Obligatsiya kurs
bahosi,
P
Qoplashgacha daromadlilik,
YTM
16-rasm.
Kuponli obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligi YTMning
uning bozor qiymati P ga bogʻliqligi
Kupon stavkasi k, qoplashgacha daromadlilik YTM va obligatsiya
bozor bahosi P oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi
fundamental qoidalarni quyida keltirib oʻtamiz:
- agar P˃F boʻlsa, unda k˃YTM;
- agar P˂F boʻlsa, unda k˂YTM;
- agar P=F boʻlsa, unda k=YTM.
Bu qoidalarga amal qilishda YTMning kuponli toʻlovlarni
reinvestitsiyalash stavkasiga bogʻliqligini unutmaslik kerak. Umuman
YTM koʻrsatkichiga qoplashgacha oʻrtacha kutiladigan daromadlilik
sifatida qaralishi lozim.
40
Muddatsiz obligatsiyalar qoplashgacha daromadliligi YTMni
aniqlash uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
Misol koʻrib chiqamiz.
IBM kompaniyasining muomala muddati 100 yilga teng boʻlgan
obligatsiyasi 92,50 birlik kurs boʻyicha sotib olingan. Kupon stavkasi
7,72 foizga teng va har yarim yilda bir marta toʻlanadi. Operatsiya
daromadliligini aniqlang.
YTM=(1+(0,0772/2)*(100/92,50))
2
– 1=0,0852 yoki 8,5 foiz.
Olingan natijadan koʻrinib turibdiki, mazkur obligatsiya
qoplashgacha daromadliligi kupon stavkasidan yuqori.
Kuponsiz obligatsiyalar uchun yagona daromad manbai
obligatsiyaning xarid bahosi va nominal bahosi (qoplash bahosi)
oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Obligatsiyaning nominali maʻlum ekan
(100 foiz qabul qilingan) operatsiya daromadliligini aniqlash uchun
ikkita koʻrsatkich xarid bahosi P (yoki kurs K) va qoplash muddati n ni
bilish yetarli. Shunda kuponsiz obligatsiya boʻyicha qoplashgacha
daromadlilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin:
Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, 1000 birlik nominalga ega kuponsiz
obligatsiya 878,80 birlik baho boʻyicha sotib olingan. Obligatsiyaning
qoplashgacha daromadliligini aniqlang.
Kuponsiz obligatsiya boʻyicha qoplashgacha daromadlilik
obligatsiyaning xarid bahosi va qoplash muddatiga nisbatan teskari
bogʻliqlikka ega.
Qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiyalar boʻyicha
qoplashgacha daromadlilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
41
bu yerda FV – hisoblangan foizlarni oʻz ichiga olgan qoplash sum-
masi.
Amaliyotda bunday moliyaviy instrumentlar ikkilamchi bozorda
nominaldan farqli bahoda sotilishi mumkin. Shuning uchun ham
umumiy holatda qoplashgacha daromadlilik YTM kurs bahosi
K
orqali
aniqlanishi qulayroq hisoblanadi:
Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, nominali 100 ming birlikka teng boʻlgan
qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiya 90 ming birlikka, yaʻni
nominalining 90 foiziga sotib olingan. Yillik foiz stavkasi 20 foiz.
Investitsiya daromadliligini aniqlang.
Bunday moliyaviy instrumentlar boʻyicha qoplashgacha daromad-
lilik va bozor bahosi (kursi) oʻrtasidagi bogʻliqlikdan quyidagi qoida-
larni anglash mumkin:
- agar P˂F (K˂100) boʻlsa, unda YTM˃k boʻladi;
- agar P=F (K=100) boʻlsa, unda YTM=k boʻladi;
- agar P˃F (K˃100) boʻlsa, unda YTM˂k boʻladi.
Obligatsiyalar real qiymatini aniqlash va daromadliligini baholash
boʻyicha yuqoridagilarga qoʻshimcha tarzda boshqa koʻrsatkichlardan
ham amaliyotda keng foydalaniladi.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |