Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Bolalar  biladigan  narsalar  haqida  qo‘shimcha  ma‘lumotlarni  xabar  qilish  suhbat  asosiy 
qismining  zarur  elementi  hisoblanadi.  Bu  bolalar  bilimlarini  kengaytiradi  va  chuqurlashtiradi. 
Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko‘zlagan holda yo‘lga qo‘yish 
imkonini  beradi.  Suhbat  topishmoq,  she‘rlar  va  tarbiyachining  tegishli  suratga  oid  sharxlari 
bilan  tugallanishi  mumkin,  ammo  u  ko‘pincha  pedagogning  ushbu  suhbatdan  kelib  chiqqan 
holda  bolalarning  axloq  borasida  o‘rganishi  lozim  bo‘lgan  jihatlar  haqidagi  mantiqiy  xulosasi 
bilan  yakunlanadi.  Ayni  paytda  pedogog  o‘z  xulosasida  o‘zi  suhbat  mobaynida  bolalarga 
o‘rgatishi lozim bo‘lgan so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo‘llashi lozim. 
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda 
bola  faqat  tarbiyachining  boshqa  bolalar  bilan  suhbatini  tinglab  o‘tirsa  va  o‘zi  ushbu  fikr 
bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola ―suhbatlashishni‖ mashq qilmaydi va uning suhbatdagi 
ishtiroki faqat nomigagina bo‘ladi, xolos. 
Suhbatni  cheklangan  sondagi  bolalar  (6-8  nafar  bola)  bilan  o‘tkazish  maqsadga 
muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo‘lsa, bu holda mashg‘ulotni bolalarni uchta-to‘rtta 
kichik guruhga bo‘lgan holda o‘tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun har 
bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat 
tinglab  o‘tirishini,  balki  so‘zlashishni  mashq  qilishiga  ham  erishishi  lozim.  Pedagog  yordam 
uchun  ota-onalarni  jalb  qilishi  va  ularga  tayyorgarlik  suhbatini  qanday  olib  borish  lozimligi 
haqida  batafsil  ko‘rsatmalar  berish  zarur.  Ota-onalarning  barchasi  og‘zaki  nutqni  yaxshi 
bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar. 
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) 
va  imitatsiya  metodi  asosida  o‘tkaziladi.  Mazkur  metodlar  ko‘pincha  quyidagi  usullar 
yordamida amalga oshiriladi: 

 
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari

 Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). 
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: 

 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri  –  bolalarni  suhbatlashishga,  ya‘ni  suhbatdosh  so‘zlarini  bo‘lmasdan 
tinglash,  luqma  tashlash  uchun  qulay  paytni  kutgani  holda  o‘zini  tutib  turish,  suhbatdoshi 
uchun tushunarli qilib so‘zlash; 

 
Yo‘ldosh  –  talaffuz  va  grammatik  ko‘nikmalarni  mashq  qilish,  ma‘lum  so‘zlar 
ma‘nosini aniqlashtirish. 
 
Suhbat  jarayonida  tarbiyachi  savollar,  topishmoqlar,  badiiy  so‘z  kabi  turli  usullardan 
foydalanadi.  Bu  usullarning  barchasi  suhbat  paytida  bilimlarni  o‘zlashtirish  jarayonini 
yo‘naltirish,  nutqiy  muloqotni  ta‘minlash,  bolalar  fikrlarini,  ularning  diqqat-e‘tiborlarini, 
xotiralarini,  emotsiyalarini  faollashtirishga  yordam  beradi.  Ammo  suhbat  olib  borishning 
yetakchi  usuli  savollar  hisoblanadi.  Bolalar  bilan  suhbatning  muvaffaqiyati  va  pedagogik 
samaradorligi  ko‘p  jihatdan  savollarning  to‘g‘ri  qo‘yilishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Savollar  berish 
hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng 
asosiy  va  zarur  pedagogik  odatlardan  biridir.  Savol  qo‘yish  –  bolalar  oldiga  ularning  kuchi 
yetadigan  darajadagi  nutqiy  fikrlash  vazifasini  qo‘yish  demakdir.  Ayni  paytda  u  xaddan 
tashqari  osonlashtirib  yuborilmasligi  lozim,  chunki  bunday  vazifani  qo‘yishdan  maqsad  – 
bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo‘yishiga 
qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin. 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish