularning samaradorligini oshirib borish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.
Bunda asosiy e’tibor, inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlar doirasida
boʻlishini va iqtisodiyotda pulga boʻlgan talab va taklifning mutanosibligini
ta’minlashga qaratiladi.
Shu bilan birga, bank tizimida likvidlik tanqisligi vujudga kelishining oldini
olish va aksincha tizimdagi ortiqcha likvidlikning
iqtisodiyotda inflyatsion
bosimning kuchayishiga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bank tizimi
likvidligini maqbul darajada ushlab turish uchun zaruriy choralar koʻrib boriladi.
Xususan, tashqi savdo balansi ijobiy saldosining ta’minlanishi natijasida
bank tizimida vujudga kelishi mumkin boʻlgan ortiqcha likvidlikning inflyatsion
bosimini oldini olish hamda pul massasini tartibga solish maqsadida tijorat
banklarining boʻsh turgan pul mablagʻlarini
Markaziy bankdagi muddatli
depozitlarga jalb qilish orqali sterilizatsiya operatsiyalari oʻtkazib boriladi.
Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlarni yoʻnaltirilishining davom ettirilishi pul
massasi oʻsishining oldini olishga va uni belgilangan maqsadli koʻrsatkich
doirasida ushlab turishga xizmat qiladi.
Oʻz navbatida, 2015-yilda yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atlarini va
iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida
hamda iste’mol narxlari indeksi boʻyicha hisoblanadigan inflyatsiyaning va YaIM
deflyatorining pasayishi prognoz qilinayotganligini inobatga olib, 2015-yilning
1-yanvaridan
boshlab
Markaziy
bankning
qayta
moliyalash
stavkasi
10 foizdan 9 foizgacha tushirildi.
Qayta moliyalash stavkasining tushirilishi natijasida kreditlar boʻyicha foiz
stavkalarining yanada pasayishi va buning oqibatida xoʻjalik yurituvchi
subyektlarning bank kreditlarini toʻlashdagi foiz toʻlovlari boʻyicha xarajatlarining
kamayishi hamda bank kreditlariga boʻlgan talabning oshishi kutilmoqda.
80
Bundan
tashqari, pul massasining va pul bozoridagi foiz stavkalarining
oʻzgarish dinamikasidan hamda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga
ajratilayotgan kreditlar hajmining oʻsish sur’atlaridan kelib chiqqan holda majburiy
rezervlar normasi zarur hollarda oʻzgartirib boriladi.
2015-yilda ham valuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor milliy
valuta barqarorligini ta’minlashga hamda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi
mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada ragʻbatlantirishga qaratiladi.
Bunda
soʻmning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursini belgilangan koridor doirasida
bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borish orqali uning real effektiv almashuv
kursining pasayib borishi va shu orqali mamlakatimiz eksportyorlari
raqobatbardoshligining oshishi ta’minlanadi.
Oʻz navbatida, soʻmning almashuv kursi keskin tebranishining oldini olish
va uning belgilangan koridor doirasida boʻlishini hamda
ichki valuta bozoridagi
barqarorlikni ta’minlash maqsadida Markaziy bank banklararo valuta bozoridagi
operatsiyalarda faol ishtirok etib boradi.
Bunda Markaziy bank, zarur hollarda, tijorat banklaridan xorijiy valutalarni
(AQSh dollari, evro, yapon iyenasi va funt sterling)
belgilangan muddat va
almashinuv kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish (SVOP operatsiyalari) yoki
xorijiy valutalarni garovga olgan tarzda qayta moliyalash kreditlarini berish
operatsiyalarini amalga oshiradi.
Umuman olganda, yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlarning uygʻunlikda
amalga oshirilishi va monetar siyosat instrumentlarini qoʻllash mexanizmlarini
bozor tamoyillari asosida takomillashtirib borilishi Markaziy bank tomonidan olib
borilayotgan pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga ta’sir
kanallarini kuchaytirishga, bank tizimi likvidligini ta’minlashga
va pul bozorida
ijobiy foiz stavkalarining shakllanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: