9
I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy asoslari.
1.1.
Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik
adabiyotlar taxlili.
Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki
tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar
nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqo-
mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq
buzilishlarini о‗rganish borasida qо‗lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri
bо‗lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‗ilgan
tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi.
XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,
E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy
tomoni kо‗p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо‗ldirilgan klinik yondashuv,
buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi
bog‗lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо‗pincha u yoki bu kasallikning
alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z
yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо‗llanilgan. Tasniflar о‗rtasida
buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni
tasniflashning muhimlik darajasiga bо‗lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar
bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi.
Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri
nutq faoliyatining о‗ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta
funksional blokka ajratadi.
1-blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh
miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini
10
ta‘minlaydi.
2-blok - orqa miya qatlami katta yarim sharlari bо‗laklarni о‗z ichiga oladi,
tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi.
U bilish jarayonining amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning
tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajratadi. Birlamchi doira -
miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori
darajada о‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi
axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi
doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan
qо‗zg‗alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar kabi о‗zining ixtisosiy modelligi
(kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar
(kо‗rish, eshitish)ning bosh miya qatlami birikmasini о‗zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya kqtlami bо‗linmalarini о‗zgartirish
doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez,
integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror
va tashqi darajasidan simvolik darajaga e‘tiborni qaratish munosabatlari murakkab
logik-grammatik sо‗zlar qurilish haqidagi bilimlar bilan ish kо‗rishga о‗tish sodir
bо‗ladi.
3-blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va
old frontal soxa) doirani о‗z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatining rejalashtirish,
moslashtirish va nazorat qilishni ta‘minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi
a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga
qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha
bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok
nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.
Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda ikkita
yо‗nalishga ajraladilar. Birinchi yо‗nalish tarafdorlari nutq buzilishlarining umumiy
logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni yangi
11
mazmun bilan boyitdilar. Boshqa yо‗nalish tarafdorlari an‘anaviy bо‗lgan
nomenklaturani inkor etdilar va nutq buzilishlarining yangi guruhini tuzdilar.
Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va
pedagogik turini R.YE.Levina asoslab berdi. Nutqning tо‗liq rivojlanmay qolishi -
turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va
ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan
bо‗ladi. Umumiy alomatlar sifatida quyidagilar qayd qilinadi; nutq rivojlanishining
kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar,
falmalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha
darajalarda aks etishi mumkin; nutqning yо‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz
holatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik grammatik
rivojlanmay qolish elementlari bо‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik
darajasiga qarab tо‗liq rivojlanmay qolishi uch darajaga bо‗linadi. P.K.Anoxin,
A.N.Leontyev, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‗ra,
har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy
asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi
hisoblanadi. Odam nutqi tushunarli va manoli bо‗lishi uchun nutq azolarining
harakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Qadimgi grek faylasufi va shifokori
Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek
faylasufi Aristotel nutq hosil bо‗lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik
tuzilishi bilan bog‗lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab
qilib kо‗rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkin-ki, antik davr olimlarining
tadqiqotlaridayoq nutq buzilishi sabablarini tushunishda ikki yо‗nalishga bо‗lishgan.
Birinchi yо‗nalish Gippokrat nuqtai-nazari bо‗lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq
buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bо‗luvchi bosh omil ekanligi takidlangan.
Ikkinchi yо‗nalish Aristotelga tegishli bо‗lib, periferik nutq apparatining
buzilishlarining sababi etib kо‗rsatilgan. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya
jarohatlanishining "о‗z о‗rni" borligini eramizdan 400 ming yil avval Gippokrat
12
tomonidan aytilgan bо‗lsa, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1 1 - yilda fransuz shifokori
Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz
jarohatlanish buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni kо‗rsatib berilgandan sо‗ngina
berilgandir. Xuddi shunga о‗xshash kashfiyot yilda Vernike tomonidan ham amalga
oshirilgan. S.M. Dobrogayev nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib
kо‗rsatdi.
1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.YE.Xvatsev nutq buzulishi sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi.
Shu bilan birga organik (anatomik-fiziologik), (morfologik) funksional (psixogek)
ijtimoiy psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‗rsatdi. Funksional
sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlov ta‘limoti orqali tushuntirdi. Bu talimot
markaziy nerv sistemasida qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining о‗zaro
munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional,
markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi.
Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli
omilning ta‘sir etishi yoki ularning о‗zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki, bu
nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutq buzilishining umumiy kо‗rinishi kо‗pchilik
olimlar va tadqiqotchilar har xil fikrlarida isbotladilar. Rivojlanish anomaliyasini
bartaraf etishda, tarbiya muhim rol о‗ynaydi. Chunki bola hayotining bu davri
psixologik rivojlanishining kо‗plab tomonlari, sensor va motor sohasining
shakllanishi uchun sinteziv hisoblanadi. Bu davrda ruhiy funksiyalar о‗zining optimal
rivojlanish yо‗lini о‗taydi, о‗zaro aloqalarda ham umuman ongda murakkab
tabaqalanish yuz beradi. Anomal bolalarni tabaqalashtirilgan tarzda tarbiyalash va
о‗qitish tizimining ilmiy asoslarini yaratish turli nutq nuqsonlarini har tomonlama
chuqur о‗rganishni talab etadi. N.A.Vlasova bо‗yicha ruhiy rivojlanishi erta
13
korreksiyalash muammosini ishlab chiqish va shu munosabat bilan maktabgacha
yoshdagi
barcha
toifadagi
anomal
bolalar
uchun
maktabgacha
tarbiya
muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmog‗ini kengaytirish, bola hayotining dastlabki
yillaridan boshlab tarbiyalash va о‗qitishning korreksion tizimini yaratish maqsadida
kompleks eksperimental tadqiqotlar olib borishni tashkil etish defektologiyaning
yangi yо‗nalishlaridan biri bо‗lib, u anomal bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni
bartaraf etishning yо‗llarini izlash jarayonida shakllanadi. Bu yо‗nalish maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan korreksion ish olib borishning tahminiy dasturini taklif etadi,
bunda ishlab chiqiladigan dastur faqat u yoki bu malaka va bilimlarni
shakllantirishgina emas, balki, bola uchun zarur bо‗lgan yangi bilim, funksiya
buzilishidan yetadigan zararni kamaytirishi, rivojlanishidagi umumiy anomaliyani
korreksiyalash vositalarini shakllantirish, ikkilamchi nutq buzilishlarining oldini olish
va bartaraf etishga kо‗maklashish zarur. Bir darajadan ikkinchi darajaga о‗tish yangi
til imkoniyatlarini paydo bо‗lishi, nutqiy faollikning oshishi, nutqning sabablilik
asoslarini о‗zgarishi va unga predmet-ma‘noli mazmunini о‗sishi, tо‗ldiruvchi
imkoniyatlarini shakllanishi bilan aniqlanadi. Bolaning individual siljishi tempi
birlamchi nuqsonning birligi va uning kо‗rinishi bilan belgilanadi.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baholash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar aniq
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi
imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni shunga
о‗xshash nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni
nazarda tutish kerakki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda odatiy muddatlarda
kundalik sо‗zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bо‗lgan xissiy tanlash
munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish о‗rtasidagi aloqaning yо‗qolishi
diagnostik belgilardan biri bо‗lib xizmat qilishi mumkin.
Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan
kо‗ra ancha о‗tib borishda namoyon bо‗ladi. Ularni ajratib turadigan narsa nutqiy
kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‗ich patologiyasi nutqiy
14
intellekti meyordagidek ishlashga xalaqit qilib, ma‘lum darajada saqlanib qolgan
aqliy qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo sо‗zlashuv nutqi yuzaga
kelish va xususan nutqiy qiyinchiliklar yо‗qolib borishi bilan ularning intellektual
rivojlanishi normaga yaqinlashadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmaganlikni nutqiy
rivojlanishini orqada qolishi kabi kо‗rinishlardan farq qilish uchun analizni chuqur
о‗rgatib chiqish va bolaning nutqiy kо‗nikmalarini tahlil qilib chiqish kerak bо‗ladi.
Anamnezda kо‗p hollarda markaziy nerv sistemasida katta buzilishlar haqidagi
ma‘lumotlar berilmaydi, bu esa motorli vazifalarda, ruhiy ta‘mirlanishlarida va
umuman xulqida katta saqlanish ta‘minlaydi. Faqatgina yengil tug‗ma jarohati
mavjudligi, bolaning ilk davridagi davomli somatik kasalliklar mavjud bо‗ladi:
noqulay nutqiy muhit ta‘siri tarbiyadagi xatoliklar, muloqotning yetishmasligi va
nutqiy rivojlanishi normal borishni sekinlashtiruvchi omillar qatoriga kiritishi
mumkin. Bunday xollarda, eng avval, nutqiy kamchilikni qaytarish dinamikasi о‗ziga
diqqatini qaratadi.
Nutqiy rivojlanishi ortda qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi tо‗liq
rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy
kо‗nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga о‗zidan kichik bо‗lgan bolalarga xos
xatoliklarga yо‗l qо‗yish odatdir. Yosh normativlardan ma‘lum darajadagi
cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning
kommunikativ vazifalarni ta‘minlaydi, ba‘zi hollarda esa aytarli tо‗la xulqning
boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda о‗z-о‗zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab
chiqilgan nutqiy kо‗nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda
etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar tо‗ldirib turish
imkonini beradi.
R.YE.Levina о‗zining tadqiqot ishlarida alohida nutqiy kamchiliklarning
kо‗rinishini ifodalash va til vositalari holatini hamda kommunikativ jarayonlarini aks
ettiruvchi bir qator kо‗rsatmalar bо‗yicha bolaning anomal rivojlanish holatini
tasavvur etishdan ilgari sо‗rilishiga imkon beruvchi materiallarni ishlab chiqdi.
15
Anomal nutqiy rivojlanishni bosqichma-bosqich dinamik tuzilishni о‗rganish asosida
past darajadagi rivojlanishdan yanada yuqoriga о‗tishni belgilovchi о‗ziga xos
qonuniyatlar ham ochib berildi. Har bir daraja о‗sha bog‗liq nutq komponentlarini
shakllanishni orqaga tortuvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon
bо‗lishi ma‘lum nisbatlari bilan xarakterlanadi.
О‗yin olimlar tadqiqotlariga kо‗ra mehnat va о‗qish bilan birgalikda
faoliyatning asosiy turlaridan hisoblanadi.
Psixologlarning ta‘kidlalaricha, о‗yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari
shaxsning о‗zini о‗zi boshqarish, о‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning
fundamental extiyojlariga tayanadi.
О‗yin ijtimoiy tajribalarni о‗zlashtirish va qayta yaratishga yо‗galgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning о‗z imkoniyatlarini
amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
Ayrim hollarda esa bola о‗z о‗yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid
qiladi,keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi.О‗yin yosh avlodni mehnatga
tayyorlaydi.Bolalar о‗yinini bunday tushunish birinchi marta K.D.Ushinskiy
tomonidan ta‘riflab berilgan edi.U о‗z asarlarida bolalar о‗yinning mazmuni, ularning
hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta‘sir
etadi,deb yozadi. Bu fikrni P.F.Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar о‗z о‗yinlarida tevarak
atrofdan olgan taassurotlarni aks ettiradilar,deydi.Bunday faoliyat bolaning
rivojlanishida kata ahamiyatga egadir.
Bolalarning о‗yini nazariyasiga .A.Flerina, YE.I. Tixeyeva, YE.A.Arkin kabi
olimlar asos soldilar, keyinchalik R.Y.Lextman-Abramovich, N.M.Aksarina,
A.P.Usova, D.V.Mendjeritskaya, R.I.Jukovskaya, T.A.Markova, S.L.Novosyolova,
YE.V.Zvorigina (21) va boshqalarning tadqiqot ishlari bolalar о‗yini mavzusini
ishlab chiqishga bag‗ishlanadi.
A.V.Zaporojets bolalar о‗yinin ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi natijasida
uni harakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh
16
bosqichlarida bolalar о‗yinning о‗ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini
о‗rganish zarurligini ta‘kidlaydi.
О‗yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar о‗yinini oqilona
tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishish mumkin. A.P. Usava shunday degan
edi: ―Bolalar hayoti va faoliyatini tо‗g‗ri tashkil tashkil etish – ularni tо‗g‗ri
tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashda о‗yin shuning uchun ham samarali
natija beradiki, о‗yinda bola yashashni о‗rganmaydi., balki о‗z hayoti bilan yashaydi.
Bola nutqining tо‗g‗ri rivojlanishi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz
tomonining rivojlanish darajasi, balki, atrofdagilar nutqida hamda shaxsiy nutqda
sо‗zning tovush tarkibini farqlash imkoniyati bilan belgilanadi.Maktabgacha
tarbiya yoshdagi rivojlanuvchi nutqning asosiy funksiyalaridan biri –
kommunikativ funksiya yoki muloqot funksiyasidir. Ilk bolalik chog‗idanoq bola
nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanadi. Muloqot kattalar va kattaning
ishtirokidagi aniq vaziyat bois yuzaga keladi. U yoki bu harakatlar va predmktlar
bois aniq vaziyatda muloqot etish vaziyatli nutq yordamiga amalga oshadi. Mazkur
nutq biron- bir faoliyat bilan bog‗liq ravishda yoki yangi predmetlar yoki voqea-
hodisalar bilan tanishish davomida yuzaga keluvchi savollarni, savollarga
javoblarni, ma‘lum talabalarni ifodalaydi.
Muloqot deganda о‗zaro munosabatlarning shakllanishi rо‗yobga chiqarilishi va
nomoyon bо‗lishini ta‘minlovchi infarmatsion ematsional va predmetli о‗zaro ta‘sir
jarayoni tushuniladi. Bola shaxsining shakllanishida muloqatning roli benihoya
kattadir. Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada
qanday shaxsiy sifatlarning tarkib topishi kо‗p jixatdan uning atrofdagilar bilan
bо‗lgan о‗zaro munosabati xarakterga bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |