Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Bolalarga dialogik nutqni o‟rgatish



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarga dialogik nutqni o‟rgatish 
 
Dialog  –  suhbat  bolaning  kattalar  va  o‘z  tengdoshlari  bilan  muloqotining  asosiy  shakli 
hisoblanadi.  
Maktabgacha ta‘lim muassasasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy 
muloqotda; b) maxsus mashg‘ulotlarda. 
Dialog  ko‘proq  erkin  nutqiy  muloqotda  paydo  bo‘ladi  va  u  bolalar  lug‘atini  boyitish, 
talaffuzga  oid,  grammatik  ko‘nikmalarni  tabiiy  ravishda  rivojlantirish  bazasi,  ravon  nutq 
ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. 
Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg‘ulot); maktabgacha ta‘lim 
muassasasida kun mobaynida bola pedagog va boshqa bolalar bilan erkin muloqotga kirishadi. 
Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. 
Dialogik  nutqni  (yoki  og‘zaki  nutqni)  o‘rgatish  odatda  suhbat  shaklida,  ya‘ni  kattalar 
bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi. 
Agarda  maktabda  suhbat  bilimlarni  yetkazish  vositasi  sifatida  qo‘llanilsa,  suhbat 
jarayonida  bolalar  nutqini  boyitishda  qo‘shimcha  ijobiy  hodisa  ko‘rinishida  qabul  qilinadi, 
maktabgacha  ta‘lim  muassasasida  ham  suhbat  aynan  nutqni  rivojlantirish  uchun  o‘tkaziladi. 
Biroq,  nutq  albatta  borliq  hodisasini  aks  ettirishi,  kodlashtirishi  bois  maktabgacha  ta‘lim 
muassasasidagi suhbat xuddi maktabdagi kabi bilim beradi. 
Suhbatlar  mavzusi  va  mazmuni  bolalarning  yosh  xususiyatlari  hamda  ularning  nutqiy 
rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ―Ilk qadam‖ tayanch dasturi bilan belgilanadi. 
Suhbat ta‘lim metodikasi sifatida – bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohida 
har  bir  bola  bilan)  aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan,  muayyan  mavzuda  oldindan  tayyorlangan 
so‘zlashuvidir.  Maktabgacha  ta‘lim  muassasasida  takrorlovchi,  umumlashtiruvchi  va  nazorat-
tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi. 
Takrorlovchi  va  umumlashtiruvchi  suhbatlarda  tarbiyachi  turli  usullar  yordamida 
bolalarga  ko‘rgan  narsalarni  taxlil  qilish,  taqqoslash,  to‘ldirish,  chuqurlashtirish  usullarini 
o‘rgatadi,  bolalardagi  mavjud  bilimlarni  tizimlashtiradi,  ularni  muayyan  xulosalarga  kelishga 
undaydi. 
Nazorat-tekshiruv  suhbatlari  pedagog  tomonidan  biron-bir  o‘tilgan  mavzu  bo‘yicha 
bolalarning  bilimlarini  aniqlash  uchun  o‘tkaziladi.  Pedagog  savollar  yordamida  bolalarning 
biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin.  
Bolalar  bilan  ishlash  jarayonida  pedagog  tayyorlanmagan  va  tayyorlangan  suhbatdan 
foydalanadi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Tayyorlanmagan  suhbat  (buni  faqat  bolalarga  nisbatangina  qo‘llash  mumkin,  chunki 
bolalar ular bilan nimalar haqida so‘zlashishlarini, nimalarga diqqat-e‘tiborini jalb qilishlarini 
bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o‘tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o‘yinlarda, 
mexnatda  tashkil  etilishi  mumkin.  Tarbiyachi  esa  har  qanday  muloqot  turiga  tayyor  turishi 
zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta‘lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar 
bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so‘zlashishi 
lozimki, toki u o‘z nutqi bilan bolalarga ona tilini o‘rgatsin. 
Nutqiy muloqotga bo‘lgan zarurat tufayli to‘satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi 
o‘zining  til  sezgisiga  ishongani  holda  o‘z  nutqining  grammatik  shaklini  va  uning  jaranglashi 
(fonologiyasi)ni  tayyorlamaydi,  ammo  u  har  bir  suhbatning  mavzusiga  tayyorgarlik  ko‘rishi 
shart. 
Tayyorlangan suhbat  deb nomlanishining sababi  shuki, bunda tarbiyachi mashg‘ulotdan 
oldin  (mashg‘ulotdan  bir  necha  kun  oldin)  bolalarni  shunday  vaziyatda  qoldiradiki,  bunda 
ularning  diqqat-e‘tibori  bo‘lajak  suhbat  mavzusi  bo‘ladigan  atrof-olamdagi  hodisalarga  jalb 
qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo‘lishi lozim.  
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog‘liq 
bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish 
(boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish. 
Kirish  maqsadi  bolalarning  diqqat-e‘tiborini  suhbat  mavzusiga  jalb  qilish,  ularda 
suhbatda  ishtirok  etish  xohishini  paydo  qilish,  bolalar  xotirasida  ilgari  olingan  taassurotlarni, 
imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat. 
Tarbiyachi  suhbatlashadigan  narsa  (hodisa)  haqida  taklif  qilgan  topishmoq  ham  kirish 
bo‘lishi  mumkin.  Suhbatni  tegishli  mavzudagi  she‘rni  o‘qish  yoki  suratlarni  ko‘rish  bilan 
boshlash  mumkin.  Suhbat  boshlanishida  tarbiyachi  bo‘lajak  suhbat  mavzusini  (maqsadini) 
shakllantiradi,  uning  muhimligini  asoslaydi,  uni  tanlash  sabablarini  bolalarga  tushuntirib 
beradi. 
Asosiy qism maqsadi – bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha bilimlarni taxlil 
qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha bilimlarni ma‘lum qilish, ularni 
bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat. 
Suhbatning  asosiy  qismi  mikromavzu  yoki  bosqichlarga  ajratilishi  mumkin.  Har  bir 
bosqich  –  bir  mavzuni  bo‘g‘in  qismlari  bo‘yicha  taxlil  qilishdan  iboratdir.  Pedagog 
mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.  
Suhbat  mavzusini  rivojlantirish  aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  lozim,  tarbiyachi 
imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba‘zan 
ortiqcha  faktlarni  aniqlash  uchun  undan  chekinish  mumkin,  biroq  so‘ngra  yana  asosiy  suhbat 
mavzusiga qaytish  darkor). Tarbiyachi  suhbat  rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining 
qo‘lida  reja  bo‘lsa,  bolalar  qanchalik  mavzudan  chetga  chiqmasinlar,  u  ilgarigi  savol  o‘z 
ahamiyatini  yo‘qotdi,  deb  hisoblagan  paytda  o‘z  rejasidagi  navbatdagi  savolni  berish  orqali 
ularni yana mavzuga qaytarish mumkin. 
Pedagog  unutmasligi  lozim,  bolalarning  fikrlash  xususiyati  shundayki,  ular  suhbat 
mavzusini  oson  unutadilar,  har  bir  mayda-chuyda  narsaga  chalg‘iyveradilar.  Bola  qanchalik 
kichik  bo‘lsa,  u  shunchalik  tezroq  chalg‘iydi,  xozirgina  o‘zi  aytgan  narsalarni  tezlik  bilan 
unutadi va boshqa mavzuga o‘tadi. 
Mashg‘ulot  –  suhbat  bolalarda  mantiqiy  fikrlash,  boshlagan  mavzuni  oxiriga  yetkazish 
qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.  



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish