Lug‘at
milliy libos – национальная одежда
me’morchilik – зодчество,
строительное искусство, архитектура
deyarli – почти, почти что
urf-odatlar – обычаи и традиции
uzviy bog‘liq – органическая связь
tarixiy obidalar – исторические
памятники
o‘z o‘rniga ega – имеет свое место
o‘zgacha jozibador – притягивающий
по-иному
xos jihatlari – свойственные аспекты
119
gapidan oldin, keyin yoki uning o‘rtasida kelishi mumkin. Ko‘chirma gaplar
qo‘shtirnoq ichiga olinib yoziladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so‘radi,
deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
Masalan:
«Ertaga muzeyga boramiz», – dedi o‘qituvchimiz.
O‘qituvchimiz dedi: «Ertaga muzeyga boramiz».
O‘qituvchimiz: «Ertaga muzeyga boramiz», – dedi.
Ko‘chirma gaplarning tuzilishi va ularda qo‘llanadigan tinish
belgilarni bilib oling!
«K», – m.
«K? », – m.
«K!» – m.
M: «K».
M: «K?»
M: «K!».
«K, – m, – k».
«K, – m. – k!»
«K, – m, – k?»
M: «K», – m.
M: «K?» – m.
M: «K!» – m.
1-mashq. Gaplarni o‘qing. Ko‘chirma gaplarning qanday yozilishiga
e’tibor bering.
1. «Men maymunjon tergani shu yerga kelgan edim», – dedi Qo‘ziboy.
2. «Qani, ukajonlar, ashulani to‘xtatmanglar!» – dedi Marhamat. 3. «Arilarning
g‘ashiga tega ko‘rmanglar, bir yopishsa qo‘ymaydi!» – deb ogohlantirdi Olimov.
4. «Men har yili yozda Burchmullaga kelaman», – dedi Zebo. 5. «Bugun biz,– dedi
guruh sardori,– universitet bo‘yicha navbatchimiz». 6. Direktorimiz: «Maktab mul-
kini ko‘z qorachig‘iday saqlang!» – deydilar.
2-mashq. Tushirilgan tinish belgilarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Shodmon aka kulib dedi Chirchiq, Bekobod shaharlariga borsangiz og‘zingiz
ochilib qoladi. 2. Eng og‘ir kunlarda ham yaylovdan kechmaganman, endi tash-
lab ketarmidim deb javob berdi Yo‘ldosh bobo. 3. Poda shov-shuvi ichida Polvon
otaning qo‘rqma, chirog‘im, polvonning qo‘lidan mol bolasi qochib qutulgan emas
degan ovozi eshitildi. 4. Onam buvimga qarab dedi qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin
bolam.
120
O‘zbek tili 10-sinf
Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni tushirib qoldirilgan
tinish belgilarini qo‘yib yozing.
1. // bugun kim navbatchi // // // deb so‘radi o‘qituvchimiz // 2. Komila // //
men bilan ketadiganlar bormi // // // deb so‘radi// 3. // arilarning g‘ashiga tega
ko‘rmanglar // bir yopishsa qo‘ymaydi // // // deb ogohlantirdi asalarichi. 4. // men
har yili yozda Burchmullaga kelaman // // // dedi Zebo. 5. // bugun biz // // dedi sinf
sardori // // maktab bo‘yicha navbatchimiz // //
Do'stlaringiz bilan baham: |