Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


-Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

2-Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi. Til jamiyatda kishilarning 
bir-birlari  bilan  aloqa  boglashlari  uchun,  bir-birlarining  fikrlarini  tushunishlari 
uchun  muhim  vositadir.  Til  jamiyatga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  u  ijtimoiy 
hodisa  hisoblanadi.  Til  jamiyat  paydo  bolishi  bilan  paydo  bo‘lgan,  jamiyat 
taraqqiyoti  bilan  birga  taraqqiy  etgan,  rivojlangan.  Jamiyatda  fikr  almashuv 
doimiy  va  hayotiy  zarurat  hisoblanadi.  Odamlar  til  vositasida  o  ‗zaro  fikr 
almashadilar.  Shuning  uchun  ham  til  aloqa  vositasi  bolishi  bilan  birga, 
jamiyatning  rivojlanish  manbayi  hamdir.  Odamlarning  nutq  orqali  aloqalari  har 
doim ma‘lum bir til vositasida amalga oshiriladi. Til yordamida fikr almashmay 
turib, odamlar o‗zaro mehnat faoliyatlarini tashkil eta olmaydilar. Tilsiz ijtimoiy 
ishlab chiqarish liamda jamiyat bolmaydi. 
Til jamiyat hayotida katta roi o‗ynasa-da, u ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. 
Nutq bilan til o ‗zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa 
boglashlaridir.  Har  bir  kishining  o‗z  nutqi  bor.  Ammo  ana  shu  nutqni  bir  necha 
tilda ifodalash mumkin. 
Til  ijtimoiy  hodisa  bo‘lganligi  uchun  ham  u  kishiíarda  mustaqil  holda  mavjud 
boladi.  Til  tarixiy  taraqqiyot  davomida  odamlaming  nutq  orqali  aloqa  boglashi 
jarayonida  viijudga  kelgan  va  rivojlangan.  Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi 
bolaning  nutqi  tashqi  olam  bilan  bog‗langan  holda  uchta  vazifani  bajaradi:  1) 
kommunikativ; 2) bilish,  3) tartibga solish. 
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‗ladi. Bolaning ilk bor 
aytgan  birinchi  so‗zi  kommunikativ  vazifani  bajaradi.  Keyinchalik  esa  bu  so‗z 
bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o‗sib borgani sari nutq 
sifatida  takomillashib  boradi.  Ikki  yoshdan  boshlab  bola  o  ‗z  istak-xohishini 
atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o‗ziga qarata aytilgan nutqni, 
so‗zlar ma‘nosini tushuna boshlaydi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Uch  yoshdan  keyin  bola  ichki  nutqni  egallaydi.  Bu  vaqtda  nutq  uning  uchun 
muomala  vositasi  bo'libgina  qolmay,  balki  boshqa  vazifani  —  bilish  vazifasini 
bajara boshlaydi; yangi so‗zlar va so‗z shakllarini o‗zlashtira borib, tevarak-atrof 
haqidagi,  predmet  va  hodisalar,  ular  o  ‗rtasidagi  o  ‗zaro  bog'liqlik  haqidagi 
tasavvurlarini kcngaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan 
birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi. 
Bola  xulqini  tartibga  soluvchi  birinchi  so‗z—bu  mumkin,  mumkin  emas  hamda 
buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi. 
—  Mumkin  emas!  Qo‘ling  kuyadi!—deb  taqiqlash  ohangi  bilan  aytilgan  gap, 
qo‘lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to‗xtatadi. Yoki kitobni 
yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo‗lidan kitobni olayotgan onaning qat‘iy 
ravishda:—Mumkin  emas!  Kitob  ketib  qoladi.  „Vali  yomon  bola  ekan―  deb 
aytadi,— dcgan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi. 
Tartibli,  intizomli  bolish  esa  shaxsning  asosiy  sifatlaridan  biri  bo‘lib,  undagi 
harakter  xususiyatlarining  rivojlanishi  uchun  manba  bolib  hisoblanadi.  Shuni 
ta'kidlab o‗tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib 
turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, 
ya‘ni  til  vositasi  bilan  har  xil  mulohazalar  yuritamiz.  Tafakkur  hamisha  til 
vositasida  ifodalanadi.  Til  va  tafakkur  o'zaro  uzviy  bog'liq  bo‘lgan  jarayondir. 
Shuning  uchun  hamfikrning  realligi  tilda  namoyon  boladi,  deyilishi  bejiz  emas. 
Tafakkur  jarayonida  nutq  —  hukm,  xulosa  chiqarish  va  tushuncha  shakllarida 
namoyon bo'ladi. 
 4.  Maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  bolalar  nutqini  rivojlantirish.  Bolalar 
bog'chasida  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarga  ta'lim  va  tarbiya  beristida 
eng  asosiy  vazifalardan  biri  bolaJarga  ona  tilini  o'rgatish,  nutqini  rivojlantirish, 
nutqiy munosabatga. muomalaga o‘rgatishdir. Nutq o‗stirish uslubiyoti pedagogik 
fan  bo‗lib,  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  nutqni  shakllantirishga 
qaratilgan pedagogik  qonuniyatlarni o'rganadi. Nutq  o‗stirish  uslubiyoti  fanining 
asosiy  vazifasi—  nutq  o‗stirish  uslubi  va  uslubiyotlarini,  ularning  eng  samarali 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
vositalarini  ilmiy-pedagogik  asoslarda  ishlab  chiqish  va  bolalar  bog‗ch  alari 
tarbiyachilarini ular bilan ta‘minlashdan iboratdir.  
Tarbiyachilar  esa  o‗zlashtirilgan  uslub  va  uslubiyot  yordamida  bolalarda  zaruriy 
nutqiy malaka va ko‗nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar. 
Nutq 
o‘stirish 
uslubiyotining  maqsadi  bolalarning  og‗zaki  nutqini 
rivojlantirishdan,  atrofdagilar  bilan  nutqiy  muloqotda  bo‘lish  malakasini 
shakllantirishdan iborat. 
Nutq  o'stirish  uslubiyoti  boshqa  xususiy  uslubiyotíar  kabi  quyidagi  savollarga 
javob beradi: 
1) nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak); 
2) qanday o‘rgatish kerak (bolalar nutqini shakilantirishda qanday sharoit. qaysi 
usul va uslubiyotlardan foydalanish kerak);  
3)  nima  uchun  xuddi  shunday  o'rgatish  kerak  (nutqni  rivojlantirish  uchun  taklif 
etilayotgan usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan). 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish