Bog'lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi - Bog'lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
- Bog'lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
- 1. Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi mazmun jihatdan bir-binga yaqin bo'lgan, bir paytda yoki ketma-ket bo'lgan voqea hodisalami ifodalagan sodda gaplar orasiga vergul qo'yiladi.
- Masalan: Sizning iste'dodingizni bilaman, sizga hurmatim hamisha baland. (O.) Bog'dagi meva daraxtlari gullagan. havodan bol isi anqiydi. (M. Osim.) Tong otdi, quyosh charaqlab chiqdi. Kecham tong otdi, kuldi bahorim. (Qo'shiq.) Kuy ayj ida uzilmasin tor, She'r avjida sinmasin qalam. (E.V.) 2. Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunjihatidan qisman mustaqil bo'lsa, yoki vergul ishlatilgan bo'lsa,qo'shma gap tarkibidagi sodda gap bir-biridan nuqtali vergul bilanajratiladi. Masalan: Pag'a -pag'a mayin qor osmondan yog'ilib turadi; shamolning sekin, bo'g'iq guvillashi eshitiladi. (S.Z.) Shinel jiqqa ho'l; Bektemirning yuzidan tomchilab quyilar edi.
- Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchigapning biror bo'lagini izohlasa, uning mazmunini to'ldirsa, soddagaplar orasiga ikki nuqta qo'yiladi. Masalan: Gunor butun yuragibilan Yo'lchiga maftun: uning ko'ksini baxtsiz sevgi hasrati va ayriliqlim-lim to'ldirgan. (0.) Siz menga ayting: yuqori hosil olish uchunkurashni nimadan boshlamoqchisiz. (O.) Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarningmazmuni bir-biriga zid bo'lsa tire qo'yiladi: Ko'z qo'rqoq—qo'lbotir (Maqol.) Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi birinchi gapningmazmuni ikkinchi gapning mazmuniga o'xshatilsa: Vaqting ketdi—baxting ketdi. (Maqol.) Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi birinchi gap ikkinchi gapdan anglashilgan ish-harakatning payti yoki shartni bildirsa, ularorasiga tire qo'yiladi: Yurt tinch—sen tinch. (Maqol.)
- Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari bir-biridan tire orqali ajratiladi. Quyidagi holatlarda qo`shma gap qismlari orasiga tire qo`yiladi:
- 1) qo`shma tarkibidagi gaplar mazmunan zid bo`lsa: Kiygan to`ning eskiydi – kiydirganing eskimas. (Maqol).
- 2) birinchi gap ikkinchi gap kesimidan anglashilgan ish-harakatning bajarilish natijasi yoki shartini bildirsa: Qaring bor – barakang bor. (Maqol).
- 3) birinchi gap mazmuni ikkinchi gap mazmuniga o`xshatilsa: Qor yog`di – don yog`di. (Maqol). Vaqting ketdi – baxting ketdi. (Maqol).
- 4) qismlardan tez almashinuvchi voqea-hodisalar anglashilsa: - Hoy, oyimcha, sen yaxshi bo`lding – biz yomon bo`lib qoldikmi hali?... (P.Qodirov). SHu payt oy bulutlar orasidan suzib chiqdi – kamtigi bulutning chetiga urilib, sho`x bir silkinib qo`yganday ko`rindi. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |