Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
 
 12-mavzu. Nutq o`stirshmashg„ulotlarini tashkil etish shakllari 
Reja:  
1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o„stirish va rivojlantirish 
masalalari 
2.Bolalarda nutq rivojlanishini rag„batlantiruvchi yoki unga to„sqinlik 
qiluvchi kuchlarni aniqlash 
Tayanch tushuncha  va  iboralar:  nutq  rivojlantirish,muloqot, otnogenezis, 
bola  nutqi,  nutq  o‘stirish,  nutqni  rivojlantirish,  nutqni  tushunishni 
takomillashtirish, pedagog, psixolog. 
Ilk bolalik chog‗iga taalluqli bo‗lgan nutq o‗sishi va rivojlanishi bosqichlari 
turli  sohalar  olimlarini,  jumladan  pedagog-psixologlar,  lingvistlarni,  eng  avvalo, 
bu nutq rivojlanishidagi o‗ziga xos davr bo‗lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning 
o‗ziga  xosligi  shundaki,  u  nutqni  o‗stirish  va  rivojlantirish  uchun  senzitiv 
hisoblanadi:  bu  davrda  nutq  muloqot  vositasi  sifatida  paydo  bo‗ladi  va 
takomillashadi;  u  shunchalik  jadal  sur‘atlarda  rivojlanadiki,  nutqning  keyingi 
butun 
ontogenezi 
jarayonida 
ushbu 
holat 
boshqa 
kuzatilmaydi. 
K.D.Ushinskiyning  ta‘kidlashicha,  «…bola  ikki-uch  yilda  shuncha  narsani  oson 
va  tez  o‗rganib  oladiki,  keyin  yigirma  yil  qunt  bilan  astoydil  o‗qigan  taqdirda 
ham uning yarmini o‗zlashtira olmaydi». 
Ilk  yoshdagi  bolalar  nutqini  o‗rganishga  E.I.Tixeeva,  M.M.Kolsova, 
N.M.Askarina,  G.M.Lyamina,  M.I.Lisina  va  boshqa  ko‗plab  taniqli  olimlar, 
pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‗shishgan. 
Ilk  yoshda  nutqni  o‗stirish  va  rivojlantirish  ikki  yo‗nalish  bo‗yicha  ro‗y 
beradi: 
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish; 
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish. 
Bolalar  nutqini  psixologiya-pedagogika  nuqtai  nazaridan  tadqiq  etishni 
F.A.Soxin  va  O.S.Ushakovalar  tasnifiga  ko‗ra,  uchta  yo‗nalishga  ajratish 
mumkin: 
- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik 
darajalarini shakllantirish; 
-  funksional  –  kommunikativ  funksiyada  tilni  egallash  ko‗nikmalarini 
shakllantirish; 
-  kognitiv  –  til  va  nutq  hodisalarini  eng  oddiy  usulda  anglashni 
shakllantirish. 
Ilmiy  tadqiqotlar  va  yo‗nalishlar  tahlili  maktabgacha  yoshdagi  bolalar 
nutqining  turli  tomonlarini  rivojlantirish  xususiyatlari  hamda  ularning  ilmiy 
adabiyotda o‗rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. 
V.I.Loginova, 
YU.S.Lyaxovskaya, 
V.V.Gerbova, 
E.M.Strunina 
va 
boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‗zlashtirib olishlarining 
o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  lug‗atni  o‗zlashtirishlarida  ikki  jihat 
ajratib  ko‗rsatilgan:  atrofdagi  olam  lug‗atini  (so‗z  boyligini)  anglash  bilan 
birgalikda  rivojlantirish;  lug‗atni  til  birligi  sifatida  o‗zlashtirish.  Ular  predmetli 
aloqalar  va  munosabatlar  mantig‗ida  ham,  til  mantig‗i borasida  ham  so‗z  ustida 
ishlash zarurligini isbotlab berishgan. 
Bolalar  nutqining  grammatik  tuzilishi  sohasidagi  tadqiqotlar  bolalarda 
nutqning  morfologik  va  sintaktik  tomonlarini  shakllantirish  (F.A.Soxin, 
M.I.Popova,  A.V.Zaharova,  V.I.YAdeshko,  A.G.Tambovseva  va  boshq.),  ona 
tilining  so‗z  hosil  qilish  tizimi  xususiyatlarini  aniqlash,  shuningdek,  bolalar 
nutqining  grammatik  tuzilishini  takomillashtirishga  oid  pedagogik  ishda  nafaqat 
odatdagi grammatik xatoliklarni o‗rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda 
grammatik  umumlashmalarni  shakllantirishga  e‘tiborni  qaratish  zarurligini 
isbotlash imkonini berdi.  
Bolalar  tomonidan  tilning  tovush  tizimini  o‗zlashtirilishi  bo‗yicha 
o‗tkazilgan 
tadqiqotlarda 
(G.M.Lyamina, 
E.I.Radina, 
G.A.Tumakova, 
A.I.Maksakov,  M.I.Gening,  N.A.German  va  boshq.)  o‗rganish  predmeti  sifatida 
xizmat qildi. 
Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‗liq 
masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‗nalishi keng tarqalgan. 
Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan yondashuvlar 
maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya‘ni tovush tomoni, lug‗at 
tarkibi  va  grammatik  tuzilishni  birgalikda  o‗zlashtirishlarini  o‗rganish  sohasiga 
taalluqlidir. 
Bolaning  til  tizimini  egallash  borasidagi  barcha  yutuqlarini  muloqotni 
ta‘minlovchi  mazmunli,  keng  yoyilgan  fikr  sifatida  qaraladigan  ravon  nutq  o‗z 
ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon 
nutq bola til boyligini qanchalik o‗zlashtirganligining ko‗rsatkichi hisoblanadi, u 
bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  ravon  nutqi  tadqiqotchilari  E.I.Tixeeva, 
E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‗zaki nutq va 
hikoya qilishni o‗zlashtirishining o‗ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik 
nutqning o‗zaro bog‗liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni 
o‗qitish  tizimiga  asos  solishgan.  Ular  tomonidan  bolalar  hikoyalari  tasniflab 
chiqilgan  bo‗lib,  uning  asosini  fikr  bildirish  manbasi:  predmetlarni  tavsiflash, 
adabiy  matnlarni  hikoya  qilib  berish,  suratga  qarab  hikoya  qilish,  shaxsiy  va 
jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi. 
Monologik  nutqni  o‗stirish  va  rivojlantirish  nazariyasi  va  metodikasining 
yanada  rivojlanishi  bolalar  ravon  nutq  turlari  va  fikr  bildirishning  turli  xillarini 
o‗zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi 
nutqlar,  mulohaza  shaklidagi  jumlalarning  xususiyatlari  o‗rganiladi  va  uning 
negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‗rgatish metodikasi yaratiladi. 
F.A.Soxin,  O.S.Ushakova  va  ularning  shogirdlari  tomonidan  ravon  nutqni 
shakllantirishninig  turli  jihatlari  bo‗yicha  olib  borilgan  tadqiqotlar  ravon  nutqni 
baholashning  shunchaki  mantiqlilik,  izchillikdan  ko‗ra    yanada  aniqroq 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‗ydi. Ravonlikning asosiy 
ko‗rsatkichi  sifatida  so‗zlar,  gaplar  va  fikrlarning  qismlari  o‗rtasida  zarur  aloqa 
vositalaridan  foydalangan  holda,  matnni  tarkibiy  jihatdan  to‗g‗ri  tuzish 
qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish 
O‗zbekiston Respublikasida o‗tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha 
ta‘lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga 
rus  tilini  o‗qitish  zarurligi  masalasini  ko‗tarib  chiqdi.  U  tomonidan  o‗tkazilgan 
sinov  tadqiqotlari  (1958-60  yillar)  natijasida  maktabgacha  katta  yoshli  o‗zbek 
bolalariga  ruscha  og‗zaki  nutqni  o‗rgatish  metodikasining  asosiy  mazmuni 
belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan. 
XX  asrning  70-yillarida  A.V.Nikolskayaning  ilmiy  rahbarligi  ostida 
E.M.Razbaeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‗qilgan asarlar 
asosida  kattalar  mehnatiga  hurmatni  tarbiyalash  bo‗yicha  tadqiqot  o‗tkazildi. 
S.O.G‗ozieva  tomonidan  (E.M.Razbaevaning  ilmiy  rahbarligi  ostida) 
maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalarda  o‗zbek  xalq  og‗zaki  ijodidan  (xalq 
ertaklari,  o‗yinlar)  foydalanish  asosida  atrofdagilarga  adolatli  munosabatda 
bo‗lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi. 
1979  yildan  boshlab  to  bugungi  kungacha  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga 
ona  tili  va  o‗zga  tilni  (rus,  o‗zbek)  o‗qitish  muammosi  O‗zbekiston  olimlari, 
metodistlari,  psixologlarining  tadqiqot  ob‘ekti  hisoblanadi  (F.R.Qodirova, 
R.M.Qodirova, 
G.X.Jumasheva, 
D.Abdurahimova, 
L.R.Mirjalilova, 
N.SH.Nurmuhammedova va boshq.). 
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan 
holda  emas,  balki  katta  yoshli  kishining  bolaga  pedagogik  ta‘siri  bilan  o‗zaro 
bog‗liqlikda  ko‗rib  chiqadilar.  Ushbu  yondashuv  o‗rinlidir,  zero  fandagi 
zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‗zlashtirish va ijtimoiy o‗zaro hamkorlik – o‗zaro 
bog‗liq jarayonlardir, nutqni o‗stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq 
u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.  
Inson  tajribasining  tarixan  shakllangan  mazmuni  so‗zli  shaklda 
umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‗zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning 
ham  ishtirok  etishini  nazarda  tutadi.  Nutq  bolaga  inson  madaniyatining  barcha 
yutuqlariga  yo‗l  ochadi.  Umuman  shaxsning  va  barcha  asosiy  psixik  jarayonlar 
(qabul  qilish,  fikrlash  va  boshq.)ning  shakllanishi  ham  bolada  nutqning 
rivojlanishi  bilan  bog‗liqdir.  Bolaning  psixik  jihatdan  shakllanishida  nutqning 
alohida  o‗rin  tutishi  uning  turli  bosqichlarda  rivojlanishiga  yordam  beruvchi 
shart-sharoitlar  va  omillarni  bilishni  juda  muhim  qilib  qo‗yadi.  Nutqning 
rivojlanishi  bilan  harakatlanuvchi  kuchlar  haqidagi  masala,  ushbu  holat  shiddat 
bilan, sakrash tarzida ro‗y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‗batlantiruvchi yoki unga to‗sqinlik qiluvchi 
kuchlarni  aniqlash  ushbu  jarayonga  aniq  maqsadni  ko‗zlagan  holda  pedagogik 
ta‘sir ko‗rsatishni tashkil etish kalitidir. 
Olimlar  bolalarni  o‗qitishni  ularning  yuqori  darajadagi  aqliy  va  nutqiy 
rivojlanish  darajasini  ta‘minlash,  til  qobiliyatlarini  shakllantirish  imkonini 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
beradigan  darajada  optimal  tashkil  etish  yo‗llarini  topish  borasida  faol  ish  olib 
bormoqdalar. Nutqni o‗qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish 
quyidagi  nazariy  qoidalardan  kelib  chiquvchi  umumiy  boshlang‗ich 
pozitsiyalarga ega: 
-  ta‘lim  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  nutqini  rivojlantirishda,  ayniqsa 
zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; 
-  nutqni  o‗rgatish  –  «…dan  to  …gacha»  kabi  qattiq  qoliplar  to‗g‗ri 
kelmaydigan  hamda  nutqni  rivojlantirishning  yosh  qonuniyatlari  va  bolaning 
individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; 
-  nutqni  rivojlantirishning  asosida  kommunikativ  yondashuv bo‗lishi  kerak, 
xususan:  ona  tilini  o‗zlashtirish  nutqiy  muloqot  faoliyatiga  qo‗shilishi,  o‗quv 
sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; 
- o‗qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‗zaro hamkorligining 
xususiyati  ushbu  bola  uchun  etakchi  bo‗lgan  muloqot  shakli  bilan  belgilanishi 
lozim; 
-  til  ustida  nutqiy  faoliyat  tuzilmasi  doirasida  hamda  uning  barcha 
komponentlarini:  undov-motivatsiya,  yo‗naltirish-tadqiqot,  ijro  komponentlarini 
hisobga olgan holda ish olib borish zarur; 
-nutqni  o‗qitish  bolalarning  tilni  o‗rganish  bo‗yicha  mustaqil  faoliyatiga 
asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‗liq bo‗lishi kerak. 
Hozirgi  paytda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  nutqni  o‗qitish 
muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik holatlardan kelib chiqqan holda 
olib borilmoqda. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  nutqini  rivojlantirish  sohasidagi  psixologik, 
pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 
-nutqni o‗stirish va rivojlantirish  – bolaning individual psixik rivojlanishida 
markaziy  o‗rin  tutuvchi  ijtimoiy-tarixiy  tajribani  o‗zlashtirishining  murakkab, 
ko‗p omilli jarayonidir; 
-nutqni  o‗stirish  va  rivojlantirish  –  bu  malakali  pedagogik  rahbarlikni 
nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; 
-bola  nutqni  o‗stirish  va  rivojlantirish  jarayonini  boshqaruvchi  pedagog  bu 
jarayonning  turli  yosh  bosqichlaridagi  qonuniyatlari,  mexanizmlari,  o‗ziga 
xosliklarini  bilishi,  nutqiy  rivojlantirishning  o‗ziga  xosliklarini  ko‗ra  olishi  va 
bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta‘sir ko‗rsatishning 
eng samarali yo‗llarini tanlashi lozim. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish