O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

 
8. Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan 
bogʻlangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik 
va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim 
natijasida bank aksiyalarining 20 foizdan oshiq miqdorini olishida 
kimdan ruxsat olishi talab qilinadi? 
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki; 
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi;
d) Toshkent RFB; 
e) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. 
 
9. Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joy-
lashtirishdan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida 
jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini kim 
tomionidan belgilanadi? 
a) nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi 
qaroriga koʻra; 
b) ijrochi direktor qaroriga koʻra; 
d) moliyaviy menejer qaroriga koʻra; 
e) investor qaroriga koʻra. 
 
10. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli 
qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar-
dagi hisob-kitoblar kim tomonidan amalga oshiriladi? 
a) qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya 
vositachisi; 
b) bank;
d) sugʻurta tashkiloti; 
e) investitsiya jamgʻarmasi. 


232 
 
 
 
XIV BOB. INVESTITSIYA VA PAY FONDLARI 
 
14.1. Investitsiya fondlarining iqtisodiy mohiyati,
paydo bo
ʻ
lishi va ahamiyatli jihatlari
Bugungi kunda investitsiya va pay fondlari moliya bozorining mu-
him ishtirokchilari qatorida tilga olinadi. Investitsiya fondlari rivojlan-
gan davlatlar moliya bozorlarida ham keng miqyosda faoliyat koʻrsatib 
kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda quyida mazkur masala 
xususida toʻxtalib oʻtamiz. 
Investitsiya fondlari koʻplab investorlar tomonidan tanlangan 
investitsion vositachilar hisoblanadi. Bunda “Investitsiya fondlari 
moliyaviy vositachilar sifatida individual investorlarga aksiyalarni 
sotish orqali fond shakllantiradilar va fond mablagʻlarini aksiya va 
obligatsiyalar bilan diversifikatsiyalangan investitsiya portfelini sotib 
olishga yoʻnaltiradilar”.
89
Investitsiya fondlari faoliyati oʻz aksiyalarini joylashtirish orqali 
jalb qilingan kapitalni boshqa moliyaviy aktivlarga, xususan qimmatli 
qogʻozlarga kiritish orqali daromad olish hamda olingan daromadni 
aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash asosida tashkil etiladi. Bunda 
daromad olish deganda kurs oshganda qimmatli qogʻozlarni (xorijiy 
valyutalarni) qayta sotish, olinadigan foiz yoki dividend koʻrinishilagi 
tushumlar nazarda tutiladi.
Investitsiya fondlari aksiyalar muomalaga chiqarishidan ham 
koʻrinib turibdiki, milliy va xalqaro amaliyotda ular aksiyadorlik 
jamiyatlari shaklida tashkil etiladi.
“Investitsiya fondlarining paydo boʻlishi 1800-yillar oʻrtalarida 
Angliya va Shotlandiyaga toʻgʻri keladi. Investitsion kompaniyalar 
cheklangan resurslarga ega investorlarning pul mablagʻlarini 
birlashtirish hisobiga tashkil etilgan boʻlib, oʻz navbatida yigʻilgan 
pullar turli qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirilgan. Amerika qoʻshma 
89
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.
Financial markets and institutions. 7th ed. USA: 
Pearson, 2012. P. 30. 


233 
shtatlari iqtisodiy oʻsishi uchun Amerika temir yoʻl kompaniyalari 
obligatsiyalariga kapital kiritila boshlangach, bunday investitsion 
kompaniyalar nihoyatda ommalashadi. 1824 yilda Bostonda birinchi 
investitsiya fondi asosiy sohalarga investitsiyalar kiritish uchun 
mablagʻlar jalb qilish maqsadida aksiyalar muomalaga chiqargan”.
90
Birinchi investitsiya fondi faoliyat muvaffaqiyatli kechgach, 
bunday fondlar koʻplab tashkil etila boshlandi. 1929–1933 yildagi 
jahon iqtisodiy inqirozi investitsiya fondlari rivojlanishiga salbiy taʼsir 
koʻrsatdi. Xususan, “1929 yildagi fond bozorining qulashi investitsiya 
fondlari rivojlanishini bir necha oʻn yillar davomida toʻxtatib qoʻydi, 
chunki mayda investorlarning aksiyalarga investitsiyalar va qisman 
investitsiya fondlariga ham ishonchini pasaytirdi. 1940 yilda AQSHda 
toʻlovlar va investitsiya siyosati bilan bogʻliq munosabatlarni oshkor 
qilish siyosatiga doir koʻplab talablarni oʻz ichiga olgan “Investitsiya 
kompaniyalari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Natijada investitsiya 
fondlari faoliyatida barqaror oʻsish va sanoatni qoʻllab-quvvatlash 
qaytadan boshlandi”.
91
Investitsiya fondlariga investorlar jalb qilinishidagi asosiy jihat 
investitsion faoliyatni markazlashgan tartibda diversifikatsiyalashdir. 
Bunda kapital egalarining investitsiya fondlari bilan hamkorlikda 
ishlashiga yetakchi tarmoq va sohalardagi aksiyadorlik kompaniyalari 
aksiyalarini mayda investorlarning sotib ololmasligi, investitsiya 
fondlari tomonidan risklarni hisobga olishga alohida eʼtibor qaratishi 
ham sabab boʻladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya 
fondlari faoliyati fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish 
boʻyicha hech qanday tajribaga ega boʻlmagan kapital egalari uchun 
ham ahamiyatga ega. Chunki ularning risklarni toʻgʻri baholay 
olmasligi natijasida moliyaviy yoʻqotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Umumiy holda investitsiya fondlari afzalliklari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin (14.1-rasm): 
 
 
90
Frederic S. Mishkin, Stanley G.Eakins.
Financial markets and institutions. 7th ed. USA: 
Pearson, 2012. P. 490. 
91
Frederic S. Mishkin, Stanley G.Eakins.
Financial markets and institutions. 7th ed. USA: 
Pearson, 2012. P. 490. 


234 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14.1-rasm.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish