Bunda pishloq yaxshi zichlanadi, yuzasi tekis bo’lib, qolgan zardob ajralib
ulguradi.
Pishloqni presslash.
Matoga o’ralgan pishloqqa kerakli shakl, zichlik va
qolgan zardobni chiqarib yuborish uchun presslanadi. Gorizontal ko’p qavatli yoki
boshqa rusumdagi presslarda zichlanadi. Ishlab chiqarishda ko’proq pnevmatik
presslar ishlatiladi (25 - rasm). Presslash 2-3 soat davomida 1 kg pishloqqa 30-40
kg yuk bosish orqali amalga oshiriladi, bino harorati 15-18
0
S bo’lishi kerak. Oldin
yuk kamroq bo’lib sekin-asta ko’paytirib boriladi. 30-40 min o’tgandan keyin
qayta presslanadi, shu jarayonda zarur bo’lsa pishloq bo’laklari chetlari pichoq
yordamida to’g’rilanadi. Me’yorda presslangan pishloq bo’lagining tekis va silliq
yuzaga ega bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: