kilagay/ gilagay/ galagay, yangi tuqqan qo’y-echkining sutidan tayyorlangan taomning esa qag’anoq/ /qog’onoq deyilishi o’zbek tili vakillarining hammasiga, jumladan, tilshunos-lug’atshunoslarning barchasiga ham ma’lum bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham «O’zbek tilining imlo lug’ati»ga bu so’zlarning ikkinchisi kirgan, birinchisi kirmasdan qolgan. Aslida o’zbeklarning chorvachilik bilan shug’ullanadigan qismi yoki uylarida sigir, qo’y, echki saqlab, ularning sut-qatig’idan foydalanadiganlari ana shu taomlarni tayyorlashadi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Shunday ekan, bu so’zlarni faqat sheva so’zlari deb bir chetga surib qo’yib bo’lmaydi va ular adabiy tilga kirishga haqli. Shu ma’noda A.Yusupov keltirgan
Do'stlaringiz bilan baham: |