107
TEXNOLOGIYA DARSIGA OID ATAMALAR IZOHI
Asbob
— ish quroli.
Andaza
— qalin qog‘oz karton
va shular kabidan yasalgan
nusxa-qolip.
Birlashtirmoq
— buyum qismlarini bir-biriga birlashtirish.
Dvigatel
— mashinaning ishini ta’minlaydigan mexanizm.
Detal
— yig‘ish jarayonisiz bir xil xomashyodan tayyorlangan
mahsulot qismi.
Diametr
— aylananing markazidan o‘tib, uning ikkita qarama-qar-
shi nuqtasini tutashtiruvchi kesma.
Dizayn
— estetik xususiyatlarga ega bo‘lgan
narsalar, sanoat
buyumlarini
loyihalash, joylashtirish,
jihozlash, badiiy jihatdan
loyihalash, tashkil qilish.
Dizayner
— narsa va obyektlarni bezatish, ularga rasm chizish,
tasvir tushirish, dizayn bilan shug‘ullanuvch shaxs, dizayn bo‘yicha
mutaxasis.
Internet
— axborotni saqlash va uzatish uchun yagona kompyu-
ter tarmoqlarining jahon miqyosidagi tizimi.
Interyer
—
turar joylar, jamoat, sanoat binolari,
inshootlarning
me’moriy va badiiy jihatdan bezatilgan ichkari qismi.
Iskana
– yog‘och taxtani o‘yish, teshish uchun qo‘llanila digan
uchi yapaloq o‘tkir po‘lat asbob.
Kleyonka
— bir yoki ikki tomoni suv o‘tkazmaydigan modda bi-
lan qoplangan maxsus mato.
Do'stlaringiz bilan baham: