Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
- o’quvchilar bilan salomlashish;
- davomatni aniqlash;
- darsga tayyorgarlik ko’rish;
Sinf o’quvchilarini 2 guruhga bo’lish va tanishtirish.
O’quvchilar ketma – ketlikda guruh nomini aytadilar. Har bir guruh belgilangan o’z joyini egallaydi.
1-guruh – “Topqirlar”
2-guruh – “Zukkolar”
II. Aqliy hujum:
Savollar yozilgan tarqatma materiallar guruh azolariga ketma – ket beriladi.
Tarqatma materiallarga quyidagi savollarni berish mumkin.
Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
To’g’ri nutq va sof nutqni sharhlang
Nutqning asosiy kommunikativ sifatlarini sanab bering
Grammatik normalarga amal qilish deganda nimani tushunasiz?
Allegoriya qanday san’at?
Sizningcha nutqni qay tarzda ta’sirchan qilish mumkin?
O’quvchilar zexnini sinash.
Ushbu belgilardan foydalanib o’quvchilar yashiringan xalq maqolini topadilar.
T/r
|
Harf
|
Belgi
|
T/r
|
Harf
|
Belgi
|
|
1
|
A
|
|
16
|
Q
|
|
|
2
|
B
|
|
17
|
R
|
|
|
3
|
D
|
|
18
|
S
|
|
|
4
|
E
|
|
19
|
T
|
|
|
5
|
F
|
|
20
|
U
|
|
|
6
|
G
|
|
21
|
V
|
|
|
7
|
H
|
|
22
|
X
|
|
|
8
|
I
|
|
23
|
Y
|
|
|
9
|
J
|
|
24
|
Z
|
|
|
10
|
K
|
|
25
|
CH
|
|
|
11
|
L
|
|
26
|
SH
|
|
|
12
|
M
|
|
27
|
NG
|
|
|
13
|
N
|
|
28
|
O'
|
|
|
14
|
O
|
|
29
|
G'
|
|
|
15
|
P
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Hunarli kishi xor bo’lmas
T/r
|
Harf
|
Belgi
|
T/r
|
Harf
|
Belgi
|
1
|
A
|
|
16
|
Q
|
|
2
|
B
|
|
17
|
R
|
|
3
|
D
|
|
18
|
S
|
|
4
|
E
|
|
19
|
T
|
|
5
|
F
|
|
20
|
U
|
|
6
|
G
|
|
21
|
V
|
|
7
|
H
|
|
22
|
X
|
|
8
|
I
|
|
23
|
Y
|
|
9
|
J
|
|
24
|
Z
|
|
10
|
K
|
|
25
|
CH
|
|
11
|
L
|
|
26
|
SH
|
|
12
|
M
|
|
27
|
NG
|
|
13
|
N
|
|
28
|
O'
|
|
14
|
O
|
|
29
|
G'
|
|
15
|
P
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Hunar hunardan rizqing unar
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1. Nutq sifatlari haqida ma’lumot.
2. Nutqning ifodaliligi
3. Nutqning ifodaliligini ta’minlovchi vositalar
Nutq tinglovchi yoki o’quvchiga jiddiy ta’sir qilishi uchun u ham shaklan, ham mazmunan diqqatni o’ziga jalb qil oladigan bo’lishi lozim. Ifodalilik sifatiga sohib bo’lgan nutq bunday vazifani bajarishi mumkin. Bu kommunikativ sifat til vositalarini ifoda maqsadiga to’la muvofiq tarzda tanlash asosida yuzaga keladi.
Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli darajada ehtiyoj sezadi. Masalan, rasmiy ish qog’ozlarida ifodalilikka nisbatan kamroq e’tibor qilinsa, ilmiy uslubda o’rni bilan bir qadar bu sifat kerak bo’ladi.
Ifodalilik, ayniqsa, badiiy nutqning zaruriy sifatlaridandir.
Tilda ifodalilikni ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko’p va xilma-xil. Bunday imkoniyat tilning barcha birliklarida mavjud. Tilning tovush qurilishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchibulardan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi.
Tilning so’z xazinasi nutqiy ifodalilikning o’ziga xos asosiy manbalaridan biridir. Ammo tilning lug’at boyligidagi so’zlar bilan frazeologik iboralar solishtirilganda, iboralarning ifodalilik nuqtayi nazaridan imkoniyati sezilarli darajada katta ekanligi yaqqol ko’rinadi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim daraja-sidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi. Malakali bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo`n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bo`lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi.
Tinglovchining e’tiborini qozongan nutqgina ta’sirchan nutq hisoblanishi mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, suhbat mavzusini yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham bo`lishi zarur. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o`zaro bog’lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash lozim.
So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchi o`rtasida samimiyat paydo bo`ladi. Notiq fikrlarini o`zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Nutqning ifodalilik sifatini tasvirlang.
Nutqning ifodalilik sifatiga qaysi uslubda ko’proq ehtiyoj seziladi?
Qaysi nutqiy uslubda ifodalilik sifati u qadar muhim emas?
Nutq ifodaliligini yuzag chiqarishda so’z va ibora ma’nodoshligi qanday ahamiyat kasb etadi?
V. Amaliy mashg’ulot. 81-mashq
Quyidagi matnni o’qib turib o’quvchilar ko’chma ma’nodagi so’zlar yordamida ifodalilikning aks etishini izohlaydilar.
82-mashq. O’quvchilar slaydda ko’rsatilgan nutqdan parchani tahlil qilib nutqiy ifodalilikni ta’minlash maqsadida qo’llangan birliklarni aniqlaydilar.
Yuqoridagi iboralar ishtirokida o’quvchilar gap tuzishadi.
Darsni yakunlash va baholash.
Dars yakuniga ko’ra guruhlarning faolligiga o’rin beriladi va yaxshi faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa berish.
84-mashq. Tugadi – bitdi, keldi – qadam ranjida qildi kabi so’zlar ishtirokida gap tuzish.
Badiiy matndan parcha olib nutqiy ifodalilik nuqtayi nazaridan izohlab berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |