NUTQNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI VA UNING ASOSIY
XUSUSIYATLARI
Dots.A.Musayev
Аннотация
Ушбу мақолада оғзаки нутқ тизимида келтирилган хусусиятлар ва
белгиларнинг ҳар қайсиси ўз ўрнига эга. Келтирилган оғзаки нутқ
кўринишларининг
шаклларида
лингвистик
омиллар
ҳам,
экстралингвистик омиллар ҳам муҳим ўрин тутади ва иштирок этади.
Калит сўзлар:
Оғзаки нутқ, нутқ, нутқнинг мазмуни, нутқнинг
вазифаси, нутқнинг тузилиши, расмий нутқ, норасмий нутқ, диалог,
монолог, интелектуал, эмотционаллик, акцентологик.
Аннотации
Каждая из характеристик и характеристик, перечисленных в
системе устной речи в этой статье, имеет свое место. И лингвистические
факторы, и экстралингвистические факторы играют важную роль в
цитируемых формах устной речи.
Ключевые слова
: устная речь, речь, содержание речи, функция
речи, структура речи, формальная речь, неформальная речь, диалог,
монолог, интеллектуальная, эмоциональность, акцентология.
Annotation
Each of the features and characteristics listed in the oral speech system
in this article has its place. Both linguistic factors and extralinguistic factors
play an important role in the forms of oral speech cited.
Keywords: Oral speech, speech, content of speech, function of speech,
structure of speech, formal speech, informal speech, dialogue, monologue,
intellectual, emotionality, accentology.
Har bir nutq ma'lum bir maqsad bilan so‘zlanib, o‘z g‘oyaviy yo‘nalishi va
estetik ta'sir kuchiga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar nutqning tashqi xarakteriga
xosdir. Ba'zan so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, talaffuz etilmaydigan nutq ham
bo‘ladi. Bunda so‘zlovchi o‘zi bilan o‘zi gaplashadi. Bunday nutq intellektual,
kinetik, bog‘lanishli nutq xarakterida bo‘ladi. Nutqning turli tiplari qo‘llanish
doirasi bilan belgilandi. Til birliklaridan qay tarzda foydalanishiga qarab nutq
og‘zaki yoki yozma bo‘ladi.
Nutq madaniyati tushunchasi, uning yuzaga kelish davri, tadqiqot ob'ekti,
uning mohiyati, ish ko‘rish tarzi haqida turli-tuman fikr-mulohazalar mavjud. Shu
sababli tilshunoslar ushbu tushuncha atrofida fikr yuritib nutq madaniyati,til
madaniyati, nutq odobi va so‘z odobi atamalarini qo‘llaydilar. Hozirgi kunda nutq
madaniyati atamasi shu tushunchani ifodalovchi birlik sifatida ko‘pchilik
tomonidan tan olindi, ilmiy muammo sifatida uni tadqiq qilish lozimligi ko‘pchilik
tomonidan ma'qullandi.
Til bilan nutqni bir-biridan farqlash masalasi o‘tgan asrdayoq o‘rtaga
tashlangan edi. V.Gulboldt til va nutqni farqlab, tilni “so‘zlarga va qoidalarga
bo‘lib yuborish tilning tabiiy holati bo‘lmay, ilmiy tahlilning mexanistik
ishidir”/1:-141/, desa-da, o‘rni kelganda “til gap va nutq uchun faqat tartibga solib
turuvchi sxemalarnigina belgilaydi”/2:-50/, deydi. Nutq jarayonida til birliklari
(lug‘at tarkibi, grammatik qoidalar, fonetik imkoniyatlar)ning ma’lum qismidan
fikr ifodalash maqsadida foydalaniladi. Demak, kishilarning gaplashishi til
birliklaridan ma’lum qismining reallashishidan iboratdir. Tilning jamiyat
taraqqiyoti oldidagi ahamiyati nutq jarayonida namoyon bo‘ladi. G.Shteyntalning
fikricha, nutq (gapirish) tilning hozirgi paytda yuz berayotibdi, deb fikr
qilinayotgan ko‘rinishidir”/3:-106/.
Keyingi davrlarda nutq gapirish jarayoni hisoblanib, unga quyidagicha ta’rif
berilgan: “Tildan farqlangan holda, nutqni bir so‘z yordamida aloqa qilish
jarayonining o‘zginasidir, deb ataymiz”4. Demak, nutq shaxsdagi ruhiy va
fizologik jarayon bo‘lishi bilan birga, til materiallarining amalda namoyon
bo‘lishidir. Nutq yakka shaxsga tegishli bo‘lib, unda so‘zlovchiga xos xususiyat
o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham nutqdagi yakka shaxsga xoslik umumtil
tizimi qonuniyatlaridan chetga chiqmaydi.
Shunday qilib, til va nutq o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisisiz mavjud
bo‘lmaydi, lekin ular bir-biridan farq qiladigan ijtimoiy hodisalardir. Til va nutq
aloqa jarayonining “Faqat ikki aspekti, xolos”/5:-18/. Til aloqa qilish jarayoni
uchun material bersa, nutq esa shu materialdan fikr shakllantirishdir.
Til birliklari nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan, u adabiy tilda
so‘zlashuvchilar tomonidan kundalik hayotda, mehnat jarayonida, oilaviy
turmushda, tantanavor muhitda ham qo‘llaniladi.
“Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan “til-til qobiliyati - nutq”
zanjirida faqat nutqqina tashqi (moddiy) shaklda (og‘zaki, yozma, turli shartli
belgilar vositasida) namoyon bo‘ladi va bizning sezgi a’zolarimiz tomonidan qayd
etiladi (eshitiladi, yoziladi, ko‘riladi, o‘lchanadi). Til esa yashirin ichki hamda
ideal hodisa sifatida anglatadi, tasavvur etiladi” /6:-9/
Til vositasi bilan belgili sharoitda aloqa qilish mumkin. Shunga ko‘ra, nutq
bir necha xil bo‘ladi: kundalik nutq, ishchan nutq, tantanavor nutq, ommaviy nutq,
so‘zlashuv nutqi, dialektal nutq, sahna nutqi, personaj nutqi, badiiy nutq, folklor
nutqi, obraz nutqi, notiq nutqi, poetik nutqi kabilar.
Nutq ko‘rinishining shakllarida lingvistik omillar ham, ekstralingvistik
omillar ham muhim rol o‘ynaydi va ishtirok etadi. Ular quyidagilardan iborat:
1.
Nutqni idrok qilish va shakllantirish sharoiti.
2.
Nutqning mazmuni.
3.
Nutqning vazifasi - harakat shakli.
4.
Nutqning tuzilishi - tarkibiy qurilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |