Nutq va nutqiy faoliyat


Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya



Download 184,5 Kb.
bet8/9
Sana15.07.2021
Hajmi184,5 Kb.
#120334
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tilavoldiyeva Validaning umumiy psixologiya fanidan kurs ishi

2.2. Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya
Nutq o’zining fiziologik negiziga ko’ra, eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya qobiida tashqi olam tomonidan bo’ladigan turli xil qo’zatuvchilar bilan so’zlaming talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, xiqildoq, til va boshqa a’zolar harakati o’rtasidagi muvaqqat bolanishlar o’matiladi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So’z, I. P. Pavlov fikricha, «signallar

signali»dir. Nutqni dasturlashtirish — nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildimioqchi bo’lgan fikming ma’naviy o’zagini tuzish — birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich — jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumla ovoz chiqarib aytiladi, ya’ni nutq real tarzda ro’yobga chiqadi. Shunday qilib, «gapirish» jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bo’lgan axborotni kodlashtiradi. Retsipiyent tinglash jarayonida olingan axborotning kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo’lgan so’zning anglab yetilishini ta’minlaydi. XIX asrning o’rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir qismlari ishidagi buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. Jumladan, P.Broka bemorlarda chap yarimshaming pastki peshona qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so’zlami talaffuz etishda buzilish ro’y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vemike chap yarimshaming ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so’zlami tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to’qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq («Broka markazi») va nutqni tushunish («Vemike markazi») «markazlari» deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan psixofiziologlar (A.R. Luriya, N.A. Bernshteyn, P.K. Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayU nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari («Nutq markazlari») faoliyatidan ko’ra ko’proq yaxlit holdagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq-ravshan bo’ldi. Shunday qilib, nutq funksiyalarining jo’shqin, ya’ni anatomik tarzda emas, balki harakatchan tarzda cheklanishi to’risidagi tasavvur tarkib topdi. Bu — markaziy asab tizimining keng ravishda kompensatsiyalab (o’mini to’ldirib) turish imkoniyatlaridan foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to’rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi. Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya — so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o’mini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish «yo’q» degan ma’noni anglatsa, ruslarda uning aksini anglatadi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar ko’pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o’z xohish va kayfiyatlarini o’tkazishda yiidan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. O’rtoining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib, unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini amgin tutadi, past ohangda, qo’llarini

yuziga yo peshonasiga qo’ygan va boshini chayqagan holda chuqur xo’rsinib gapiradi va h.k. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanayotgan vositalaming axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham ozaki, ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir. Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol o’ynaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar, mimika va pantomimika yordamida ifodalanadi. Noveibal belgilar nutqni to’ldiradi, ba’zida uning o’mini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional holatini aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallami kuzatish va ulaming mazmunini tushunish juda muhimdir. Noverbal muloqotda quyidagi belgilar tizimlaridan keng foydalaniladi: 1. Kinetik belgilar tizimi imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat. Masalan, rost so’zlayotgan kishi ochiq kaftlarini ko’rsatishdan qo’rqmaydi. Aksincha, yolonchi ularni berkitishga harakat qiladi. Suhbatdoshdan o’zini yuqori tutish belgilaridan biri — butun kaft cho’ntakda bo’lib, bosh barmoqning tashqariga chiqarib qo’yilganligidir. Shubhalanuvchanlikni odatda oizni qo’l bilan himoyalash, burunga tegib qo’yish, qovoqlami silab qo’yish, quloq ortini yoki bo’yinni qashlab qo’yish bildirib qo’yadi. Dahanni silab-silab qo’yish qaror qabul qilishga qiynalishni ko’rsatadi. Asabiylik holati kishining biror narsaga — bilak uzugi, soati va shu kabilarga hech qanday maqsadsiz qayta-qayta tegib turishi ostiga yashirinadi. Stulning ustiga «minib», oyoqlami keng yozib o’tirishdan odamdagi dominantlikka (ustunlikka, hukmronlikka) moyillikni sezish mumkin. Oldinga chiqarilgan oyoq, ayniqsa, uning uchi bilan yer depsinayotgan bo’lsa, dominantlik yaqqol namoyon bo’ladi. Bosh orqasida chalishtirilgan qo’llar, ayollarda belga tiralgan mushtlar ham dominantlikka intilish munosabatidan darak beradi. Kiyimdagi yo’q changlami qoquvchilar bunday harakati bilan suhbatdosh fikriga e’tiborsizligini yoki qo’shilmasligini ko’rsatadi. Qo’llarini boshining orqasiga o’tkazib, oyoqlarini chalishtirib o’tirgan kishi vaziyat to’la uning nazorati ostida, deb hisoblaydi. O’tirganda qo’llami tizzaga qo’yish harakatga darhol tayyorlikni bildiradi. Suhbatni tugatmoqchi bo’lgan kishi qo’llarini tizzasiga qo’yib, qaddini biroz oldinga egadi. Odam gapira turib oyoqdan oyoqqa ko’chaversa, tezroq ketishga harakat qilayotganligini, suhbat unga yoqmayotganligini yoki

shoshayotganligini taxmin qilish mumkin. Ko’krak qafasini berkitish himoyalanish alomatidir. Bunda qo’llar ko’krak qafasiga chalishtirilgan, qaddi-qomat egilgan bo’lishi mumkin. Agar kishi dahanini kafti bilan tirab o’tirgan bo’lsa. bu ko’pincha diqqat bilan linglayotganligi va o’ylanib qolganligini bildiradi. 2. Proksemik belgilar tizimi kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvidan iborat. Muloqot davomida kishilar o’rtasidagi munosabat to’rt xil hududdan birida amalga oshadi. Jumladan, intim hudud (oralii 15—45 sm) ga eng yaqin va tanish odamlargina kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muhiti, past ovoz, taktil aloqa. Intim hududga begonalarning kirishi organizmda muayyan fiziologik o’zgarishlami keltirib chiqaradi (yurak urishi tezlashadi, adrenalin ajralishi ko’payadi). Shaxsiy hudud (45—120 sm) da tanishlar hamkasblar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: vizual kontaktning uzoqroq davom etishi, verbal muloqotning noverbal muloqotdan ustun bo’lishi. Ijtimoiy hudud (120 —400 sm) da begona kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: muloqotning rasmiy xarakterga ega bo’lishi, suhbatdoshlar bir-birini yaxshi tanimasligi. Ommaviy hudud (400 sm va undan ortiqroq) da kishilaming katta guruhi bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning yo’qligi, noverbal signallar rolining ortishi. 3. Vizual kontakt ko’zlar orqali amalga oshiriladigan aloqadan iborat. Psixologik tajribalardan ma’lum bo’lishicha, suhbatdoshlar bir- birining ko’zlariga tikilishi bilan o’zidagi yoqtirish, sadoqat yoki aksincha, (agressiv) tajovuzkor reaksiyalarga tayyorlikni ifodalaydi. Yoqimsiz mavzudagi suhbat davomida kishilar ko’zlar to’qnashuvidan o’zlarini saqlaydilar. Ayollar erkaklarga nisbatan vizual kontaktga ko’proq moyildirlar. Odamning emotsional holati ta’sirida ko’z qorachii kengligi o’zgaradi. Salbiy emotsiyalar ta’sirida qorachiq torayadi, ijobiy emotsiyalar ta’sirida esa kengayadi. Mutaxassislar maslahatiga ko’ra, ijobiy va ishonchli munosabat o’rnatish uchun suhbatdoshlar vizual kontakti butun muloqot vaqtining 60—70%ini egallashi kerak. Odam samimiy bo’lmasa yoki uyalayotgan bo’lsa vizual aloqa butun muloqot vaqtining 13 qismini egallaydi. Agar vizual kontakt butun muloqot vaqtining 23 qismini egallasa, bu holat odamga nisbatan qiziqish kuchliligini (bunda ko’z qorachii kengayadi) yoki salbiy munosabat kuchliligini ko’rsatadi (bunda ko’z qorachii torayadi). Ammo vizual aloqada milliy xususiyatlami inobatga olish kerak. Janubiy Yevropa xalqlarida suhbatdosh ko’zlariga uzoqroq tikilish odatiy holat. Ba’zilarga bu haqorot bo’lib tuyulishi mumkin. Yaponlar yuzga nisbatan bo’yinga ko’proq qaraydilar. Vizual kontakt 10 soniyadan ortmasligi kerak. Vizual aloqaning optimal varianti suhbatdoshlaming

yuzma-yuz emas, ma’lum burchak ostida (90 gradus) bir-biriga yuzlanishidan iborat. Bunday joylashish tikilib turishga majbur qilmaydi va harakatlarning erkin bo’lishini ta’minlaydi. Demak, noverbal muloqotda bir qancha belgilar tizimlaridan foydalaniladi. Ulardan foydalanish ko’pincha ongsiz ravishda amalga oshadi. Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o’zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo’lib kelgan. Bu hoi subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Muayyan yoshda bola aniq-ravshan nutqni egallay boshlaydi, bir yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo’ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «o — ra», «bu — vi» kabi ohangdosh so’zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret shaxslarga — ona — ota — buviga bolaydilar va bolaga ana shu ohangdosh so’zlaming uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bolanishi qaror topishiga («bu sening buving») yordamlashadilar. Bola so’zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga — e’tiborga, erkalatilishga, o’yinchoq kabilarga erishishga intiladi. So’z aloqa vositasiga aylanadi. Qo’llanadigan so’zlar soni to’xtovsiz orta boradi va 2 yoshda bolalarning so’z boyligi kengayib, ulaming grammatik shakllarini to’ri ishlatishi ham mumkin boiib qoladi. Jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo’lgan yillar davomida muttasil boyib boradi. Maktabda o’qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o’qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o’quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta’siriga bo’ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o’quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli katta. Bu o’rinda ham o’qituvchining erkin hamda aniq-ravshan nutqi o’quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati — o’qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o’ziga xos tazrda shakllanib, takomillashib boradi.

Insoniyat tarixining tsivilizatsiyalik bosqichiga o’sib o’tishi davridagi e’tiborga yozma nutq paydo bo’la boshlagan va hozirgacha u o’z rivojlanishida davom etmoqda. Tilning barcha qoidalariga (grafik, morfologik, sintaksistik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonemetik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma’no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutqturi yozma nutq deyiladi.

Har bir tilning to’la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va yaqin masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quroli) vazifasini bajaradi. Millat madaniyati, ma’naviyati, fan va texnikasi, san’ati va adabiyoti yozma nutq orqali uzatilib, millatlararo aloqa kanali funktsiyasini ado etadi.

Yozma nutq o’z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi: a) monologik (drama), b) dialogik (badiiy asar janrlarida), v) ichki, g) lakonik (yiiq, qatra), d) epik (yoyiq,yirik roman, qissa va boshqalar).

Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o’z ifodasini topgan bo’lib, ozaki nutqdan farqli o’laroq til boyliklariga bevosita asoslanadi. Yangiliklar yaratish, ijod qilish so’zlar orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shakldagi tartibga keltiriladi. Lakonik (yiiq, qatra) nutq ham ozaki nutqdagiday ma’no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar mohiyatini to’laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi. Til mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali inson ruhiyati tavsiflanadi.

Bizningcha, his-hayajonlar orqali ifodalanuvchi, muayyan axborotlarni o’zida mujassamlashtiruvchi nutq turlarini quyidagi tiplarga shartli ravishda ajratish mumkin: ekspressiv, impressiv, affektiv, daktiologik va boshqalar.

Ularning psixologik mazmuni, mohiyati, xususiyatlari to’risida yuqorida mulohazalar bildirilganligi uchun qaytatdan tahlil qilish, tavsiflashga hech qanday hojat yo’qdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham joy olishi mumkin. biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar vujudga kelmaydi, aksincha, bir-birini to’ldirishda xizmat qiladi, xolos.

Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim oyalar mutlaqlikka davo emas, albatta, chunki ularning ko’pgina jihatlari, qirralari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, ayrim o’rinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni taqozo qiladi, yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni izlanish predmetiga olib kiradi, amaliy va nazariy muammolar echimini tezroq hal qilishga safarbar etadi, nutqning muomala jarayonidan kelib chiqib yondashash evaziga qiymatli materiallar to’plash mumkin hamda uning negizida har qaysi psixolog mutaxassisni notiqlik san’atiga o’rgatish kadrlar tayyorla sifatini oshirishga muhim hissa bo’lib qo’shiladi.



XULOSA

Mustaqillikning taraqqiyot yo’li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha soҳalari kabi psixologiya fanida ҳam tub o’zgarishlar bo’ldi. Zero, қadimiy rivojlanish tarixiga ega bo’lgan psixologiya fani o’zida turli davrlarning ontologik, gnoseologik, ijtimoiy-siyosiy қarashlarini mujassamlashtirgan. Bugungi kunda yoshlarni kognitiv psixologiyaga asoslangan bilimlar bilan қurollantirish muҳim aҳamiyat kasb etadi. Kognitiv psixologiya bilish nazariyasining asosini tashkil қiladi. Bilish nazariyasining asosiy maқsadi қadimgi davrdan ҳozirgi kungacha o’zgargan emas, zero, jamiyat tarixining barcha davrlarida u insonni қiziқtiruvchi nazariy va amaliy masalalarga javob berishga ҳarakat қiladi. Chunki ҳozirgi murakkab dinamik rivojlanuvchi dunyoda barcha narsa-ҳodisalarni teran anglab, ularni oқilona taҳlil қilishni amalga oshirish uchun umumiy psixologiyaga oid bilimlarni egallashning roli ortib bormoқda.

Mazkur kurs ishida inson bilish tizimining o’ziga xos қirralari ҳisoblanmish nutқ kabi yuksak kognitiv jarayon taҳlil қilindi. Bir inson psixikasining o’zga inson psixikasiga ta’siri nutq, til orқali amalga oshadi. Bu ta’sir jarayonida miyamizdagi ma’lum bir ҳujayralar doimiy o’zgarishda bo’lib, natijada yangi fikrlar vujudga keladi va bu orқali biz o’zimiz ҳam o’zgaramiz. Pirovard natijada yangi inson yaratiladi. Aynan mana shunday ta’sirning o’ziga xosligi, uning amalga oshish mexanizmlari mazkur jarayonning murakkabligini belgilaydi. Millionlab insonlar bu jarayonning murakkabligiga қaramay uni bir kun davomida minglab marta amalga oshiradilar. Keksalar, kichkintoylar, қaysi қit’a va қaysi millat vakili ҳamda ijtimoiy tabaқaning қaysinisiga taalluқli bo’lishlariga қaramay, o’zgalar bilan muloқot қilish uchun va ҳatto ҳech kimsa bo’lmaganda ҳam jonsiz buyumlarga murojaat қilganlarida til vositasidan foydalanadilar. Psixologlar tilni fikrlar va oҳanglar orқali jo’natiladigan (oғzaki nutқ va musiқada) yoki belgilar orқali namoyon bo’ladigan (yozma nutқ va jestlarda) kommunikastiya tizimi sifatida talқin қiladilar. Til oddiy қilib tushuntirilganda so’z va belgilar tizimidan iborat. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib, uning maҳsuldorligi, muvaffaқiyati til tarkiblarining aҳamiyatiga bevosita aloқadordir.

Yuқoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki nutq serқirra jarayondir. U o’zida ҳarflar va so’zlarning, tovush patternlarining, assostiativ tizimning, tilning, tushunishning, shuningdek shaxsiy-ijtimoiy jiҳatlarning identifikastiyasidan iborat. Nutq nafaқat kommunikastiya vositasi, balki fikriy va muammoli vaziyatlarni ҳal қilish vositasidir. Shunday ekan, nutq bir қancha kognitiv vazifalarni bajarishi davomida markaziy nerv tizimida ro’y beradigan ҳodisalarning o’ziga xosligi muammosini taҳlil qiladi.




Download 184,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish