Ana shu odob-axloq baho omillariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasbhunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin:
O‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi;
|
tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi;
|
huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi;
|
xizmat ko‘rsatish ixtisosligiga qarab – xizmat ko‘rsatish odobi va
hokazo.
|
Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bunda o‘zini ham ayamasligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod burchi unga har qanday vaziyatda ham qiyinchiliklarga qaramasdan, ba‟zi hollarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham bemorga yordam berishga undaydi. Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, avvalambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyojini qondirishga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi. «Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursining maqsad va vazifalari avvalambor xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb odobi umuminsoniy axloq qonunlarini, tamoyillari va me’yorlarini, estetik qadriyatlarini aholiga xizmat ko‘rsatish, muomala qilish hamda ularga axloqiy tarbiya berish, estetik madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. Odob axloq me’yorlari axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi va axloqiy ong shakllarida mavjud bo‘ladi.
Kasbiy etika – har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tadbiq etadi. Kasbiy etika qonun-qoidalari kabinetlarda emas, balki ish jarayonida shakllanadi. Kasbiy-axloqiy etiket normalarini ishdagi ijodkorlikdan ajratib bo‘lmaydi, ayniqsa, pedagogik ish jarayonida. Shuning uchun kasbiy omilkorlik, o‘z ishini yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’iy nazar axloqiy normalarning boshlanishidir. Xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb etikasi va etiketi umuminsoniy axloq qonunlari, prinsiplari va normalarini, estetik qadriyatlarini aholiga xizmat ko‘rsatish, muomala qilish hamda ularga axloqiy tarbiya berish, estetik madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘rganadigan va o‘rgatadigan nazariy-falsafiy fandir.
Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatdir. Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqiy yo‘nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi. Axloqiy talablar umumiy bo‘lishiga qaramay, ba‟zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishida alohida o„zgacha yondashuv talab etiladi. Xizmat ko„rsatish sohasidagi xodimlarga, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan diqqat e’tibor alohida rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |